1-sinf
MatematikaSinf soati
Mavzu:
Narsalarni o'lchamlari bo’yicha taqqoslash
Yangi bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Dars jihozi:
darslik,mavzuga oid rasmlar,tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar, notebook, multimedia ilovasi.
Rivojlantiruvchi:
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, tog’ri va aniq hisoblash malakasini rivojlantirish .
Tarbiyaviy:
o’quvchilarda dars berish jarayonida birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash .
Ta’limiy:
o’quvchilarda turmushda bir xil, har xil, uzun –qisqa, baland -past narsalar haqida bilim berish
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,navbatchi axborotini o’tkazish.
Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
Geometrik shakllar yordamida uycha , archa daraxtini yasash .
Uy yasash uchun qanday shakllardan foydalandik ?
Shakllar qanday rangda ?
Eng katta uchburchakni ko’rsating .
Uchburchaklarni o’sib borish tartibida joylashtiring .
III.Yangi mavzu bayoni
O’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiriladi .
Multimedia ilovalar orqali yangi mavzu haqida tushunchalar beriladi .
Ekranda ikki xil kitob javoni ko’rsatiladi . O’quvchilar javonlarning katta - kichikligini , ulardagi kitob soni bir xil , ammo o’lchami har xil ekanligini solishtiriladi .
Sochiqlar nechta ? Ularning ranglari qanaqa , qalin - yupqaligi haqida
nima deyish mumkin ?
Daraxtlarning qaysi baland yoki qaysi biri past ekanligini ayting .
Daraxtlarning qanday turini bilasiz ?
Mevali va manzarali daraxtlar .
Mevali daraxtlarni mevasini yeymiz, manzarali daraxtlarni soyasida dam olamiz
Daraxtlarning inson hayoti uchun qanday foydasi bor ?
Darslikda berilgan rasmlar asosida ishlash .
Kvadratlar qanday rangda ? Ranggi va o’lchami haqida tushunchalar beriladi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Rasmda ko’rsatilgan buyumlarni narsa - buyumlarning uzun - qisqaligi
aniqlanadi .
Sinf xonasidagi buyum va o’quv qurollarini o’lchami bo’yicha taqqoslanadi .
Daftar bilan ishlash . Darslikda berilgan shakl doskaga chizib ko’rsatiladi , so’ng havoda hosil qilib ko’rsatib , 3-4 marta takrorlangach , daftarga chizdiriladi .“ Nima o’zgardi ” o’yini .
Har xil rangda chizilgan , kattaligi har xil bo’lgan meva va shakllarning rasmi stol ustiga qo’yiladi . O’quvchi teskari qarab turadi . O’qituvchi stoldagi biror narsani olib qo’yadi yoki o’rnini o’zgartiradi . O’quvchi nima o’zgarganini topishi kerak .
V.O’quvchilarning darsdagi faoliyatiga qarab rag’batlantiriladi .
VI.Uyga vazifa berish: Darsda yozilgan nuqta, chiziq, kataklarni mashq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |