Korxonaning joylashgan joyi: Fargʻona viloyati Rishton tumani
Loyixaning asosiy maqsadi: « Quvnoq shirmoy » xususiy korxonasi bugungi kunda o’zida mavjud ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan birga ya’ni korxona aholi va oziq-ovqat mahsulotlari chakana va ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi idora tashkilotlar uchun non va non mahsulotlari, turli xil baton, bulichka mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshirish maqsadida xalqimizga arzon va sifatli maxsulotlar va xizmatlar yetkazib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bu ishni amalga oshirish uchun yiliga 24 foiz bo’lgan 350 000 000 pul mablag’ini kreditga olib ish boshlamoqchi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun 500 000 000 so’m atrofida mablag’ sarflanishi ko’zlanmoqda. Lekin korxona o’zining xozirgi kundagi imkoniyatidan xamda O’zbekiston Respublikasidagi banklari tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan kelib chiqib, yiliga 24 foizli stavka bo’yicha 350 000 000 ming so’m miqdoridagi kredit mablag’ini 3 yil muddatga olish zarur deb xisoblamoqda.
Bularga qo’shimcha ushbu faoliyatni tashkil qilish bilan bir qatorda korxonada 4 ta yangi ishchi o’rni yaratishni xam maqsad qilgan.
Loyihaning asosiy yo’nalishi: « Quvnoq shirmoy » xususiy korxonasi xozirda non va non mahsulotlari, turli xil baton, bulichka mahsulotlari ishlab chiqarib sifatli mahsulotlarni arzon narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari chakana va ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi korxona tashkilotlarga shartnomalar asosida yetkazib berishni maqsad qilgan.
Barchamizga ma’lum ushbu mahsulotlarga bugungi kunda talab juda katta, chunki ushbu mahsulotlar axolining kundalik oziqlanadigan mahsulotlari qatoriga kiradi.
Bulardan tashqari korxona boshqa korxona va tashkilotlardan farqli ravishda sotiladigan mahsulotlarini 10-15 % arzon narxda va sifatli qilib yetkazib berishni rejalashtiryapti.
Izoh: « Quvnoq shirmoy » xususiy korxonasi ushbu ko’zlangan maqsadni bankdan kredit mablag’ini olgandan keyin amalga oshiradi.
Bulardan tashqari non, turli xil baton, bulichka mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishda o’zida mavjud binoni rekonstruktsiya qilish ishlarini o’z hisobidan amalga oshirishni maqsad qilgan.