2.3 Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlarini olib borishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
«Tasviriy san'at o'qitish metodikasi» o'qituvchining o'quvchi-larga badiiy ta'lim berish usullarini puxta bilib olish darajasiga erishish va o'zlashtirish samarasining oshirilishini nazarda tutadi.
«Tasviriy san'at o'qitish metodikasi» pedagogikada ilmiy fan sifatida tajribadagi sinalgan ijobiy ishlarning nazariyasini umum-lashtirib, o'quv va pedagogik amaliyotda samarali natijalarga ega bo'lgan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, peda-gogika, ruhshunoslik, san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslangan boiib, tasviriy san'atni o'rgatishning qonun-qoidalarini ta'riflab beradi. Shu bilan birgalikda kelajak avlodning tarbiyalashida yangidan-yangi zamonaviy metodlarini aniqlab beradi.
Pedagog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik tex-nologiyalarning tahlili, umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviny san'atni o'qitish jarayoniga qo'yilgan talablar, maqsad va vazifalarni amalga oshirishda didaktik o'yin, modulli ta'lim, hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish lozimligini ko'rsatadi.
Texnologiya so'zi yunoncha "Texnos" - hunar va fan so'zlari-dan kelib chiqqan bo'lib, "hunar fani" ma'nosini bildiradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida o'quvchilaming imkoniyatlarini hisobga olgan holda keng va chuqur bilim va malakalar berishdir.
Pedagogik texnologiyaning muhim hususiyatlaridan biri bu ta'lim oluvchilarni o'qitish emas, ularni bilim va malakalarini mustaqil egallashlariga qaratishdir. Bunda o'qituvchining vazifasi o'quvchi-larni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat bo'ladi. Pedagogik texnologiyaning samarasi, asosan, o'quvchilarni tegishli o'quv-metodik majmualar bilan qurollantirishga qaratilgan bo'ladi.
Metodika, metod — aslida bilish, o'rganish, tadqiqot yo'li, ijodiy usul, pedagogik usui, ma'noni anglatadi. Pedagogikada o'qitish metodlari deganda o'quvchilariga badiiy ta'lim-tarbiya berish jarayonida bilim, mahorat va kasbiy malakalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda dunyoqara-shini tarkib topishda o'qituvchilarning qo'ilagan har xil usullari tushuniladi.
Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilarning o'quv-chilar bilan ishlash usullarining mazmumva xususiyatlarini o'rganib chiqib, tasviriy san'atni o'qitilishining xilma-xil metodlarini qo'llashga o'rgatadi:
Zamonaviy metodlardan interaktiv, pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalar, tabaqalashtirilib o'qitish, moduli o'qitish, didaktik o'yinli o'qitish, muammoli o'qitishni o'quv jarayonida qo'llanilishi kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishi-ning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarga faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qi-dirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto hulo-salarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda o'quvchini rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tar-biyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruv-chilik, yo'naltiravchilik vazifasini ham bajaradi.
Interaktiv metodlar — bu jamoa bo'lib fikr yuritish, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshirilishi.
Innovatsion texnologiya (ingl. Innovation) — yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiya — pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda, asosan, interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Bunday hamkorlik jarayonining o'ziga xos xususiyatlari qu-yidagilardir:
• o'quvchi-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod bilan izlanishga majbur etishi;
о o'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qi-ziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;
• o'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshishini rivojlantirilishi;
• pedagog va o'quvchi-talabaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq hamda o'qitish jarayonida qo'llanishi zarar bo'lgan TTV, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi -bu o'qituvchi va o'quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kutilgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog'liq bo'ladi, ya'ni o'qitish jarayonida, ko'zlangan maqsaddan samarah natijaga erishishida qo'llaniladigan har bir texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik faoliyati, ijobiy natijasi, mustaqil fikrlashi, ijodiy ishlashi, izlanishi, tahlili va xulosa chiqarishni tash-kil etishlari, ana shu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
O'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va samarai natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Tasviriy san'at o'qituvchisi har bir darsni oldindan tasawur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib oiishi kerak. Bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib oiishi katta ahamiyatga ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning -xususiyatidan, o'quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzi-ladi. Bunday texnologik xaritani tuzish uchun o'qituvchi badiiy pe-dagogika, san'at psixologiyasi, xususiy metodika, pedagogik va ax-borol texnologiyalardan xabardor bo'lishi, shuningdek, metodlar va usullarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo'lishi awaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida o'quvchilaming imkoniyatlarini hisobga olgan holda keng va chuqur bilim va malakalar berishdir.
Pedagogik texnologiyaning muhim hususiyatlaridan biri bu ta'lim oluvchilarni o'qitish emas, ularni bilim va malakalarini mustaqil egallashlariga qaratishdir. Bunda o'qituvchining vazifasi o'quvchi-larni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat bo'ladi. Pedagogik texnologiyaning samarasi, asosan, o'quvchilarni tegishli o'quv-metodik majmualar bilan qurollantirishga qaratilgan bo'ladi.
Didaktik o'yin texnologiyalari. Tasviriy san'at darslarida didaktik o'yin texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishda imkon beradi. Ma'-lumki, o'quvchilaming bilish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'un-lashgan darslar didaktik o'yinli darslar deyiladi.
Didaktik o'yinli darslaming sujetli-гоШ, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar va o'yin mashqlar kabi turlari bor.
Modulli ta'lim texnologiyasi. Modulli ta'lim texnologiyalaridan tasviriy san'atni o'qitilishida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta'lim texnolo-giyasining o'ziga xos xususiyati darsda o'rganiladigan mavzuni mantiqiy tugallangan modullarga ajratish va u yuzasidan modul dasturini tuzishidan iborat. Modul dasturi o'quvchining mazkur darsda o'quv bilish faoliyatini boshqarish vositasi bo'lib, unda modul dasturining didaktik maqsadi, o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining guruh bo'lib o'qitish, kichik guruhlarda o'qitish, «arra» yoki «zigzag» (E. Aronson), «birgalikda o'qiymiz» metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
1. Guruh bo'lib o'qitish (R. Slavin) metodidan foydalanilganda o'quvchilar teng sonli ikkita guruhga ajratiladi. Har ikala guruhda bir xil topshiriqni bajaradi. Guruhda a'zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga e'tiborini qaratadi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo'yicha ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilarning tom ma'nodagi hamkorligi, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, ularda bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi paydo bo'lishi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi bilan bog'Iiq. Mazkur texnologiyada o'quvchilaming bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirish natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi guruhga foyda keltirishini tushunib, mas'uliyatni his qilib, bilimlarni puxta o'zlashtirish uchun ko'proq izlanishga intiladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining ijodiy izlanish metodi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Bu metod 1976-yili Tel-Aviv uni-versiteti professori Sh. Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu me-totda ko'proq o'quvchilaming mustaqil va ijodiy ishiga e'tibor qaratilgan.
O'quvchilar alohida individual yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o'rganish lozim bo'Igan o'quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o'quvchiga taqshnlanadi. Shunday qilib, har bir o'quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o'z hissasini qo'shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o'tkaziladi. Guruh a'zo-lari birgalikda.ma'ruza tayyorlaydi va sinf o'quvchilari o'rtasida o'z ijodiy izlanish natijasini e'lon qiladi. Kichik guruhlar o'rtasida o'tkazilgan o'quv bahsi, munozara o'quvchilar jamoasining ham-korlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi yakuniy sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o'quvchining, muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarning, umuman sinf jamoasini jipslashti-rishga, awal o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni o'zlashtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Quyida 5- sinfda rangtasvir kompozitsiyasi ishlash mashgulotlari mеtodikasiga doir dars ishlanmasini tavsiya qilamiz.
Darsning mavzusi: “ Qishki o’yinlar” nomli rangtasvir kompozitsiyasi inshlash.
Darsnshg vazifalari. O’quvchilarning tasviriy malakalarini o’stirish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, badiiy didi, xotirasi, kuzatuvchanligini o’stirish.
Darsning jihozlashshi: I. Bahromov “Qishki kun:, G.Serov. “Belgirsoy tog’lari”, X. Ro’zmetov “Qish”, Z. Asqarov “Qishki manzara”, R. Xudoyberganov ‘Qish manzarasi” asarlarining rеproduktsiyalari, elektron slaydlar.
Darsning mazmuni: Yangi mavzuga bagishlangan darsning boshlanish qismida qish fasli, uni rangtasvirda tasvirlash yo’llari qaqida qisqacha suqbat o’tkaziladi. U taqminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
Bolalar, siz turli manzaralar, jumladan bahor, kuz fasllariga bag’ishlangan rasmlarni bir nеcha bor rasmini ishlagansiz. Bu mavzuda rasm ishlagan ko’pgina rassomlarni bilasiz, qani, eslab ko’ringchi, qaysi rassomlar tabiat manzaralarini ishlashgan? Rassomlarimizdan, X. Ro’zmetov, I. Bahromov, J Umarbekov, chеt el rassomlaridan Shishkin, Ayvazovskiy, V.I. Savrasovlar ham bu sohada shuhrat qozonganlar. Bu rassomlar o’z asarlarida turli manzaralarni tasvirlar ekanlar, tabiatning turli fasllarida ham nihoyatda go’zal bo’lishligidan, rang va shakllarining bеtakrorligidan zavqlanadilar.
X. Ro’zmetovning «Qish » nomli asarida asosan qishki daraxtlar tasviri bеrilgan. Kuzatish orqali bu asarning kompozitsiyasi, ranglari va boshqa tomonlari bolalar ishtirokida quyidagicha tahlil qilinadi:
Bu kartinaning umumiy eni kattami, yoki bo’yimi ?
Manzarada tasvirlangan daraxt va boshqalarning qanday pеrspеktiv qisqarish bor?
Ularning shakli, o’lchovi, rangi qanday?
Qor bilan qoplangan dalalar qanday tasvirlangan?
Bolalarga mustaqil kuzatish uchun ajratilgan vaqg tugaganidan so’ng ana shu savollar asosvda natura taxlil qilinadi, o’qituvchi savol bеradi, bolalar javob qaytaradilar. O’qituvchi esa ularning javoblarini to’ldirib, kamchiliklarini tuzatib, asar yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi. O’qituvchi bolalarning navbatdagi vazifalarini tushuntirish uchun « Qish » mavzusi bo’yicha ishlangan o’z tengdoshlarining , shuningdek mahoratrli rassomlar ishlaridan tayyyorlangan asasrlar reproduksiyslsrini ko’rinarli joylarga osib qo’yadi, elektron doskada “Qish”, “Qishki o’yinlar” mavzularida ishlangan rangtasvir namunalarini namoyish qiladi. O’quvchilarning diqqatini ushbu mavzuda kompozitsiya ishlashning eng muhim jihatlariga qaratadi. Amaliy tarzda (doska yoki maxsus qog’ozlarda) eskiz namunalari, kompozitsiyani ishlash jarayonlarini ko’rsatadi. Bollalar ularni ko’rish jarayonida bu asarlarning ishlanish kompozitsiyalari haqida fikr-mulihaza bildiradilar.
Uyga vazifa: “Qishki o’yinlar” mavzusida kompozitsiya ishlashni tugatish.
Bolalarning tasviriy ishlari va bilimlarini baholashda bir qator mеzonlar qo’llaniladi.
Rangtpasvir kompoziiiyasini baholash:
-rasmni qog’oz yuzasida joylashuvi (komponovka);
-ishni mustaqil bajarilishi;
-rasm mazmunining uning mavzusiga mosligi;
-bajarilgan ishdagi badiiy-estеtik did;
-rasm kompozitsiyasi;
-ishga ijodiy yondoshuv;
-narsa va hodisalarning o’lchov va o’lchov nisbatlari;
-narsa va hodisalarning shakli;
-rasmda ranglar yеchimi;
-rasmda narsalar tuzilishining yеchimi;
-qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalari;
-ishda pеrspеktiva qonunlariga rioya qilinganligi;
-rasmning toza va tartibli bo'lishi.
«Qishki o’yinlar» mavzusida o’tiladigan
darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasi
Mavzu :
|
«Qishki o’yinlar»
|
Maqsad, vazifalar
|
O’quvchilarga kompozitsiya haqida tushuncha berish, uning ahamiyati, qonuniyatlarini va ushbu mavzuni akvarel bo’yog’ida ishlash tartibini tushuntirish.
Mavzuga oid material o’quvchilar tomonidan
o'zlashtirib olinishi hamda amaliy ijodiy fao-
liyatida qo'llashini nazorat qilish, ularning bili-
mini baholash.
|
O'quv jarayonining mazmuni
|
Kompozitsiya va uning tushunchasi. ”Qishki o’yinlar” mavzusini rangtasvirda ishlashning o’ziga xos tomonlari. Tabiatni kuzatish, harakatdagi bolalar qomatini aks ettirish yo’llari, eskizlar bo’yicha ishlash. Akvarelda rangtasvir kompozitsiyasi ishlash.
|
O'quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
|
Metod: Og'zaki bayon qilish, suhbat-munozara, «Aqliy xujum » metodi, Shakl: Amaliy mashg'ulot, guruhlar va guruhchalarda ishlash.
Ko'rgazmali qurollar: I. Bahromov “Qishki kun:, G.Serov. “Belgirsoy tog’lari”, X. Ro’zmetov “Qish”, Z. Asqarov “Qishki manzara”, R. Xudoyberganov ‘Qish manzarasi” asarlarining rеproduktsiyalari, elektron slaydlar. Usui: Bosqichlarda bajariigan ko'rgazmali qurollar va o'quvchilar tomonidan bajariigan ijodiy ishlar namunalari.
Nazorat: Savol-javoblar, amaliy ishlash jarayoni bajarilishini kuzatish, tahlil etish. Baholash: Rag'batlantirish, reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O'qituvchi:
- Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar ijodiy faolligini oshiradi. O’larda darsga nisbatan qiziqish uyg'otadi. O’quvchilarni tas-virlagan ishlarini guruhda ko'rik orqali baho-laydi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi.
O'quvchi:
- Yangi bilim va ko’nikmalarni egallaydi.Kompozitsiya mavzusi bo’yich eskizlar bajarishni o’rganadi. Mustaqil holda ijodiy tasvirlash malakalari shakllanadi. Kompozitsiya bo’yicha ko’nikmalari rivojlanadi. O'z - o'zini nazorat qilishni o'rganadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi: - Yangi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish. O'z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: — Mustaqil ishlashni o'rganish. O'z fikrni ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo'shimcha raateriallar topish, ularni o'rganish. O'z ftkri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.
|
O'qitish jarayonida o'quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo'llanilishi ularni mustaqil, erkin flkrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas'uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi, o'qishga, fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
2.4 Akvarelda “Qishki o’yinlar” nomli rangtasvir kompozitsiasini ishlash bosqichlari.
Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan o'quvchi amaliy ijodda samarali shug'ullanishi mumkin. “Kimda-kim ilmni ama-liyotsiz tasavvur etsa, u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiqchidir va u hech qachon qayergadir ketayotganligiga to'la ishonch hosil qila olmaydi, — deya ta'kidlagan edi Leonardo da Vinchi. Ayniqsa, rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog'liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib boimaydi.” 2
Rus rassomi va pedagogi D. N. Kardovskiy qayd etib o'tganidek: «San'atni o'rganayotganlar tasvirlashning yo'llari va usullari, ya'ni narsalarning shakli, nisbatlari, rangi, yorug'ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo'ysunishga majburdirlar»3.
Ta'lim olish jarayonida o'quvchilar, awalo, rangtasvirning aso-siy qonunlari — rang va tus munosabatlari va ularni aniqlash usullarini egallashlari lozim. Chunki aynan shular rangtasvirning nazariy kursi tarkibiga kiradi.
_____________________________________________________
-
Мастера искусства об искусстве М., 1936, Т.1, с 124.
3. Д.Н.Кардовский об искусстве. Воспоминания, статьи, письма М., 1960, с. 128
Akvarel — rangtasvirning eng nozik turlaridan biri. Qadimdan akvarel o'zining nafisligi va ranglarning yorqinligi bilan rassomlarni qiziqtirib kelgan.
«Akvarel» — lotincha so'z bo'lib, «suv bilan suyultirib ishlatila-digan bo'yoqlar» ma'nosini anglatadi. Akvarel tarkibiga bo'yoq moddasi (o'simlik yoki ma'danlarning yanchilgan mayin kukuni) va biriktiruvchi modda sifatida olcha yelimi, glitserin hamda ozroq asal kiradi. Bular hammasi suvda osongina erigani uchun bo'yoqqa suv qo'shib suyultirib ishlatiladi.
Akvarelda oq rang ishlatilmaydi, uning o'rnini oq qog'ozning o'zi o'taydi. Qog'oz oppoq, yetarli darajada qalin va yuzasi g'adir-budir bo'lishi zarur. U juda silliq bo'lsa, sathida ranglar yetarli darajada tekis yotmaydi. Narsa va buyum tasvirlarini
bo'yash jarayonida umumiydan xususiyga yoki aksincha, xususiydan umumiyga qarab boriladi, nihoyat, ish yaxlitlash bilan yakunlanadi.
Rassom uchun eng muhimi, o'tkir nigoh, mohir qo'l, tinimsiz mehnat orqali akvarel bilan ishlash texnikasini mukammal egallashdir. Bunga tarixdan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, XV asr oxirida Uyg'onish davrining mashhur nemis rassomi A. Dyurer akvarelda juda ko'plab ajoyib asarlar yaratgan. Go'zal va betakror tabiat manzaralari, hayvonot dunyosi va o'simliklar tasviri bu mo'yqalam sohibining naqadar yuksak mahorat egasi bo'lganligining isbotidir.
O’quvchilar akvarel uslubida ishlashni o'qituvchi rahbarligida o'rganadilar. Shuning uchun dastur amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda, nazariy bilimlar, amaliy vazifalar ko'rigidan tashqari, og'zaki so'rovni ham nazarda tutadi. Akvarel texnikasini puxta egallash ko’plab mashqlar natijasida erishilishi mumkin.
Shunday qilib, “Qishki o’yinlar” mavzusidagi pangtasvir kompozitsiyasini akvarel bo’yog’ida ishlash jarayoni bilan tanishamiz.
Ma’lumki, rangtasvirda ishlash jarayoni ishni bosqichma-bosqich olib borishni talab qiladi. Akvarelda ham xuddi shunday ketma-ketlikka amal qilish maqsadga muvofiq bo’lib, ushbu kompozitsiyani ishlashda quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
1-bosqich:
“Qishki o’yinlar” mavzusi bo’yicha bajarilgan eskizlar asosida ishning qalamtasviri bajariladi. Bunda narsa va ob’ektlar surat tekusligida iloji boricha aniq qilib chizilib, yorug’ va soyalari belgilab olinadi.
2-bosqich:
Bajarilgan qalamtasvir ustidan dastlabki, rang berish jarayoni boshlanadi. Bunda eng avvalo, surat tekisligidagi narsa va o’b’ektlar rangi umumiy qilib qoplab olinadi, ya’ni rang beriladi.
3-bosqich:
Kompozitsiyani ishlashning ushbu bosqichi nihoyatda ma’suliyat va katta mehnatni talab qiladi. Chunki, bu akvarelda rang berishning asosiy bosqichi bo’lib, unda narsa va detallarning ranglari mayday mazoklar orqali umumiy koloritni hisobga olgan holda berila boshlaydi, ya’ni umumiylikdan-xususiylikka o’tiladi.
Ma’lumki, tabiatdagi har bir narsa o’ziga hos murakkab ranglarga ega. Buni chuqur tushunish, ular orasidagi aloqadaorlikni anglash muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan mazkur mavzudagi kishki osmon, yer, daraxt va navdalar, uzoqdagi uylar, o’ynayotgan bolalar tasvirini rangtasvirda ifodalash muayyan mahorat va tajribani talab qiladi. Qishki tabiatning o’ziga xos ko’rinishi, unda o’yin o’ynayotgan bolalar ustki kiyimlarining yorqin ranglari tasvirlanishlariga diqqat qilinadi. Uzoqdagi va yaqindagi narsalar tasvirlarini ishlash malakalari ishga solinadi.
4-bosqich:
Bu bosqichda ish yakunlanadi. Ranglarni berishda yana xususiylikdan umumiylikka o’tiladi. Akvarel texnikasiga rioya qilgan holda, ranglarning haddan ziyod kirlashib ketmasligiga e’tibor qilinadi. Yana bir bor, ko’zdan kechirilib, umumlashtiriladi.
Bir rangga boshqasini qo'shish natijasida bo'yoqlar o'zining to'yinganligi (yorqinligi)ni yo'qotadi. Masalan, ranglarni qo'shish orqali yorqin zarg'aldoq, yashil va siyohrangni hosil qilish ancha murakkab. Shuning uchun ham ayrim hollarda palitrada tayyor holatdagi yorqin zarg'aldoq, yashil, havorang va siyohrang bo'yoqlarning bo'lishi ortiqchalik qilmaydi.
«Rangtasvir — tasvirlanayotgan kartinadagi barcha bo'laklar orasidagi munosabatlarni, ularning yorug'lik kuchi va har bir bo'lakni o'zaro taqqoslash natijasida, bo'yoqlar va nozik farqlar kuchini uzoq vaqt kuzatish orqali borliqni to'laqonli ifodalashi mumkin» — degan edi K.F.Yuon.
Rangning kuchi (to'yinganligi) farqlarini aniqlash rang nafisligi yoki och-to'qligini aniqlashdan ko'ra mushkulroqdir. Yosh rassomlar dastlab ranglarning to'yinganligi bo'yicha farqlanishini tushunmaydilar. Shu sababli ular yashil rangdagi daraxtlar, o't-o'lanlarni tasvirlash mobaynida ayrim qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular etyudlaridagi daraxtlarning yashil barglarini nihoyatda bo'rttirib, yorqin tasvirlaydilar. Ranglarning to'yinganlik jihatdan munosabati aniq berilmagani, etyudlardagi yorug'lik muhit ta'siriga bo'ysunmaganligi yaqqol ko'rinadi va u haqqoniy rangtasvirga o'xshamaydi. Rang munosabatlarini to'g'ri aniqlash uchun ranglarning uchta belgisi bo'yicha buyumlarni bir-biri bilan bir vaqtda taqqoslash lozim. Qo'yilmaning och-to'qligi va to'yinganlik farqlarini qayta qabul qilishda asosiy o'rin kolorit yechimiga bog'liq. Manzara etyudlarida, masalan, osmon va suvni tasvirlash-da, asosan, ranglarning och-to'qligi va to'yinganligi orqali munosabatlarni ko'rsatishga erishiladi. Turli-tuman boshqa faoliyatlar (portret, natyurmort)da tus va ranglar kuchining aniq munosabati haqqoniy tus munosabatlar qurilishini aniqlaydi.
Ranglarning asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan bilish uchun ularni turli buyumlarda sinab ko'rish kerak (turlicha to'yingan-likdagi mevalar, sabzavotlar, rangli drapirovkalar va hokazolarda).
Rangi, tusi va to'yinganligi jihatidan turlicha bo'lgan buyumlarni puxta o'rganish va taqqoslashdan so'ng, o'quvchilar turli ranglar (qizil, ko'k, yashil va hokazo) uchun to'yinganlik shka-lasini alohida dog' yoki surtma sifati (moybo'yoq palitrasi yoki qog'oz yuzasi)da bajarishi lozim, ularning to'yinganlik darajasi eng yorqindan boshlab deyarli kulrang, neytral rang bilan asta-sekin rangsizlanib boradi.
To'yinganlik — bu kulrangdan ranglarning nozik farqlanish darajasi yoki uning sof spektr ranglariga yaqinlashuv darajasidir.
Ranglarning turli darajadagi nozik farqlarini bilish uchun asosiy bo'yoqlarni neytral kulrang bilan qo'shish natijasida hosil qilish mumkin. Kulrang bo'yog'i qanchalik ko'p qo'shilsa, masalan, yashil bo'yoqqa, u ko'proq neytral to'yingansizroq bo'ladi.
Keyingi mashqlarda turli masofadagi farqlanishni uchta rang xususiyatlari bo'yicha naturadagiga xos holda ko'rsatib, narsalar rangini naturaning o'zidan ko'chirib olish lozim. Buning uchun stol ustiga (oq qog'oz fonida) rang jihatdan och-to'qligi va to'yinganlik bo'yicha bir-biridan farq qiladigan 3—5 ta narsani bir qatorga tizib qo'yish kerak. Bu narsalar old tomondan yoritiladi (deraza tomondan), ularda imkon qadar soya va yorug' gradat-siyasi bo'lmasligi, ya'ni ular yassi ko'rinishi lozim. Narsalarning qalamtasviri faqatgina siluet tarzida belgilanadi, ular shaklidagi nozik farqlarga e'tibor bermasdan, faqatgina rang farqlarini dog' ko'rinishida ko'rsatish bilan chegaralanish mumkin.
Bu mashqlardan tashqari, yana uncha murakkab bo'lmagan neytral och kulrang fonda qalamtasviri chizilgan natura qo'yilmasi-(3 ta narsadan tashkil topgan natyurmort)ni bajarish lozim. Yorug'likning old tomonidan, ya'ni deraza orqali
berilishi oldingi holatda qoladi. Bu mashqning asosiy vazifasi deyarli bir xil dog' sifatida (narsalar silueti)gi narsalar orasidagi munosabatlarni uchta rang xususiyatlari orqali ko'rsatishdir.
X U L O S A
Bitiruv-malakaviy ishini bajarish mobaynida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. “Qishki o’yinlar” mavzusi metodikasini ishlab chiqish orqali o’quvchilarda ona yurtga, uning tabiatiga nisbatan mehr, o’zari do’stlik, hamjihatlik, mehr-muhabbat tyug’ularini uyg’otishga harakat qilindi.
2. Vatanimizdagi qish fasli, tabiatning beg’ubor go’zalligi haqida tushunchalar o’quvchilar ongiga yetkazildi;
3. “Qishki o’yinlar” mavzusi uchun ilk bora “aqliy hujum” metodi qo’llanildi va u amaliyotda samarli qo’llanildi.
4. Ushbu mavzu bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktabning 5-sinf tasviriy san’at darsi uchun amaliy mashg’ulot ishlanmasi ishlab chiqildi.
5. “Qishki o’yinlar” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot algoritmi ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Islom Karimov. O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. –T, “O’zbekiston” NMIU, 2011 yil, 70-bet.
2.A.Karimov. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” T. 1998 yil.
3. G. Abdurahmonov. Kompozitsiya. Toshkent, 2006 yil.
4. R.Hasanov. “Maktabda tasviriy san’at o’qitish metodikasi” Toshkeht, 2003 yil.
5. Nabiyev. M. Rangshunoslik va Rangtasvir asoslari. T. 1995 yil.
6. Abdurahmonov O’.M. Rangtasvir va kompozitsiya - Toshkеnt , 1995 yil.
7. O’rta umumiy ta'lim maktablari bo’yicha DTS. Toshkеnt o’qituvchi
nashriyoti.
8. R. Xasanov «Maktabda tasviriy san'atni o’qitish mеtodikasi».
9. Rahim Hasanov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlar. Birinchi qism. Toshkent-2006 yil.
10. Rahim Hasanov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlar. Ikkinchi qism. Toshkent-2006 yil.
11. S. Abdurasulov, N. Tolipov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. Toshkent,2007 yil.
12. S. Abdurasulov, B.Boymetov. Tasviriy san’at. Toshkent, 2006 yii.
13. V.N. Oripov, V.V. Oripov «Tasviriy san'at o’qitish mеtodikasi». Toshkent, 2001 yil.
14. Gusev V.N. Akvarelniye kraski. M. 1979 yil.
15. Bеda G.V. Osnovo` izobrazitеlnoy gramoto`: Risunok. Jivopis. Kompozitsiya - M., 1981.
16. Bеda G.V. Jivopis. - M., 1986.
17. Kalning A.K. Akvarеlnaya jivopis. - M., 1971
Do'stlaringiz bilan baham: |