3. Iste’molchilar tahlili. Iste’molchilarini tadqiq qilish davomida biz aholi orasida non va non mahsulotlariga bo’lgan talabini va bu mahsulotlarga bo’lgan munosabatini hamda qaysi mahsulotga talab ko’proq ekanligini aniqladik. Shuningdek turli do’konlarni sotuv hajmini , qaysi mahsulotni sotuv hajmi yuqori qaysi mahsulot past darajada sotilayotganligini aniqladik. Ushbu tahlil natijasida quyidagi natijaga erishdik.
Iste’molchilarning non va non mahsulotlariga bo’lgan talab juda yuqori darajada ekanligi ammo bu talabni qondirish uchun yetarlicha mahsulot yo’qligi sababli yaqin hudud ya’ni Uchko’prik tumanidan mahsulot olib kelib sotiladi. Iste’molchilar orasida buxanka va patir mahsulotlariga bo’lgan talab juda yuqor darajadaligini aniqladik. Keying o’rinda hot-dog noni va bulichka mahsulotiga bo’lgan talab ortib bormoqda chunki fast foot mahsulotlariga talab ortib bormoqda.
Iste’molchilarni mahsulotlarni tanlashda albatta eng asosiysi sifat hamda narxlarga etibor berishadi . Yana bir omil uning assartimenti, non mahsulolariga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi . Shuning uchun ham biz turli xildagi hamda sifatli va arzon mahsulotlarni iste’molchilarga taqdim etishni rejalashtirganmiz.
5. SWOT tahlil.Raqobat muhitini tahlil qilish va o'zingizning afzal va zaif tomonlaringizni aniqlash uchun SWOT tahlilini o'tkazish va nonvoyxonaning kamchiliklari va afzalliklarini, tahdidlar va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
STRENGTHS
Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Samarali reklamadan foydalanish.
Eng zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish.
Mahsulotlarni ishonchli etkazib beruvchilari bilan ishlash.
Iste'molchilarning istaklarini chuqur tahlil qilish.