DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’nggi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
Darsimizni “Davlatlararo sayohat” metodidan foydalangan holda olib boramiz.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
Darsning shiori:“Bilim olish istagi, biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning, dars muqaddasdir.”
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’quvchilarning siyosiy bilimlarini tekshirish:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. Harakatlar strategiyasining maqsadi, tamoyillari va ularda ifodalangan ranglarga tavsif beriladi.
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini so`rash
O`tilgan mavzu: “Mehrobdan chayon” romani.O`tilgan mavzuni “Larzin” usuli orqali o`quvchilardan so`rab olamiz.
3. Yangi mavzu bayoni:
Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug`ildi.Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o`g`li Andijonning obro`li kishilaridan bo`lib, savdogarlik bilan shug`ullanar edi. Cho`lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o`qimishli bo`lmasa-da, o`g`lining ijodiga katta ta`sir ko`rsatgan. Abdulhamid avval eski maktabda o`qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko`rdi. Unga Munavvar Qori “Cho`lpon” taxallusini qo`ygan. “Cho`lpon” so`zining ma`nosi esa “Tong yulduzi” ma`nosini bildiradi.Bundan tashqari “Rasvo” taxallusi bilan ijod qilgan.
Uning asarlari: “Tong sirlari”, “Yorqinoy” dramasi, “Buloqlar”, “Soz”, “Cho`l”, “O`zbek yosh shoirlari”, “Go`zal yozg`ichlar”, “Kecha va kunduz” asarlari, “O`rtoq Qarshiboyev” pyesasini yozdi.
Shoir “Xalq”, “Go`zal”, “Binafsha” kabi she`rlarini yozdi.
Shoir hurfikrliligi uchun o`sha davr muhiti unga qarshi chiqqanlar va 1937-yilda uni qamoqqa olishadi.1938-yil 4-oktabrda esa uni otib o`ldirishadi. 1938-yil 5-oktabrda o`lim qarori chiqadi.
Yangi mavzuni mustahkamlab olish uchun “To`rtinchi (beshinchi…)ortiqcha “ usulidan foydalanamiz.
Ushbu usulni qo`llash uchun o`qituvchi har bir o`quvchiga kamida 3 tadan savol va har bir savolga 3 ta to`g`ri javob va 1 ta xato javob yozilgan kartochkalarni tarqatadi. O`quvchilar 4 ta javobdan xato javob (ya`ni ortiqchasi)ni aniqlab, uning yoniga qalam bilan “?” belgisini qo`yadi. Topshiriq bajarilgach, har bir o`quvchidan javoblarini qisqacha izohlash talab qilinadi va shunga qarab baho qo`yiladi.
Savol va topshiriqlar:
1.Cho`lpon qachon tavallud topgan?
2.”Cho`lpon” so`zining taxallusi qanday ma`noni anglatadi?
3.Uning asarlari ayting.
4. Shoir yana qanday taxallus bilan ijod qilgan?
O’quvchilar faoliyatini baholab, ularni rag’batlantiriladi.
Dars yakunlanadi.
V. Uyga vazifa
Cho`lponning hayoti va ijodini o`qib kelish, uning she`rlaridan yod olish
Do'stlaringiz bilan baham: |