3.2. Mahalliy xomashyo va chiqindilar asosida olingan ionitlarning sorbsion xossalarini baholashning nazariy asoslari
Suv yer yuzidagi hayot uchun eng muhim birikma bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik bilan bir vaqtda jadal rivojlanayotgan sanoat korxonalari nafaqat ichimlik suvi muammolarini, shuningdek suv resurslari va tuproq sistemasining sho‘rlanish darajasi oshib borishi, shuning bilan birgalikda, sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlari tarkibida turli ionlarni ko‘p miqdorda saqlaganligi sababli, oqova suvlari oqar suvlarga qo‘shilishi natijasida tabiiy suvlar tarkibida turli zararli ionlar tarqalishiga olib kelmoqda. Bu esa oxir oqibat oqova suvlariga chiqadigan rangli, og‘ir va zaxarli metall ionlarining miqdori ortib ketishiga olib kelmoqda. Buning natijasida oqova suvlari tarkibidagi turli ionlar hududning florasi hamda fauna sistemalarining ko‘payishiga va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududning ekolgik holatining yomonlashishi, oqova suvlari tarkibidagi zararli ionlar, qishloq-xo‘jaligi maxsulotlarining hosildorligini kamayishiga va hosil tarkibida zararli moddalarning yig‘ilishiga olib keladi. Bundan tashqari chiqindi suvlar tarkibidagi turli zaxarli ta’sirga ega ionlarning konsentratsiyasini ekoligik me’yorlargacha kamaytirish ham dolzarb sanaladi. Eng asosiy omillardan biri suv tarkibida, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatib siyanoz, yurak-qon tomir kasalliklari, kvadriplegiya, nerv sistemasi kasalliklari, hazm qilish sistemasi va to‘qima nekrozlarini keltirib chiqaruvchi, organizmda parchalanmaydigan ionlar juda ham ko‘p. Bu muammolarni bartaraf qilish bugungi kunda dolzarb sanaladi[1]. So‘ngi yillarda suvni tozalashning turli xil texnologik usullar qo‘llanib kelinmoqda, jumladan kimyoviy ishlov berish, fizik, biologik va boshqa usullardan ionitlar ishtirokida adsorbsiyalash usuli keng qo‘llaniladi. Bu usulning ishlash jarayoni oddiyligi, ekologik va iqtisodiy samarali, qayta ishlash imkonini berishi bilan boshqa usullardan ustun turadi. Shuning uchun mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish, olingan ionitning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali oqova suvlarni tozalashga qo‘llash dolzarb va katta amaliy ahamiyatga ega. Jaxon miqyosida olimlar tomonidan yangi ionitlarning sorbsion xossalari baholashda kinetik va termodinamik taxlillardan keng foydalaniladi.
Xususan, ushbu ish yuqorida kelirilgan dolzarb muammoni ma’lum darajada hal qilishga qaratilgan bo‘lib, maxalliy xomashyolar asosida olingan ionitga turli xil ionlarning sun’iy eritmalarida sorbsiya jarayonining kinetikasini o‘rganishda “Psedo-birinchi-darajali va Psedo-ikkinchi-darajali modellari” hamda sorbsion xossalarini o‘rganishda Lengmyur, Freyndlix, Temkin, Dubinin-Radushkevich va Flori-Xaggins izoterma modellaridan foydalanildi[2].
Bunda: qe-ionitga yutilgan ioni miqdori mg/g, C0- ionlarining dastlabki konsentratsiya mg/l, Ce-ionlarining muvozanat konsentratsiyasi mg/l; V –eritma hajmi (l); m- quruq sorbent massasi(g).
Do'stlaringiz bilan baham: |