Ishlab chiqarish rejasi Ishlab chiqarish quvvati: foydalanish va rivojlantirish;
Nonnning tayyorlanish jarayoni quyidagicha:
Hamir qorish bosqichi- bu bosqichda un tozalab elanib hamir qorish uskunasiga un, suv unduruvchi qo’shimcha va kerakli miqdorda tuz solib aralashiriladi.
Qoliblash bosqichi - bu bosqichda tayyor hamir qoliblarga 500 grammdan qilib qoliblanadi
Tindirish bosqichi – bu bosqichda hamir qoliblarga joylanib ko’pishi uchun uni stelajda tindiramiz.
Pishirish bosqichi – bu bosqichda tayyor hamirni pechlarda pishirib olamiz.
Uskunalar soni va elektr sarf meyorlari.
pech;( 5 ta 24 kvt/ soat, 1 ta 12 kvt / soat )
xamir aralashtirgich;( 6 ta 3 kvt / soat)
hamir tindirish javon; (5 ta )
Zanglamas metaldan ishlangan qoliplash uchun stol. (4 ta )
non uchun shakllar; (864 ta buxanka qaliplari , bulichkalar va xot-dog bulichkasi uchun 16 ta list va qora non uchun 40 ta qolip,)
Zanglamas metaldan ishlangan yuvish stoli. (2 ta )
Elektr samovar (1 ta )
Elektr tarozi (2 ta)
1-mahsulot uchun ishlab chiqarish quvvati
Buxanka non ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun avval uskunalarni mahsulotni tayyorlash uchun ketadigan vaqtini aniqlaymiz.
Xamirni tayyorlash uchun ketadigan vaqt 20 minut ( 150 kg un 450 dona buxanka uchun)
Xamirni qaliplarga joylash uchun 10 minut (432 dona)
Xamirni tindirish uchun 20 minut
Pishirish uchun 40 minut (432 dona )
Bundan ko’rinib turibdiki. Dastlab xamir pishirishgacha tayyorlash uchun 50 minut sarflanyapti pishirish uchun esa 40 minut. Agar bitta pechda 108 dona mahsulot pishirilsa 4 pechda 432 dona mahsulot ishlab chiqariladi. Bir kunda esa 4320 dona buxanka ishlab chiqariladi.
Yani dastlab 50 minut xamir tayyorlash uchun ketgan vaqt keyin esa 40 minutdan 10 martta pishiriladi. 50+40*10 = 450 minut. 30 minut tanafuslar vaqti.
2-mahsulot uchun ishlab chiqarish quvvati
Bulichka ishlab chiqarish quvvatini aniqlaymiz. Bunda bulichka tayyorlash uchun ketadigan vaqtlarni hisoblab chiqamiz. Avvalo xamir tayyorlash uchun 15 minut . uni 20 daqiqa davomida ko’tarilishini kutamiz. 20 minut unga shakl berish va yuzasiga suyuq tuxum surtamiz va yana 20 daqiqaga tindiramiz. Pishirish uchun 15 minut (200 gradus ) sarflaydi.
Xamir tayyorlash uchun 15 minut (50 dona mahsulot )
Sovutish uchun 20 minut
Shakl berish uchun 20 minut
Tindirish uchun 20 minut
Pishirish uchun 15 minut
Ish rejimi parallel ravishda ketadi. Bunga ko’ra dastlab 90 minutda mahsulot tayyor bo’lgan keyin esa eng kata operatsiyani hisoblaymiz. Yani 90 + 20*18 = 450 minut. 30 minut tanafuslar vaqti. Bir kunlik hajm 19 * 50 = 950 dona
3- mahsulot uchun ishlab chiqarish quvvati
Hot-dog uchun bulichkalar ham huddi shu tartibda ishlab chiqariladi yani bir kunlik hajm 950 dona mahsulotga teng bo’ladi.
4- mahsulot uchun ishlab chiqarish quvvati
Qora nonni xamirini tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt sarflanadi. Keyin 40 daqiqa tindiriladi. So’ng uni qaliblarga solib ustidan sedana, mak, zig’ir urug’ini sepamiz bunga 20 daqiqa sarflaymiz. 180 darajada 40 daqiqada tayyor bo’ladi. Bir kunlik ishlab chiqarish hajmi 120+40*8 = 440 daqiqa 40 minut tanafuslar vaqti. 8*20 = 160 dona mahsulot.
Mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish grafigi;