SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing) o’quv kursi loyihasi.
1. SMM – Social Media Marketing bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo’lib, internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot v axizmatlaringizga jalb qilish.
Bugungi kunda dunyo aholisining 58.11% ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.
SMM o’zi nima deb so’ralganda – bu o’z brendingizni tanitish , sotuv hajmini ko’paytirish tushuniladi.
SMM marketing nima uchun rivojlanib borayotganining asosiy sababi bu foydalanuvchilarning sonlari kundan-kunga o’sib borayotganidir. Marketing Sherpa statistic ma’lumotlariga ko’ra , 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan odamlarning 95% ga mahsulot brendini kuzatish va u bilan aloqa qilishda SMM media usuli eng qulay deb hisoblashdi. SMM mutaxasisi lavozimiga katta talab borliging sababi ham shunda.
Biz ham buxoroda smm mutaxasisiga talab kattaligini inobatga olgan holda o’zimizning kurslarimizni tashkil qilmoqchimiz. Jamoamiz 2 kishidan iborat va bir yarim yildan beri SMM sohasida faoliyat yuritib kelmoqdamiz vas hu davr ichida 5 dan ortiq kompaniyalar bilan ish olib bordik.
Kurs ochishdan maqsadimiz: O’zimizda bor bilim, tajriba va malakalarimizni shu sohaga qiziquvchilarga o’rgatish va daromad olish.
Kurslar haqida ma’lumot:
Bizning mashg’ulotlarimiz bir yarim oy davom etadi. Dars haftada 3 kun o’qitiladi. Kurs vaqti 14:30 dan 16:30 gacha bo’ladi.
+Kurs davomida biz SMM targ’ibotining asoslari va uning asosiy maqsadlarini o’rganamiz – SMM ning asosiy maqsadlari bilan tanishib o’tamiz. Oxirgi 3yil ichida SMM mavzusi qay darajada dolzarbligini bilib olamiz.
+postlarning turini organib chiqamiz – xar xil mavzudagi va hajmidagi postlarni yozish , kopiraytingning asoslari haqida ma’lumotlarni o’rganamiz
+Ads manager Facebook da asosiy reklama sozlamalarini – targeting SMM sohasining eng muhim taraflaridan biridir. Kurs davomida to’g’ri target qilishni o’rganamiz.
+Mijolarni jalb qilishni o’rganish , har bir mijozga yondashuvni topish – mijozlar bu biznesni hayotidir . ular bilan to’g’ri kelishuvlar olib boorish kerakligi bilan tanishib chiqamiz.
O'quv muddati va natijalari:
O'qish muddati haftasiga uch marta 2oy. Shu vaqt ichida O’quvchilar mutaxassis darajasida professional ishlashni boshlash uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni o'zlashtirishga vaqt topadi. Mashg'ulotlarni qoldirmaslik kerak, chunki ular ketma-ket, ulardagi ma'lumotlar kabi ketmoqda.
Dars jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |