Qushlar uchun shinam uy quramiz



Download 0,62 Mb.
bet44/71
Sana21.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#397158
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
2 5327847067433831394

Sana : ___________________

Ta’limiy faoliyat : Elementar matematika

Mavzu: «Predmetlarni guruhlarga ajratish»

Maqsad:

• Alohida predmetlardan guruh hosil qilishni, guruhdan bir predmetni ajratishni o‘rgatish.

• «Ko‘p» va «bitta» tushunchalarining ma’nosini tushuntirish, nutqida «ko‘p», «bitta», «bitta ham», «bittadan» so‘zlarini ishlatishni mashq qildirish.

Kerakli jihozlar:

• O‘yinchoqlar to‘plami — ona mushuk va mushukchalar (mushukchalar soni, bolalar soniga teng bo‘lishi kerak).



Faoliyatning borishi:

Defektolog: «Miyovv, miyovv!»— Bu miyovlayotgan nima ekan? (Tarbiyachi ona mushukning ustini ochib ko‘rsatadi). Bu ona mushukku. Ona mushuk nechta ekan? Ona' mushuk nimalarni chaqiryapti? (Tarbiyachi mushukchalarning ham ustini ochadi va bolalarning diqqatini mushukchalarning ko‘p ekanligiga qaratadi. «Ko‘p» so‘zini alohida intonatsiya bilan talaffuz etadi. Bitta mushukchani qo‘liga olib so‘raydi: «Menda nechta mushukcha bor? To‘g‘ri. Menda bitta mushukcha bor. Ona mushukda qancha mushukchalar bor? Ha, ona mushukda mushukchalar ko‘p», — deb tarbiyachi bolalarning javoblarini ma’qullaydi.

Keyin bolalarni navbat bilan chaqiradi va bittadan mushukcha olishni taklif qiladi. Har bir bola bittadan mushukcha oladi, ona mushukning bolalari tobora kamayib boraveradi, oxiri bitta ham qolmaydi. «Bittadan» va «bitta ham» so‘zlari urg‘u berib aytiladi. Bolalar «bittadan» mushukcha olganlaridan keyin ona mushukda «bitta ham» mushukcha qolmaganini ko‘radilar. Tarbiyachining taklifi bilan mushukchalarni yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi savol beradi: «Mushukchalar qanday rangda? Qani aytingchi, sizlarda nechtadan mushuk bor?» Savollarga 2 — 3 bola javob beradi. Tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtiradi: «Jamolda bitta mushukcha, Ulug‘bekda bitta muigukcha, Lolada bitta mushukcha, Kamolda bitta mushukcha, Yulduzda bitta mushukcha, hammada bittadan mushukcha bor, ona mushukda esa bitta ham mushukcha qolmadi. Kelinglar, hammamyz birgalikda aytamiz: bitta ham mushukcha qolmadi! «Miyovv, miyovv!» — ona mushuk mushukchalarini chaqiryapti. Ona mushukda ko‘p mushukcha bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak? Ona mushukda ko‘p mushukcha bo‘lishi uchun, qo‘lingizdagi mushukchalarni olib kelishingiz kerak». Tarbiyachi bolalarni navbat bilan stol yoniga chaqiradi, har bir boladan u nechta mushukcha olib kelganligini so‘raydi, ularning olib kelgan mushukchalarining sonini ta’kidlab aytib turadi: «Kamol bitta mushukcha olib keldi, Jamol bitta mushukcha olib keldi, Lola bitta mushukcha olib keldi, bolalar qaranglar, mushukchalar ko‘payib bormoqda». Hamma mushukchalar stolga qo‘yilganidan keyin ona mushukda qancha mushukcha bo‘lgani aytiladi. «Hamma bittadan mushukcha olib keldi va ona mushukning mushukchalari ko‘p bo‘ldi». «Ha, ona mushukning mushukchalari ko‘p. Ona mushuk nechta? To‘g‘ri, ona mushuk bitta. Qaysi ' ko‘p: ona mushukmi yoki mushukchalarmi ? To‘g‘ri, mushukchalar ko‘p, ona mushuk bo‘lsa bitta». Bolajonlar, hozir men sizlarga qiziqarli hikoya aytib beraman. Bitta mushukning ko‘p mushukchalari bor ekan. Bolajonlar mushuk nechta ekan? Bitta. Mushukchalarchi ? To‘g‘ri, mushukchalar ko‘p ekan. Mushuk bolalarini qanday qilib chaqiradi? To‘g‘ri, «miyovv» deb chaqirar ekan.. Mushukchalarchi, ular qanday javob beradilar? Mushuk mushukchalari bilan har xil o‘yinlar o‘ynar ekan. Masalan: «Bekinmachoq» o‘yinini o‘ynar ekan. «Bekinmachoq» o‘yinini bilasizlar, bir kishi ko‘zlarini yumib turadi, boshqalar yashirinadi. So‘ng ko‘zini yumib turgan bola, ko‘zini ochib, yashiringanlarni topadi. Xohlaysizlarmi, hozir mushukchalar bilan «Bekinmachoq» o‘yinini o‘ynaymiz. Biz mushukchalarning onasi bilan ko‘zimizni yumib turamiz. Sizlar har biringiz bittadan mushukchani olib, u bilan birga yashirinasiz. Keyin biz sizlarni izlab topamiz. " Biz ko‘zimizni yumib turibmiz, qani, bolajonlar, har biringiz bittadan mushukchani olib, u bilan birga yashirining. Hamma bolalar va mushukchalar yashirinib bo‘ldimi? Biz izlashni boshladik! Jamolbek, siz mushukcha bilan stol yoniga yashiringansiz, sizni topib oldik. Mushukcha bilan yonimga keling. Jamolbek, siz nechta mushukcha olib keldingiz? To‘g‘ri, bitta mushukcha olib keldingiz. Miyov — miyov! Mushukchalarning onasi xursand bo‘ldi. Xuddi shunday qilib tarbiyachi hamma bolalarni topadi. «Bekinmachoq» o‘iini yoqdimi, bolajonlar? So‘ngra stol ustida nechta mushuk va qancha mushukchalar borligini so‘raydi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish