Quyida didaktik o`yinlar keltirilgan


IV bosqich 4. Mustahkamlash, guruhlarda ishlash



Download 13,24 Mb.
bet10/10
Sana28.08.2021
Hajmi13,24 Mb.
#157733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
metodik tavsiya Muxammedova

IV bosqich

4. Mustahkamlash, guruhlarda ishlash:

Bunda men 1-“Zukkolar” guruhi uchun “kvadrat testlar” usulidan foydalanaman. Bu usulda guruh belgilangan strelka bo’yicha mantiqiy bog’liqlikni hisobga olgan holda “?” belgisi o’rniga kerakli ma’lumotni yozishadi.





Shohdor ona bugu






“Oq kema”

?

?

Javob:

Ch.Aytmatov yozgan.






Javob:

Xalq ramzi



2-“Donolar” guruhi uchun “Rasmli test” usulidan foydalanaman.

Quyidagi rasmlardan “Oq kema” qissasidagi erk va qudrat ramzi, to’kislik, mehr oqibat, diydor ramzi, xalq, ezgulik, yaxshilik, olijanoblik ramzi aks etgan sur’atlarni aniqlang?




1

2

3

4



5

6

7


JAVOBI: 7,1,5 raqamlardagi aks etgan rasmlar.

3- “Topqirlar” uchun “Teskari test” usulidan foydalanaman.



  1. 1928-yil Talas vodiysidagi Shakar qishlog'ida xizmatchi oilasida tug'ildi.

Ushbu jumlaga qo’yilgan to’g’ri savolni top.

a).Chingiz Aytmatov qayerda tug’ildi ?

b).Said Ahmad qayerda tug’ildi ?

s).Odil Yoqubov qayerda tug’ilgan?

2. “Oq kema” qissasida O’rozqul, boyvochcha qirgizlar, bola, Mo’min

chol, Bo’key xola, buvisi kabi qahramonlar bor.

Ushbu jumlaga qo’yilgan to’g’ri savolni top.

a).“Oq kema” qissasidagi ijobiy obrazlari qaysilar?

b).“Oq kema” qissasidagi salbiy obrazlari qaysilar?



s).“Oq kema” qissasidagi ijobiy va salbiy obrazlari qaysilar?

Yuqoridagi shartdan so’ng o’quvchilarga lirik chekinish e’lon qilaman. Bunda men “Lift o’yini” usulidan foydalanaman. Bu usulda sinfdagi xohlagan o’quvchi ishtirok etishi mumkin. O’quvchi plakatda berilgan 9 qavatli lift tugmachalaridan birini bosish orqali o’z qobiliyatini namoyon etadi.





M ustahkamlash bosqichining so’ngida guruhlarga “Oq kema” qissasi asosida “Ikki qismli kundalik” usulidagi o’yinni o’tkazaman. Bunda uchala guruh ham kundalikning ikkala qismini to’ldirib berishadi. “T” chizmasidan foydalangan holda. “Tchizmasi

Asar haqida olgan taassurotlarim Takliflarim




Bu qissada yozuvchi tabiat va jamiyat, o’tmish va bugun asotir va yangilik, fantaziya va reallik, afsona va haqiqat uzviyligini badiiy tasvirda juda chiroyli kursatib beradi. Qissadagi poklik va adolat, xunrezlik va uning axloqiy ildizlari, milliy an'analar va insoniy qadriyatlar bizda juda kata taassurot qoldirdi. Masalan: qissani o’qiganimizda undagi har bir qahramonlarning aks etgan jihatlari bizga katta ruhiy va estetik ma'no singdirdi.

Har bir inson o’zining milliy urf odatlari, an’analari, qadriyatlari hamda tarixdagi o’tmishiga nisbatan hurmat bilan qarasa maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’quvchilar shu tarzda asarning asl mazmun va mohiyatiga yetadilar hamda fikr bildiradilar.



V bosqich: Baholash

Ana shu yerda o’yinni to’xtatib, faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, bahs-munozaraga qo’shimcha tarzda ma’lumot beraman. Bolaning nazarida, oq kemaga yetib olsa, otasini topadi. Yana shuni bilingki, badiiy asarlarda ba’zan narsalar o’zlariga to’g’ridan to’g’ri tegishli bo’lmaydigan ma’noga ega tarzda tasvirlanishi mumkin. Ana shunday ko’chma ma’noga ega bo’lgan timsollar ramziy obrazlar hisoblanadi.

Qissa qahramoni hayotda mehr ko’rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, yaxshilik qilish mumkin bo’lgan kishisi yo’q. Shu tufayli hayotda ko’rmaganlarini xayolda yaratib, izlaganlarini ramzlardan topadi, deb o’quvchilarga umumiy fikrimni bayon etaman hamda quyidagi hikmatli jumlalar bilan yakunlayman.
Ilm egallang !

I


Hikmat durdonalaridan
lm sahroda – DO’ST,

Hayot yo’llarida – TAYANCH,

Yolg’izlik damlarida – YO’LDOSH,

Baxtiyor daqiqalarda – RAHBAR,

Qayg’uli damlarda – MADADKOR,

Odamlar orasida – ZEBU-ZIYNAT,

Dushmanlarga qarshi kurashda QUROLDIR.
O’quvchilarning javoblarini umumlashtirgan holda sinfda faol qatnashgan o’quvchilarni baholaymiz. Keyin o’zim yakunlab, hayotimizda uchraydigan ramzlar o’z-o’zidan kelib chiqmaganligini yana bir bora ta’kidlayman. Sinf taxtasiga bo’ri, tulki, kabutar va shunga o’xshash hayvonlarning rasmlarini osib, ulardan izoh talab qilib, darsga ham yakun yasayman. Toplagan ballar hisoblanib g’olib aniqlanadi. Shuningdek, har bir guruhdagi eng faol va sust o’quvchilar alohida baholanadi. G’olib guruh (guruhlar) rag’batlantiriladi.

VI bosqich Dars yakuni va uyga vazifa

O’quvchilarga uy ishini “Shahmat usuli” dan foydalangan holda tulki, arslon, ohu, bulbul nimaning ramzi ekanini topib kelishini topshiraman. Bunda daftarga shahmat taxtasining to’rtdan biri (1/4) chiziladi. Undagi qora kataklarga uy ishi uchun berilgan ramzlar nomi yoziladi, oq kataklarga esa ramzlarning izohi yoziladi.







Download 13,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish