“Qutlug’ qon” romanining mavzu va g’oyasi
MUNDARIJA
I. Kirish.....................................................................................................................3
I BOB Mavzu va g’oya tushunchasi....................................................................7
Mavzuga xos xususiyatlar.............................................................
G’oyaga xos xususiyatlar. 11
Mavzu va g’oya birligi haqida.....................................................17
BOB “Qutlug’ qon” romanining mavzu va g’oyasi 19
Asarning metodologiyasi 19
Asardagi g’oyalar tasnifi 21
Xulosa 59
Adabiyotlar ro‘yxati 66
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbek xalqining chorizm va mahalliy burjuaziya zulmiga qarshi 1916- yilda isyon ko‘tarishi – milliy ozodlik harakatini ifodalovchi voqea hodisalar - «Qutlug‘ qon» romanining asosiy mavzuidir. Mavzu – san’at asarida qo‘yilgan va yoritilgan asosiy ijtimoiy masalalar. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining muhit ta’sirida o‘z-o‘zini anglashi va haq-huquqini, erki uchun zulmga qarshi bosh ko‘tarishi masalasi yoritilgan. Shu masala – romanning mavzuyini tashkil qiladi.
Asar g‘oyasi. Yozuvchi asarida hayotni sintetik tarzda tasvirlar ekan, u, albatta, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qalamga oladi, ularga o‘z munosabatini bildiradi – bahosini beradi. Shunga ko‘ra, asarning g‘oyaviy-tematik to‘qimasi murakkabdir. Chunonchi, «Qutlug‘ qon» dagi Yo‘lchi obrazi orqali bir masala yoritilsa, Gulnor, Nuri, Mirzakarimboy, Tantiboyvachcha va Yormatlarning har biri orqali bir-biriga o‘xshamagan (butunlay boshqa-boshqa) masalalar yoritiladi.
Har bir yozuvchi o‘z xalqi va sinfi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan davrining ziddiyatli tasviriga alohida e’tibor qiladi. Oybek o‘zining
«Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining ijtimoiy zulmga qarshi hayot-mamot kurashiga otlanganligini ko‘rsatgan, unga o‘zbek xalqi manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashgan. Bu asarda qahramonlar xarakterlari ana shu kurash jarayonida ochilgan, toblangan. Bundan tashqari, asar g‘oyai ham kurashlar zaminida jozibali, yorqin, ta’sirli, emotsional tarzda ochilgan.
Oybek «Qutlug‘ qon» romanini 1937 yillarda yoza boshladi. Oybek «bu romanni yozishda men hech qanday manbaa, materiallar to‘plamadim, chunki bu asarni men yozish uchun bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaveribdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim» - degan edi.
1940 – yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Una mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917 – yil to‘ntarish arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |