Takomillashmagan raqobat bozorida esa har bir sotuvchi bahoga ta’sir etishi mumkin. Ular shu bahoda o'z mahsulotlariga haq to'laydilar. Ular o'z qobiliyatlariga ishonib foydani oshirishga harakat qiladilar. Lekin takomillashgan raqobat bozoridagi qoida MC=P foydani oshirish uchun to'g'ri kelmaydi. Monopsoniya bozorning shunday holatiki, bunda bozorda xaridor bitta, sotuvchilar esa ko‘p bo‘ladi. Xaridorlaming bozordagi yakka hokimligi bahoni xaridor belgilashiga olib keladi
Monopol raqobat va korxona foydasi Monopol raqobat deganda, bir xil bo'lmagan, ammo o'xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ko'pgina firmalarni o'z ichiga olgan tarmoqlarni tushinish lozim. Bu firmalar monopol raqobatdadirlar. Nimaning hisobiga? Bir necha firmalar bir xil mahsulot ishlab chiqarmaydi. Bu mahsulot differensiatsiyasi deyiladi. Mahsulot differensiatsiyasi — bir xil emas, o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bunda tarmoqqa kirish uchun katta to'siq yo'q. Yakka hokimlik va sof raqobatlar o'rtasida ancha katta farq bor. Monopol raqobat uchun yuz yoki mingta korxona, firmalaming bo'lishi shart emas. Nisbatan kamroq. masalan, 25, 35, 60 yoki 70 ta bo'lsa ham yetarli bo'ladi. Firmalaming bunday miqdorlarda bo'lishidan yakka hokimlik raqobatining bir necha belgilari kelib chiqadi.
Birinchidan, har bir firma butun bozorning nisbatan uncha katta bo'lmagan salmog'ini (qismini) egallaydi va shuning uchun uning bozor bahosi ustidan nazorati cheklangan. Bundan tashqari, firmalar sonining nisbatan ko'pligi ularni mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash va bahoni yashirincha kelishib harakat qilishiga yo'l qo'ymaydi.
Ikkinchidan , tarmoqda firmalarni ko'pligiga qaramay, ular orasid o'zaro bog'liqlik sezilmaydi. Har bir firma u bilan raqobatlashayotgan boshqa firmaning reaksiyasini hisobga olmay o'z siyosatini belgilaydi 'z raqobatchilari ko'p bo'lgan bozor sharoitida firmaning bunday harakat qilish usuli ma’qul hisoblanadi.
Uchinchidan, qandaydir firma mahsulot bahosini kamaytirish yo'li bilan uning sotilishini 10—15 % ga oshirishi uning 20, 40, yoki 60 ta raqobatchilariga juda kam ta’sir etadiki, haqiqatan ulaming mahsulot sotish hajmini o'zgartirishga ta’siri sezilmaydi ham.
T o 'r tin c h id a n , mahsulot differensiatsiyasi yoki mahsulot sotuvchilarning ko'pligi. Agar ishlab chiqaruvchilar sof raqobat sharoitida bir xil, o'xshash mahsulot ishlab chiqarsalar, yakka hokimlik sharoitida esa shu mahsulotning bir qancha turlari, navlarini ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlar sifat ko'rsatkichlari, fizik parametrlari bo'yicha farq qiladi.
Bular mahsulotni differensiatsiya qilinishining bir shakli. Yakka hokimlik sharoitida mahsulotlaming differensiatsiya qilinishi, shuningdek, xizmat ishlarini bajarish, mahsulotni sotish bilan bog'liq shart-sharoitlarda: mahsulotni ist’emolchiga sotish joylarini yaqin joylashtirish, to'liq sutka soatlarida ishlash, xaridorlar ko'p bo'lgan joylarni tanlash, ularni iste’molchiga yetkazishni va idishlarga joylashtirishni rag'batlantirishlarda ifodalanadi. Bunday hollarda (iste’molchilar) ma’lum xil sotuvchilarni afzal ko'radilar, qadrlaydilar va shu mahsulotga o'z talablarini qondirish uchun ma’lum miqdorda ko'proq haq to'laydilar. Yakka hokimlik raqobatiga misollar ko'p.Masalan, monopol raqobat, ayniqsa, iste ’mol buyumlari ishlab chiqarish, yengil sanoat, xizmat sohalarida (non pishirish, konditer mahsulotlari, kiyim-bosh, kir yuvish vositalari, attorlik buyumlari, poyafzal va shunga o'xshashlarda) ko'pdir. Shunday qilib, yakka hokimlik sharoitidagi raqobatda iqtisodiy bellashish faqat bahoga bog'liq bo'lib qolmay, balki bahodan boshqa omillarga ham, masalan, mahsulot sifati, reklama va mahsulotni sotish bilan bog'liq sharoitlarga ham qaratiladi. Sotuvchilar monopol raqobat sharoitida nisbatan birbirining o 'm in i raqobatchilar bilan talashadilar. Bunda talab egri chizig'i ma’lum darajagacha elastik (o'zgaruvchan) bo'ladi. Korxona monopol raqobatchilik sharoitida bir-biriga o'xshash yaqin bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kam miqdordagi raqobatchilariga ega. Demak, korxonaning talab egri chizig'i o'zgaruvchanligi monopol raqobat sharoitida raqobatchilar soniga, mahsulotning differensiatsiyalanish darajasiga bog'liq bo'ladi. Raqobatchilar soni qancha ko'p, mahsulot differensiatsiyasi bo'sh bo'lsa, har bir sotuvchining talab egri chizig'i o'zgaruvchanligi shuncha ko'p, ya’ni shart-sharoitlar shuncha ko'p sof raqobatchilikk yaqinlashib boradi. Endi korxonalaming yakka hokimlik sharoitidagi foydasi (yoki zarari) qanday bo'lishi haqida. Qisqa davr oralig'ida korxona pirovard xarajatlar (MC) va pirovard daromad (MR) egri chiziqlarining kesishishi bilan ifodalangan hajmda mahsulot ishlab chiqarish (Q) bilan o'z foydasini maksimal darajada oshirib boradi. Qisqa davr oralig'ida monopol raqobat sharoitida ishlab turgan korxona iqtisodiy foyda olishi yoki zarar ko'rishi mumkin (70-chizma). Uzoq davr oralig'ida monopol sharoitda korxonalaming (har holda) normal foyda ko'rish yoki boshqacha aytiladigan bo'lsa, zararsiz ishlash ehtimoli mavjud.
TasdiqlayMAN”
o` quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari:
_______R. Masharipov
Guruhlar
|
|
|
|
|
Dars o`tiladigan sana
|
|
|
|
|
Talabalar soni
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |