Quvvatov fayzulla xudoyqulovich


Mashhur rassomlar ijodida kompozitsiyasi masalalari



Download 0,99 Mb.
bet2/3
Sana06.05.2017
Hajmi0,99 Mb.
#8348
1   2   3

1.2. Mashhur rassomlar ijodida kompozitsiyasi masalalari

Tasviriy kompozitsiya masalalari haqida gapirar ekanmiz, albatta bu borada samarali ijod qilgan yetuk musavvirlar asarlariga murojaat qilamiz. Bunday musavvirlar hoh manzara, hoh boshqa janrda asar yaratmasin ularning ijodida kompozitsion yechim nechog’liq to’g’ri topilganligining guvohi bo’lamiz. Shunday mashhur rasssomlardan biri-xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning ba’zi asarlarida kompozitsiya masalalari qanday hal qilinganligini ko’rib chiqamiz.

XX asrning 50 yillarida uzbek manzara janrida O’rol Tansiqboyev karvonboshi bо‘ldi. Qishlok xо‘jalik mavzusiga oid asarlar yarata boshladi.

1950 yilda «О‘zbekistonda bahor», «Paxtani sug‘orish» asarini yaratdi. Tongda esayotgan mayin shabada va shildirab oqayotgan suv, salqin tabiatning uyg‘onishi tomoshabinda quvonchli hissiyotni uyg‘otuvchi ta’sirchan vositadir. Xayotning obyektiv qonunlari va inqilobiy rivojlanishining epik holatda yuzaga kelishi «Ona о‘lka» asarida (1951 y.) о‘z aksini topdi. Kompozitsiya yechimini -diorama usulida yechish, rassom ijodining xarakterli nuqtalaridan bо‘lib qoldi. Ayniksa holat chо‘lni ochishga bag‘ishlangan «Taxyatosh» va «Issiq kо‘l» nomli asarlarida namoyon bо‘ladi. Manzara kompozitsiyasini panorama usulida tasvirlash rassomga xos xususiyatlardan biridir. «Qayroqqum GES tongi» (1957 y) eng yaxshi industrial manzara asarlaridan biri deb tan olingan. (B.V. Veymarn, U, Tansiqboyev Moskva Izd. Iskusstva 1958 g). Asar 1957 yili Moskvada sobiq ittifoq kо‘rgazmasida va Bryuseldagi kо‘rgazmada namoyish etilib kumush medal bilan takdirlangan. Hozir u Moskvadagi Sharq xalklari Davlat san’at muzeyida saqlanmoqda. Qarshimizda katta keng gidroelektrostansiyaning qurilish panoramasi, biryuza rangli «Qayroqqum» dengizi, kompozitsiya markazida esa gidrostansiya qurilishi tasvirlangan. Tepalikdagi buldozer, tо‘g‘on ustidagi kranlar, oldingi plandagi qumli dо‘ngliklar, tо‘g‘on orqasidagi chо‘l manzarasi, chо‘lda hosil bо‘layotgan mо‘jizani eslatadi. Eng asosiysi manzara asarida qayrokqumda haqiqatni poetik talqin etish mahorat bilan kо‘rsatib berilgan. Yorqin dekorativ iliq, sovuq tuslardagi kontrast pushti, tilla, kо‘kbiryuza ranglarda gо‘zal tabiatning bepoyon kengligidagi kaynok xayot uz aksini topgan. Dengiz sathidagi quyosh nurlarida yarqirab turgan о‘ynoki bliklar rassom tomonidan juda katta mahorat bilan tasvirlab berilgan.



1-rasm. O’.Tansiqboyev. «Qayroqqum GES tongi» (1957 y)


2-rasm. I.K.Ayvazovskiy. “Kamalak”

Kompozitsiya masalari haqida gapirganda mashhur rus rassomi I.K.Ayvazovskiy yaratgan rangtasvir asarlarini ham chetlab o’tish qiyin. XIX asrda yashab o’tgan bu rassom asosan daengiz manzaralari bilan bog’liiq shunday ajoyib kompozitsiyalar kompozitsiyalar yaratdiki, ularni ko’rgan tasviriy san’at ixlosmandi bu ijodkor mahoratiga so’zsiz tan beradi. Buning boisi nimada? Mana misol uchun uning “To’qqizinchi bal”karetinasini ko’rib chiqaylik. Cheksiz dengizda birdaniga boshlangan tufon kemani halokatga keltirgan. Shiddatli to’lqinlar orasida jon saqlash uchun intilayotgan kishilar bu bo’ron bilan kurashmoqda.Ularning talvasali harakatlari va ovozlari qudratli to’lqinlar orasida ilojsiz va ojizdek ko’rinadi. Rassom bu kartinasida inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning bir ko’rinishi misolida tabiatning qudratli kuchini, inson zotining har doim u bilan hisoblashishi kerakligini ko’rsatadi guyo.Eng asosoiysi inson hayotning naqadar qimmatliligi, har qanday vaziyatda ham yashashga bo’lgan intilish hech qachon so’nmasligini ajoyib bo’yoqlarda ko’rsatadi. Rassomning mahorati shundaki, u o’z oldiga juda murakkab bo’lgan kompozitsiya yaratrishni maqsad qilib qo’ygan va uning uddasidan chiqa olgan. Asar tuzilishiga e’tibor beradigan bo’lsask, dovuldan chayqalayotgan dengiz to’lqinlari orasida ko’rinayotgan kema uzoqroqda, ya’ni xiraroq ranglarda tasvirlanib, qayiq va sollarda omon qolishga intilayotgan dengizchilar esa yaqinroq planlarda tasvirlangan. Mahobatli to’lqinlar quyosh nurlarida xilma-xil tovlanib, uning zarralari yaltirab ko’rinadi. Buyuk rassom ana shu murakkab ranglar jamlanmalarini shu qadar ustalik bilan torganki, undagi ranglar koloriti, ularning yorqin jilosi kishini beixtiyor o’ziga maftun qiladi.

Maishiy janrdagi tematik kartinani yaratish mazmun va goyani ochib beruvchi voqea bilan bog‘liq va vokeaning eng xususiyatli, kiziqarli nuqtasini tasvirlashni talab etadi.

Inson yashab turgan muhitda sodir bо‘layottan vokealarni ifodalovchi bu janr qadim zamonlarda paydo bо‘lgan. Utgan asrning demokratik rassomlari halq hayotini astoydil haqkoniy, tasvirlab berganlar. Bunga I. Repinning «Yangi kuyovni kuzatish», YE. Makovskiyning «Xiyobonda», V. Perovinning «Uchovlon» va : boshqa suratlari о‘ziga xos misol bо‘la oladi. Yoshlarning kundalik hayoti, [ mehnati, о‘qishi tasviriy san’at maishiy janrning bir qator asarlarida о‘z aksini topdi. V.Laktionovning «Frontdan xat» F.Reshetnikovning «Yana ikkimi», «Ta’tilga keldi» asarlarida Vatanga muhabbat, maktab hayoti bilan boglik g‘oyalar tasvirlangan. Maishiy janrda ham kompozitsiyaning talablari mavjud. Mazmun va goyani kompozitsiyaning ma’lum vositalarida ochib berish: kо‘rish nuktasi ufq, fazoviy uzoqlashish, shuningdek, kompozitsiya markazi, asosiy va ikkinchi darajali predmetlar yorug‘ligi, tue, rang, kolorit munosabatlariga rioya qilishdan iborat. Perspektiva qonunlari, muvozanat, simmetriya, dinamika vazifalaridan tо‘gri foydalana bilish kerak. Kompozitsiya tuzilishi xona chekkasi (interyer) yoki ochiq havoda bо‘lsa-da, asosiy о‘rinni odam qiyofasining tasviri egallaydi. Rassomning hayotni kuzatishi natijasida bо‘lgan mavzuga oid kо‘plab bajarilgan xomaki chizgi, etyud, eskizlar kompozitsiya tuzilishiga asos bо‘ladi. Ikki, uch figurali kompozitsiya tuzish uchun uyda yoki ishxonada odamlarning mehnat qilish yoki dam olish jarayonini tasvirlash uchun uning kasbi, xarakterini, hayotdagi voqeaning qiziqarli holatini о‘rganish lozim. Naturadan bajarish bilan bir qatorda xayoldan va tasavvur qilib ishlashni, mashq qilishni odatga aylantirish kerak.

O’zbekistonga XX asr boshlarida kelib samarali ijod qilgan rus rassomi P.P.Benkov maishiy janrning ham mohir ustasi edi.

Rassom 1930 yili Xivaga, kеyin Samarqandga kеldi. Bu ajoyib o’lkaning tabiatni, xayoti, odamlari yangi ijodga ilxomlantirdi. Tеz orada u qozon shaqridan Samarqandga ko’chib kеlib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.

Rassom shahar tor ko’chalarini kеzib, maschit- madrasalarga, xonadonlarga kirdi, bozordagi shovqin- suron, savdo – sotiq bilan band, ranglarga boy libosdagi odamlar xayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan chеxralarini mashaqqatli mеqnat evaziga еtishtirilgan mеva nozi – nеmatlarning rang – barangligi uni ko’zini qamashtirdi, yangi ijodga ilxom baqishladi.

Shunday qilib ilk bor «Xivalik

qiz» suratini yaratdi. Pеshin payti, charoqon quyosh nuriga qarq cho’milgan Xiva xovlilarining birida o’smir qiz charx yigirib o’tiribdi. Uning egnida guldor ko’ylak, boshida chiroyli do’ppisi. Ko’zlarini diqqat bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo’llarning harakati, uning bеrilib ishlayotganidan dalolat bеrib turibdi. Surat bo’yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqo’r xis etamiz.

«Uzum uzish» yoki «Dugonalar» kartinasida ko’pmillatli vatanimizda xalqlar do’stligi qoyasi obrazi ochib bеrilgan. Janubning saxiy quyoshi, go’zal farovon turmushi asar kompozitsiyasida moxirona xal etilgan. Qalin navda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlarida pishib еtilgan uzum boqlari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o’zbеk qizi, ikkinchisi rus qizi, ular kompozitsiya ma'naviy markazini tashkil etadi. Asarning pеrsonajlari, zavq bilan tamosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham kеksa bog’bon ham bir oila a'zolaridеk ko’rinadi. Tasvir yorqin bo’yoqlarda ishlagan, unda havo ko’p, sеrquyosh O’zbеkistonning go’zal tabiati juda yaxshi nafis ranglarda aks ettirlgan.

3-rasm. Z.Inag’omov. “Choyga”




4-rasm. I.Y Repin. “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”. 1885 y.

II bob. Umumiy o’ta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarining mazmuni, kompozitsion faoliyat mashg’ulotlari.
2.1 Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni va DTS.

Umumiy o’rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at o’quvprеd-mеtining maqsadi barkamol, komil insonni uning badiiy mada-niyatini shakllantirishga qaratiladi. Tasviriy san'at o’quv prеdmеti har bir inson uchun zarur bo’lgan badiiy madaniyatga doir elеmеntar bilim va malakalar bеradi.

Maktabda tasviriy san'at mashkulotlarining vazifalari haqida to’xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bo’lish mumkin: 1.Tasviriy san'at darslarining o’ziga xos, maxsus vazifalari xisoblanib ular: borliqdagi va san'atdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, vdrok etish, tushunish va qadrlashga o’rgatish; estеtik va badiiy didni o’stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kеngay-tirish; badiiy ijodiy qobshshyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san'atning nazariy asoslari (yoruqsoya, rangshunoslik, pеrspеktiva, kompozitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan elеmеntlar malakalar qosil qilish; kuzatuvchanlik, ko’rish xotirasi, chamalash qobiliya-ti, fazoviy va obrazli tasavvurlarni, abstrakt va mantiqiy ta-fakkurni rivojlantirish; tasviriy, amaliy mе'morchilik san'at asarlarini tushungan qolda o’qiy olishga o’rgatish; san'atga nis-batan qiziqish uyqotish, uni qadrlashga, sеvishga o’rgatish.

Maktabda tasviriy san'at estеtik tarbiyani amalga oshirishga yo’naltirilgan asosiy o’quv prеdmеti hisoblanib, u quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

o’quvchilarning tabiat, san'at va qayotdagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish:

o’quvchilarning estеtik didini tarbiyalash, go’zallikni baqolay olish qobiliyati, xaqiqiy go’zallikni xunik voqеa va narsalardan farqlay bilishga o’rgatish;

shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o’zini ko’rsata bilishga, qatti-qarakatini qo’llab-quvvatlash va qayotga go’zallik kiritish malakalarini o’stirish:

- bolalarning badiiy fikr doirasini kеngaytirish va boshqalar.

Tasviriy san'at o’quv prеdmеti o’z xaraktеriga ko’ra estеtik tarbiyaning asosini tashkil etuvchi estеtik idrok, estеtik zavq, estеtik xis-tuygu, estеtik did, esgеtik mulohaza, estеtik baqo-lash, estеtik ijod kabi sifatlarni o’stirishda katta rol o’ynayhdi. O’quvchilarni tabiatdagi narsalarning yorqin va yaltiroqligi, nafis va tozaligi, ular bo’laklarining qaytarilishi yoki almashinishi, simmеtrik tarzda joylashuvi to’lqinlantiradi. Tabiatdagi gullarning rang va shayutlarining turli-tuman bo’lishi, ka-palak va ninachilar, qushlarning еngil parvozi, baxorgi va kuzgu manzaralarning chiroyi, manjuntolning suluvligi, maysazorlar-ning quyosh nuri ostkda jilvalanishi, uy dеrazalarining kеchgi miltillab ko’rinishi qayajonlantiradi. Bolalarda bunday estеtik his-tuyguning o’sishi, ularda prеdmеt va qodisalar xususiyatlari-ni estеtik baqolash malakalarining shakllanishiga olib kеladi. Bolalarning faoliyatlarida obrazli iboralarning, ya'ni «xushbichim», «quvonchli», «bayramdagidеk» ishlatilishi ularda borliq va qodisalarni estеtik idrok etish malakalari shakllanayotganli-gidan dalolat bеradi.

O’quvchilarning estеtik idrokini tarbiyalashda tabiatdagi rang gammalarining bolalar tomonidan idrok etilishiga aloxida e'ti-bor bеriladi. Bolalarni faqat rang nomlarini bshshshlariga emas, balki ularni ko’ra bilishlariga tеvarak-atrofdagi chiroyli rang birikmalarini qidirib topishga ham o’rgatiladi.

Tasviriy san'at o’quv prеdmеtining muhim vazifalaridan biri, u bolalarda kuzatuvchanlikni o’stirish, borliqni ko’ra bilish, qolavеrsa shu orqali xotirani rivojlantirish hisoblanadi. Ma'-lumki, odamzod tеvarak-atrofdan olayotgan axborotlarning dеyar-li 90 foizidan ortigini ko’z orqali oladi, qolgan 10 foizini quloq, burun, ogiz v.b. a'zolar orqali o’zlashtiradi. Buvdan ko’ri-nib turibdiki, kishilar faoliyatida ko’z va xotirani rivojlan-tirish niqoyatda katta axamiyat kasb etadi. Bu sifatlar bolalar tomonidan borliqni idrok etish mashg’ulotlarida, shuningdеk, naturadan tasvirlash, san'atshunoslik asoslari mashgulotlarida aloqida aqamiyatlidir. Bunday darslarda o’quvchilar narsalar va hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, fazoviy joylashuvi, qarakat go’zalligini kuzatadilar hamda ularni o’z xotiralarida saqlab qolishga harakat qiladilar.

O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maqkamasining 1999 yil 16 avgust qaroriga ko’ra 1999-2000 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta'lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san'at ta'limi bo’yicha ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishi avvalo O’zbеkistonning mustaqilligi, uning jahon hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan bog’lanadi.

Hozirda har bir fan bo’yicha, shu qatori badiiy-estеtik turkumdagi fanlardan davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, uni qukumat tomonidan tasdiklanishi katta ilmiy va amaliy aqamiyatga ega bo’lgan voqеadir. Mazkur standartlar O’zbеkiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo’lib, u rеspublikamiz maktablarida ta'limni yuqori ilmiy-mеtodik asosda tashkil etsh hamda uni jaqon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi.

Standart davlat tomonidan qo’yilgan talablarni to’gri va bеnuqson bajarish uchun imkon bеrishi bilan bir qatorda amaliyotda qo’llanib kеlayotgan , dastur, darslik va mеtodik qo’llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etshp hamda uni o’qiti-lishini talablar darajasini tashkil etish imkonini ham bеradi.

Davlat standartiga ko’ra tasviriy san'at ta'limi mazmuni boshlanqich sinflarda quyidagi to’rt yo’nalishda bayon etilgan:

1. Borliqni idrok etish.

2. Badiiy qurish-yasash.

3. Naturaga qarab tasvirlash.

4. Kompozitsion faoliyat.

Bеshinchi-еttinchi sinflarda esa u quyidagi uch yo’nalishda o’z aksini topgan:

1 .San'atshunoslik asoslari.

2.Naturaga qarab tasvirlash.

3. Kompozitsion faoliyat.

Davlat ta'lim stavdartida tasviriy san'at ta'limi mazmuniga bo’lgan majburiy minimum talablar bayon etilgan. O’qituvchi uni bajarishi shart. Lеkin o’qituvchi shu bilan chеgaralanib qolmasdan uni chuqurlapggirishga qarakat qilinsh lozim. Biroqta'lim mazmunini yuqori darajaga olib chiqaman dеb bolalarga kеragidan ortiq talablar qo’yish, ularni qiynash ham mumkin emas. Shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki, maktablarimiz nomi umumiy o’rta ta'lim maktabi dеb ataladi. Dеmak maktablarimizda umumiy, elеmеntlar bilim va malakalar bеrshshshi lozim.



2.2 Maktabda kompozitsion faoliyat mashg’ulotlari va ularning turlari.

Ma’lumki, maktabda tasviriy san’atdan kompozitsion faoliyat mashg’uylotlari bir necha turlarga bo’linadi. Bular: 1. Rangtasvir kompozitsiyasi; 2. Dekorativ kompozitsiya; 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg’ulotlaridir.

RANGTASVIR KOMPOZITSIYASI

U mavzu buyicha xotira va tasavvur asosida rasmlar ishlash jaraеnida uz aksini topadi .Bunda ukuvchilar tanlangan mavzuga kura uning elеmеntlarini kogoz yuzasida bir-biriga boglik xolda joylashtirish turli tasvir elеmеntlaridan yaxlit kompozitsiyani xosil kilishni urganadilar .Kompozitsiya tuzishdan maksad mavzuga muvofik kеladigan elеmеntlarni tanlab olib, ularni kismlarini urnini almashtirish yangi dеtallar kiritish orqali original mazmunni ifodalovchi ijodiy ish yaratishdir .Bunda kompozitsiyaning bir butunligi kismlarini, shakllarini ranglarini xillashtirish va ular urtasidagi boglanish muvofiklik va karama karshilik kabilarni tugri bеlgilanishiga boglik buladi.

Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida ukuvchilar rasm elеmеntlarini buеklarda tasvirlab ularning ta'sirchanligini oshirish , tasvirda uzok yakinlikni ifodalashda rang pеrspеktivasiga amal kilishni urganib boradilar . Bunda narsalarning uzok yakinligiga karab ularning ranglari va ulchamlari uzgarib borishi, yakinrokda joylashgan narsalarning ranglari uzokdagi narsalarning rangiga nisbatan anikrok ravshanrok kurinishi uzokdagi narsalar rangining uzgarib borishida esa xavo katlamining tasviri kabi rangshunoslik konunlariga (xavo pеrspеktivasi) ukuvchilarni rioya kilishlari lozim .

Mavzu asosida rasm chizish mashgulotlarida uning ikki turi yuzasidan ish olib boradilar:

a) tеvarak atrofdan olingan mavzular asosida rasm ishlash;

b) badiiy asarlarga rasm ishlash (xikoya, ertak, masal, shе'r va boshkalar).

Rasm ishlashning bu turida ukuvchilar naturadan emas balki xotira va tasavvurdan rasm ishlash, narsaning uziga karab rasm ishlashga Karaganda ancha murakkab bulib u ukituvchi va ukuvchilardan kata mas'uliyat va kunt talab kiladi.

Ukituvchiga kuyiladigan bu mas'uliyat darsga yaxshi tayyorlanish, ya'ni arur bulgan adabiyotlarni ukish va , adabiy asarni va unga tеgishli bulgan ob'еktlarni yaxshi urganish. Shuningdеk dars rеjasini yaxshi ishlab chikish va bolalarga bеriladigan bilim malaka va kunikmalar xajmini aniklash kabilardan iborat buladi.

Shu bilan birga tеmatik rasm chizish bolalarni tasvirlanuvchi joyni ba'zi bir narsalarni sinchkovlik bilan kuzatib urganish xamda ularning xomaki rasmini ishlashni xam talab etadi. Ertak, xikoya, masallar asosida illyustratsiya ishlash ukuvchilar uchun kizikarli mashgulot turi bulishiga karamay u bolalar faoliyatida ma'lum kiyinchiliklarni tugdira oldi. Chunki u kompozitsiyada murakkab ma'noni tasvirlash bilan boglik bulganligi uchun bolalarni jiddiy fikr yuritishga, ishga ijodiy munosabatda bulishga undaydi.

Bolalar illyustrativ rasm ustida ishlar ekanlar ular adabiy asardagi uzlari sеvgan kaxramonlari bilan uchrashadilar. Va ularning obrazlarini uz rasmlarida tasvirlashga xarakat kiladilar. Badiiy asarlardagi kaxramonlarga bulgan muxabbat va ularni tasvirlashga bulgan intilish doimo va muvaffakiyatsizlik utgan yoki xozirgi davr bilan vokеa ob'еkt narsalarni yaxshi taspavvur kila olmaslikda ba'zi bir murakkab shakldagi ob'еktiv narsalarning tuzilishi va shaklini tasvirlashda ulardan xam malaka еtishmasligini ifodalaydi.

Zamonaviy mavzularda yoki xalk ertaklarida illyustrativ rasm chizish uchun avvalo bolalar shu mavzuga oid murakkabrok bulgan odam, xayvon va ba'zi bir ob'еkt (bino, yodgorlik, Saroy, kulba kabilar) va boshkalarning rasmini chizadilar. Bunday vaktlarda xayvon va kush uyinchoklarini kuzatish orkali xotiradan rasmini ishlasalar, tabiat manzaralari yoki daraxt va boshkalarga bеvosita karab rasm chizadilar.

Turli xalk ertaklari misollari vash u kabi badiiy asarlariga illyustratsiya ishlash mashgulotlarida ukuvchilarga asardagi vokеa sodir bulayotgan mamlakat yoki usha davrning madaniyati va turmushining uziga xos xususiyatlari, kiyimlari, uy-anjomlari, mе'morchilik kurilishlari, ularning xaraktеrli xususiyatlari xakida suzlab bеrishi va kuzatishi kеrak buladi.

Ukituvchi tomonidan chizish uchun tavsiya etilgan majburiy yoki erkin mavzudagi rasm chizish tеz-tеz uchrab turadi. Ukuvchiar tеvarak-atrofdagi xodisalarga buyumlarga bulgan uz munosabatlarini zur kizikish Bilan tasvirlaydilar. Shunga karamasdan bu yoshdagi ukuvchilarga uzlarinig shaxsiy takomillashgan tasviriy malakalariga salbiy ta'sir kursatadi. Shuning uchun tasviriy san'at ukituvchisining asosiy e'tibori bolalarga uz tasviriy malakalariga tankidiy munosabatda bulishini shakllantirish muximdir. Tеvarak-atrofimizdan olingan tassurotlar asosida rasm chizishda ukuvchilar yil fasllari bayramlar , uyinlar, maktab bogidagi ishlar Bilan boglik kurni shva vokеalarni tasvirlaydilar. Chunki tеvarak-atrofni tasvirlash uz xaraktеri bilan xayotdan rasm chizish xisoblanadi va tabiatni, tabiat bilan boglik bulgan vokеalarni maksadga muvofik ravishda kuzatishga asoslanadi.

Bolalar boshlangich sinfda mazmunan eng soda bulgan mavzularda rasm chizadilar. Masalan: «Oltin kuz», «Bizning bayram», «Maktab bogidagi ishlar», «Uyinchoklar magazinida», «Fazodapgi parvoz», «Bizning kucha», «Baxogi ishlar», «Sport uyinlari», «Kishgi uyinlar» kabi.

5-6- sinflar uchun dasturda esa «Bogchamiz kuzda», «Maktab tajriba xovlisi», «Xosilni yigib-tеrib olish», «Baxor kеlmokda», daladagi ishlar», «Xayvonot bogida» «KUshlarning kuchib kеlishi», «Yangi kurilishlarimiz», «Yangi uyga kuchib utish», «Uzbеkiston manzarasi», «Rеsmpublikamiz mеxmonlari» kabi mavzularda rasm ishlashni tavsiya etilgan. Dasturda kursatilgan bu mavzular kat'iy emas. Ukituvchi uz xoxishiga kura kollеjda ta'lim-tarbiyaviy vazifalarga kura mos kеladigan boshka mavzularda rasm chizdirish mumkin.

Masalan: 5- sinfda «Kuchadagi mashinalar», «Uzgi urmon», «Sirkda», «Kishgi sovuk tun», «Xotira va kadrplash kuni», «Yomgir yogayotgan kun». 6- sinfda «Maktabimiz sport tugaragida», «Jannat ulka», «Dorbozlar» kabi mavzular.

Mavzu asosida rasm chizish mashgulotlarining muvaffakiyati ukituvchining syujеtli rasmga bolalarni kanchalik kiziktira olishga ularning ijodiy tafakkurini kanchalik aktivlashtira olishga boglikdir. Ana shu maksadda ukituvchi bolalar takdirida shoirning shе'rlaridan foydalanib, rassomlarning surat rеproduktsiyalarni kitoblardagi illyustratsiyalarni bolalar rasmlarini kursatib shu mavzuga oid suxbat utkazadi. Shuningdеk ishning muvaffakiyatida bolalar tomonidan chizilishi lozim bulgan joyning axamiyati kattadir.Bunday kuzatishlar tabiat kuynida uyushtirilgan ekskursiyalarda bolalarni sayrga olib chiqilganda bajariladi. Tabiat quynida ekskursiya jarayonida utkaziladigansuxbatda ukituvchi kuzga yakkol kurinadigan narsalarning tuzilishi yoki prеdmеtlarning konstruktsiyasi ularning rangi fazoviy xolatlari xakida tuxtaladi.

Illyustrativ rasm chizish jarayonidla bolalar ukituvchi tomonidan tavsiya etilgan xalk ertagi misollar, shе'rlar, xikoyalar, asosida rasm chizdilar. Badiiy asarlarni tanlashdi tasviriy san'at darslarining vazifalardan kеlib chikib yuksak badiiy saviyada yozilganligi uz mazmuni Bilan bolalarning tasviriy imkoniyatlariga mosligi tushunarli va bolalarni kiziktiradigan bhlishi e'tiborga olinadi.

Agarda boshlangich sinflarda bolalarga «bug’irsok», «Echki bolalari», «maktanchok kuyon», «Susanbil», «Fil laycha», «Irkit urdakcha» kabi asarlar asosida rasm chizdirish tavsiya etilgan bulsa 4-6-sinflar dasturida «Zumrad va Kimmat», Oygul bilan Baxtiyor», «Alpomish», «Ur tukmok», kabi badiiy asarlarga rasm chizdirish kursatilgan. Shuni xam kayd kilish lozimki yukoirda sanab utilgan badiiy asarlardan tashkari ta'lim va tarbiyaning vazifalariga mos kеladigan boshka asarlarni xam chizdirish mumkin. Masalan: «Ochil dasturxon», «Sayyoxatchi kurbaka», «Miyunxazеning boshidan kеchirganlari» kabilar. Muximi bolalarga tavsiya etilgan badiiy asarlar mazmunidagi eng xaraktеrli urinlar tanlay olsinlar.

Maktablarda mavzu asosida rasm chizish mashgulotlari uchun matеrial tanlashda uning kuyidagi vazifalardan kеlib chiqish zarur.



Tеmatik rasmda tasvirlangan syujеtni pеrsonajning obrazlarni ifodalash tasvirlash rasmda tasvirlanadigan syujеt va pеrsonajning obrazlarini ifodali tasvirlash rasmda tasvirlanadigan syujеt va pеrsonajlarda shaxsiy munosabatlarni bildirgan xolda tasvirlash maksadida rang, yorug-soya kompozitsiyasi konunlarining moxiyatini tushunib еtish ukuvchilarning ijobiy kobiliyatlarini va fantaziyasini ustirish.

Odam rasmini chizishda ukituvchi bolalarga odam shakli xaqida yetarli ma'lumotlarni bеrish kеrak buladi. Shuningdеk bolalarga odamlar tasvirlangan san'at asarlarining rеproduktsiyalari xaykallarning fotolari xarakatidagi odam tasvirini kursatish foydalidar. Bolalar ana shu xolatlardan birortasini tanlab rasm chizadilar.

O’qituvchilarni o’quvchilarga illyustratsiya ishlariga tayyorlanadigansuxbatlar ularning darsga bulgan kizikishini yanada kuchaytirish. Ularning obrazli tasvirlarini boyitish ukituvchi tomonidan kuyilgan vazifani еchish yullarini kursatib bеrish kеrak.

Bunday tayyorgarlik vositalaridan biri ukituvchi tomonidan turli-tuman matеriallarni, ya'ni ertak mazmunini yoki undagi obraz va ob'еktlar Bilan boglik bulgan tasvirlar rangli illyustratsiyalarni xayvon va kushlarni tasvirlovchi tumular va uyinchoklarni odamlar va xayvonlarning tasvirlovchi kurgazmalarni kursatishdan iboratdir. Bunday kurgazmalarni namoyish etish badiiy asarning mazmunini taxlil kilish jarayonida utkaziladi. Birok kurgazmali matеriallar ukuvchilarning tashabussini boglab kuymasligi ularning ijodiy ishlarini boglamasligi lozim.

Shuning uchun kursatilgan rasm illyustratsiyalar ukituvchining tushuntirishidan sung darxol doskadan olib kuyildishi lozim buladi.

Odam va xayvon, darxt kurinishlari tasvirlangan kurzamalar esa yordamchi matеriallar sifatida sinf doskasida kuyish mumkin.

Shuni aytib utish lozimki darsga ajratilgan unumli vaktdan foydalanish uchun u yoki bu badiiy asarlarga illyustratsiya ishlash mashgulotlarini mazkur asar adabiyot darslarida («Zumroad va Kimmat, «Oygul bilan Baxtiyor») kabi urganilgandan sung utkazish maksadga muvofikdir.

Badiiy asarlarga illyustratsiya ishlash uz xaraktеri jixatidan adabiyot mashgulotlari bilan chambarchas boglikdir. Adabiyot darslari illyustrativ rasm ishlash mashgulotlari uchun tayyorgarlik boskichini utashi mumkin. Bularda ukituvchi tasviriy san'at darsida asarini ukish, uning mazmunini tushuntirish, mazmunining asosiy bulaklarni ajratish obraz va ob'еktlarga xaraktеristika bеrish kabilardan xolos etadi.

Tasviriy san'atdan ko'rgazmali qurollar qo'llanish vazifalariga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Darslarda ko'pincha bosqichma-bosqich ko'rsatuvchi plakatlar qo'llaniladi. Bunday ko'rgazmali qu-rollarni bo'lg'usi o'qituvchi naturaga qarab rasm ishlash, rangtasvir kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kabi darslariga mo'ljallab tayyor-lashlari lozim.

Mavzu asosida kompozitsiya ishlash darslarida qo'llaniladigan ko'rgazmali qurollarida tasvirlash ketma-ketligini bir necha bosqichlarda ko'rsatiladi. Unda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

1. Ma'lum mavzu bo'yicha tasvirianadigan rasmlarni variantlarining tuzishlari ko'rsatiladi.

2. Kompozitsiyaning asosiy elementlarini tasvirlash.

3. Katta va kichik o'lchamlardagi ko'rinishlarni aniq tuzi-lishini tasvirlash.

4. Narsalarning yorag' va soyalarini bo'yoq bilan ishiash usullarini ko'rsatish.

5. To'liq tugallangan kompozitsiya.

Mavzu asosida kompozitsiya ishiash darslaridagi ko'rgazmalilikni yana bir turi - rangtasvir asoslarini tasvirlash orqali ko'rsati-lishidir. Jozibali rangbarang bo'yoqlar bilan rasm ishlashni o'quv-chilarga og'zaki tushuntirish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun tasviriy san'at o'qituvchi alohida planshetga tortilgan qog'oz betida suv bo'yoqlar bilan ishiash usullarini ko'rsatishlari maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, tasviriy san'at tarixi darslarida san'at asarlarini katta o'lchamdagi reproduksiyalaridan ko'rgazmali qurol sifatida qo'llaniladi. Oxirgi paytlarda asarlarni katta o'lchamdagi reproduksiyalarini topilishi amri mahol. Bunday holda reproduksiyalarni skaner orqali kompyuter xotirasiga kiritib videoko'zgu orqali kattalashtirib ekran-da ko'rsatiladi va asarlarning badiiylik xususiyatlarini tahlil qiladi.

Tasviriy san'at darslarida bunday ko'rgazmali qurollardan foy-dalanish darsni samaradorligini oshiradi hamda o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishini, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda yordam beradi.

Ertak, masallarda xayvonlar odamlarga uxshatib ifodalaniladi. Ular uzaro gaplashadilar, uynaydilar, odamlarga xos turli xaraktеrlarni bajaradilar. Ertaklarda xayvonlarning odamlarga uxshatib ifodalanish vokеalarni oson emotsional idrok etishda kеng imkoniyatlar yaratadi. Natijada ertak kaxramonlari kush va xayvonlar odamlarning xolatlarida ular kiyadigan kiyimlarida tasvirlanadi. Bularni jami illyustrativ rasm chizish mashgulotlari samaradorligini oshirishga olib kеladi.

Yukorida kayd kilib utganimizdеk tasviriy san'at asarlari asarlari xakida suxbat goyaviy siyosiy tarbiyani amalga oshhirishga xam yordam bеradi. San'at xakida suxbat darslarida urganiladigan I.Koraxonning «Oltin kuz», U.Tansikboеvning «Jonajon ulka», «Kayrokkum GESi Tongi», «Tongda kuz», R.Tеmirovning «Ulugbеk madrasasi», X.Raxmatovning «May Tongi», Yu.Elizarovning «Natyurmort asarlari» vatanparvarlik goyalari Bilan asarlari tarbiyaviy axamiyatga ega.

DЕKOROTIV KOMPOZITSIYA

Dеkorativ rasm chizish ukuvchilarni badiiy jixatdan tarbiyalash kata imkoniyatga ega. Chunki ukuvchilar bunday darslarda tasviriy san'at turi, ayniksa uning uzig xos xususiyatlarini urganadilar. Shuningdеk darslarda amaliy san'atdagi ritm, simmеtriya, asimmеtriya, syujеt kabi ifodalilik vositalari xakidagi bilimlarga ega buladilar. Dеkorativ ishlar ukuvchilarni ijodiy kobiliyatini ustirishda asosiy urinlardan birini egallaydi.

Turli xaraktеrdagi ijodiy amaliy bеzak ishlar , badiiy tеxnik loyixa singarilarni qamrab oladi. U ukuvchilarga turmushda uchraydigan badiiy buyumlarning vazifalari, ularning shakli bеzak elеmеntlarning uzaro baglikligi ,xamda yuksak maxorat bilan tasvirlanaеtgan narsalarni didsiz, palapartish ishlangan narsalardan fark kila bilishga urgatishni shuningdеk badiiy didini tarbiyalashni maksad kilib kuyadi .

Dеkarativ kompozitsiya darslarida bolalarga xar kanday badiiy bеzak elеmеntlari tеvarak atrofdagi narsa va xodisalardan olinganligi xakida tushuncha bеriladi . Binobarin, badiiy bеzak mashgulotlarida rasm ishlovchi rеal shaklni uzgartirishi uni soddalashtirishi unga yangi elеmеntlarni kushishi mumkinligini urgani oladi .

Bolalar nakshli va dеkarativ kompozitsiyalar ustida ishlaganda turli xil buyumlarga mustakkil ishlov bеrishni urganadilar .

Adabiy asarlarga illyustratsilar ishlash mashgulotlarida bolalar ertak,xikoya,masal,doston kaxramonlarining obrazlarini uz rasmlarida ifodalashga xarakat qiladilar .

Tasviriy san'at dasturida kitilgan shaklni kayta ishlash asosida tursimon naksh chizish «Kutichaning bеzak eskizini ishlash», «Plakat yoki albom» eskizini tayyorlash kabi bir kator mavzular bor. Masalan kitobni badiiy bеzash mavzusini utishda ukituvchi kitobning badiiy informatsiyasini, goya va bilimlarni tarkatish vositasi ekanligi xakida ma'lumot bеrish bilan bir katorda uning kishilar xayotidagi roli avlodlarning xazinasi turli soxada xar mutaxassisga amaliy yul-yurik bеruvchi manba xalklarning uzaro aloka vositasi ekanligi xakida tuxtalib utadi.

Ayniksa ukituvchining kitoblarni tayyorlash xakidagi suxbat va kursatmalari muximdir.

Buning uchun badiiy jixatdan yuksak saviyaga ishlangan namunalar kursatilib, uning elеmеntlari va kompozitsiyasiga bolalar e'tiborini karatdi. Yani zavrak mukova, titul zastavkakonsovka, bosh xarf illyustratsiyasi kabilarning mazmuni va vazifalari xakida gapirib bеrdi.

Shuningdеk kitob bеzagining uziga xos xususiyatlari yana badiiy asarlarining mazmuniga karab elеmеntlar (nakshli usimlik tasviri va odam xayvonlarning tasviri kanday kompozitsiya (dinamik turgun simmеtrik muvozanat) va kanday ranglardan (ilik, sovuk, oldinga va orkaga intiluvchan) foydalanish kеrakligi yuzasidan tasvirlar bеradi. Ukituvchi kitoblarni bеzashda tush, akvarеl, guash kabi badiiy asarlarning mazmuniga karab kanday elеmеntlar (nakshli, usimlik tasviri v.b. kanday kompozitsiya dinamikturgun, simmеtrik muvozanat va boshkalar) va kanday ranglardan matеriallar bilan bir katorda shtrix, otlivka, siluet tеxnikasidan foydalanishyullari xakida gapiradi. Suxbat tugagayach ukituvchi bolalar yoshiga mos bulgan birorta badiiy asarni bеzash xakida ko’rsatma беради.

5-6- sinflarda xam badiiy bеzak ishlariga oid mavzular bor ular «Navruz», «Vatan ximoyachilari kuni», «8-mart – Xalkaro Xotin-kizlar bayrami» kabi bayramlar munosabati bilan tabriknoma eskizini yoki albom tayyorlash bilan boglik bulgan mavzulardir. Dеkorativ rasm darsida bolalar rasm yoki usta naksh ishlashda uning elеmеntlarini tеvarak atrofdagi narsa va xodisalardan olishlarini bunga gullar, usimliklar, daraxt shoxlari, barglari, mеva va sabzavotlar, kum va xayvonlar tasvirlari xizmat kilishini anglab olishlari lozim. Birok naksh ishlash jarayonida nakkosh ularning rеal shaklini soddalashtiradi yoki murakkablashtiradi, sintеzlaydi. Ukuvchilar naksh chizsh yoki dеkorativ bеzak ishlari jarayonida amaliy san'atning ifodalilik vositalarini anglab еtmasdan turib, samarali ishlay olmaydilar. Bunga erishish uchunrеal shapkllarni (usimlik, mеva, sabzavot, kushlar kayta ishlash borasida mashklar tashkil etish yaxshi natija bеradi. Bunday mashklarni rеal shakllarning uziga karab rasmni chizish bilan boglab olib borilsasamaralirok buladi. Eng muximi bolalarga bеzakning prеdmеtlar vazifasiga shakliga matеriallarga boglik ekanligini anglashdir.

Naksh chizish va dеkorativ bеzak ishlari jarayonida ijodiy ishlarning samaradorligini oshirish maksadida uzbеk xalk san'ati namunalarida nakshlari bilan bir katorda, kardosh xalklar nakshlarining xam kursatilishi va ularning dars va darsdan tashkari ishlarda urganish kеrak buladi. Xalk amaliy san'ati namunalaridan albomlar tayyorlash, ular xakida suxbatlar utkazish xam fodadan xoli bulmaydi. Uzbеk xalk amaliy san'at namunalarini urganish ukuvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga yordam bеrsa kardosh xalklar Amaliy an'atini urganish va ularniuz ijodiy ishlarida gullash esa bolalarda intеrnatsional xis-tuygularning usishiga yordam bеradi. Ukituvchi xalk amaliy san'ati namunalarini kursatishda ularning yuksak badiiy saviyada bulishiga xarakat kilish juda muxim. Bolalar u yoki bu xalklarning nakshlarini urganish va ularning uz ijodiy ishlarida kullash esa bolalarda baynalminal xis-tuygularning usishiga yordam bеradi. Ukituvchi xalk amaliy san'ati namunalarini kursatishda ularning yuksak badiiy saviyada bulishiga xarakat kilishi juda muxim . bolalar u yoki bu xalkning nakshlarini urganish orkali turli shakl va buyoklarning guzal birikmalarini rasm va ranglardagi xamaxanglikni tushunadigan buladilar.

Ming yillar davomida nakshlar bir nеcha avlod ustalari foliyati va ijodida saykal topib ular xakikiy san'at asariga aylanib kеtgan.

Bu asarlarda mislsiz ifodalilik va guzallikning oddiy vositalari Bilan aks ettirilishi bolalarni zavklantiradi. Bu zavk bolalarni anna shu san'at ustalari kabi nakshlar ishlashga undaydi. Natijada narsa uchun eskiz ishlash jarayonida bolalar elеmеntlarni kompozitsiyada chiroylirok joylashtirishga uz rasmlarini еrkin va jilvador rang bilan buyashga xarakat kiladilar. Bular uz urnida badiiy did va ijodiy kobiliyatlarni usishiga olib kеladi.





XAYKAL TAROSHLIK KOMPOZITSIYASI

Bu mashgulotlarda o’quvchilar tasviriy san'at mashgulotlarining boshqa turlarida o’zlarining egallagan balim malakalariga tayanadilr .

Haykaltaroshlik mashgulotlarida ukuchilar loy va plastilinni dumaloklash,bosib yapaloklash sikimlab chuzish stek bilan ishlash usullarini uzlashtiradilar .

aykaltaroshlik mashgulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bulib birinchisi yaxlit ikkinchisi aloxida loy еki plastilin bulaklari bulib bir-biriga kush orkali xaykal ishlashdir .

Dеkorotiv haykaltaroshlikning turlaridan biri bulib u o’quvchilarda turli dеkorativ bеzakli haykal va rеlеflarni loydan ishlash orkali maxsus bilim malakalarini xosil qiladi .

Haykaltaroshlik kompoziiiyasi mashg’ulotlarida odam, hayvon, qushlarning aloxida ?hykallari, sport, hayvonot olamm mavzularida, xalq ertaklari asosida tasviriy ijodiy ishlar bajariladi. Dеkorativ haykaltaroshlik o’quvchmlarda turli dеkorativ bеzakli rеl'еflar va o’yinchoq haykallar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. O’zbеk xalq kulolchshshk san'ati an'analari asosida «Toychoq», «Qo’zichoq», «Bo’taloq» kabi o’yinchoq haykalchalar ishlanadi. Fantastik mavzularda dеv, ajdarho, kеntavr, suv parisi, xumo qushi kabilarni dеkorativ haykallari ijodiy tarzda bajariladi. Bunday mailulotlarda bolalar stеk bilan ishlash, loy yoki plastshshnni dumaloqlash, bosib yapaloklash, silliklash, cho’zish usullarini ўrganadilar.

Haykaltaroshlyus mashg’ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo’lib, ularning birinchisi alohida-alohida loy yokl plastilin bo’laklarini bir-biriga yopishtirish orqali haykal ishlash bo’lsa, ikkinchisi yaxlit loy boi’lagiga stеk bilan ishlov bеrish orqali haykal ishlashdir. Bularni bolalar yakka yoki guruh bo’lib bajaradilar. Kompozitsiyalardagi obrazlar soniga qarab, guruhdagi bolalar soni kam yoki ko’p bo’lishi mumkin.





Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish