Noma’lumlarni almashtirish orqali o‘quvchilarga masala tuzishni o‘rgatish fayzullayev Musobek Tursunkul o‘g’li



Download 108 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi108 Kb.
#347159
Bog'liq
Fayzullayev Musobek


NOMA’LUMLARNI ALMASHTIRISH ORQALI O‘QUVCHILARGA MASALA TUZISHNI O‘RGATISH

Fayzullayev Musobek Tursunkul o‘g’li

Jizzax davlat pedagogika instituti 2 bosqich magistranti

Annotasiya: Ushbu maqola muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda o‘quvchilarning mustaqil masala tuzishga o‘rgatish orqali ularni gemetrik bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, planimetriyaga oid bir nechta masala keltirib o‘tilgan.

Bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida an’anaviy shakldagi darslar bugungi kun o‘quvchilarining ilmga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qanoatlantiraolmayotgani sir emas. Bunday sharoitda o‘qituvchilardan noan’anaviy shakldagi darslarni ko‘proq olib borish talab etilmoqda. Noan’anaviy shakldagi darslar o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari bilimlar bilan mukammalroq shug’ullanish imkonini yaratadi. O‘qituvchi noan’anaviy shaklda dars o‘tishi jarayonida turli hil ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda o‘qituvchi muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonida o‘quvchilar oldiga o‘quv muammosini qo‘yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. [1]

Biz ushbu maqolada masalaga muammo sifatida yondashish usuli orqali o‘quvchilarga matnli ko‘rinishdagi masalalar tuzishni o‘rgatish yo‘llarini qarab chiqamiz.

Masalaga muammo sifadida yondashish usuli: Muammoli vaziyatni tahlil qilish → Muammo qo‘yilishi→Yetmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy tahminlarni) shakllantirish→Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish→Muammoni masalaga aylantirish→Masala yechilishining usulini izlash→Yechish jarayoni →Olingan natijalarni tekshirish →Yechimni to‘g’riligini asoslashdan iborat [2].

Masalaga muammo sifatida yondashishda muammoli vaziyatlar yordamida masaladagi noma’lumlarni almashtirish orqali yangi masala hosil qilish usullarini o‘quvchilarga o‘rgatish zarur.

1-masala. Asoslari 7 sm va 12 sm ga teng bo‘lgan trapetsiya yuzi 38 ga teng bo‘lsa uning balandligini toping (1-rasm)[3].

1 - rasm.

Masalani yechish jarayoni quyidagicha:

Berilgan: – trapetsiya,

va – asoslar, = 7 sm, = 12 sm

– yuza. =38 ;

Topish kerak: – balandlik

Foydalaniladigan formula: ;

Yechish: ,

,

,

,

,

; Javob: .

Masalaning tasviriy ifodasi quyidagicha ko‘rinishda ekan:



va ;

Yuqoridagi tasviriy ifodadan biz quyidagicha muammoli vaziyatni vujudga keltirishimiz mumkin.



Agar - noma’lum sifatida qarasak, qanday ko‘rinishdagi masala hosil bo‘ladi?

  1. Asoslaridan biri 12 sm va balandligi 4 sm ga teng bo‘lgan trapetsiyaning yuzi 38 ga teng bo‘lsa uning ikkinchi asosini toping.

Agar - yuzani noma’lum sifatida qarasak:

  1. Asoslari 7 sm va 12 sm ga teng bo‘lgan trapetsiyaning balandligi 4 sm ga teng bo‘lsa uning yuzasini toping.

Agar - katta asosini noma’lum sifatida qarasak:

  1. Agar trapetsiyaning kichik asosi 7 sm ga va balandligi 4 sm ga teng bo‘lgan trapetsiyaning yuzi 38 ga teng bo‘lsa uning katta asosini toping.

Demak, hulosa qilib aytish mumkunki, masalaga ijodiy yondashgan holda undagi noma’lumlarni almashtirish orqali yuqoridagi kabi bir necha turdagi masalalar tuzish imkoni mavjud. Bunday masalalarni mustaqil tuzishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kundalik faoliyatida turli vaziyatlarda qo‘llash ko’nikmasini shakllanttiradi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Sh.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova va b. “Ta’lim texnologiyalari” Toshkent 2020.

  2. Asimov Alijon. “Muammoli vaziyatlardan foydalanib, o‘quvchilarni masala tuzishga o‘rgatish”. Научный вестник НамГУ. 2019г

  3. Rahimqoriyev A., To’xtaxo’jayeva M. Geometriya. 8-sinf uchun darslik. - Toshkent: Yangi yo’l poligraf servis. 2014, 160 b.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish