4.Yuk porshenli asboblar
Bu asboblarning ko’pchiligi tajriba sharoitida turli manometrlarni tekshirish
va darajalash uchun muljallangan. 8-rasmda yuk-porshenli manometrning
prinsipial chizmasi tasvirlangan.
Yuk kolonkasi 9 ning markazida silliqlangan silindrik kanal bo’lib, bu
kanalning ichida yuk tarelka 8 li siljuvchi porshen 6 joylashgan. Kolonkaning
kanali porshen 11 ga ega bo’lgan press bilan ulangan. Bundan tashqari u
tekshirilayotgan manometr 10 bilan bog’lovchi shtutserlar 5 ga ulangan. Kolonka
va shtutser kanallari ninasimon ventil 4 lar bilan ta‘minlangan. Ventil 1 yordamida
ishchi suyuqlik tukiladi.
Ishni boshlashdan avval ventil 3 ochilib, sig’im 2 dan asbobning gidravlik
tizimi ishchi suyuqlik bilan to’ldiriladi. Tizimni to’ldirish bilan bir vaqtda maxovik
12 ni soat strelkasining yo’nalishiga qarshi burab porshen 11 aylantiriladi. Porshen
11 oxirigacha aylantirilgan holda sig’im 2 da ishchi suyuqlik qisman qolishi kerak.
Ishchi suyuqlik sifatida o’rtacha qovushqoqlikka ega bo’lgan mineral moy
ishlatiladi. Asbob tulganidan sung ventil 3 biriktiriladi. Keyin maxovik 12 moy
bosimi natijasida kutarilgan yuk tarelkasi ko’rsatkichi 7 to’g’risiga kelguncha
buraladi. Porshenli manometrning to’zilishiga ko’ra uning ishlash prinsipi
gidravlik tizimdagi o’lchanayotgan bosimning yuklar kuchini muvozanatlashiga
asoslangan. O’lchanayotgan bosimning kattaligi haqida muvozanatlovchi yuklar
kattaligiga ko’ra fikr yuritish mumkin. Porshen va silindr diametrlari bir-biriga
moslangan va ularning sirtlari o’rtasidagi oraliq bir necha mikrondan oshmaydi.
Ishqalanish kuchlarini e‘tiborga olmagan holda, quyidagi muvozanat shartini
yozish mumkin:
;
ef
ort
S
P
Gg
=
(31)
bu еrda
G
– юк tarlekasi bilan porshenning og’irlik kuchi, kg; g – erkin
tushish tezlanishi, m/s
2
;
ort
P
- silindr kanalidagi ortiqcha bosim, Pa;
ef
S
-
porshenning effektiv yuzasi, m
2
.
Kanal va porshen sirtlari urtasida kichik bo’lsa ham oraliq borligi natijasida
moy porshen ustiga utib uni asta-sekin pastga tushiradi. Ishqalanish ta‘sirini
kamaytirish uchun porshen qul bilan yoki maxsus qo’rilma yordamida
aylantiriladi.
Porshenli manometrlar eng aniq ishlaydigan aboblar qatoriga kirib, ular
aniqlik darajasiga ko’ra ikki razryadga ajratiladi: 1 – razryadli porshenli
asboblarining hatosi 0,01…0,02% ni tashkil qiladi va faqat porshenli
manometrlarni tekshirish uchun ishlatiladi. 2-razryadli porshenli manometrlar
0,05% aniqlikka ega va namunali prujinali manometrlarni tekshirish uchun
qo’llaniladi.
Xulosa
Men ushbu kurs ishimda ta‘lim jarayonini tashkil etishdagi ta‘lim
vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim. Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim
vositalarining ahamiyati katta. Xalqimizda ajoyib naql bor ―Ish quroling soz
bo‘lsa,mashaqqating oz bo‘lur ‖.Rivojlanib borayotgan texnikalashuv sharayotida,
albatta ta‘lim vositalari ham yangilashib borishi tabiiy. Kurs ishida nomlari
keltirilgan zamonaviy ta‘lim vositalaridan kelajakda akadamik litsey maktab va
oily o‘quv yurtlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta‘lim berish
usullari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro bog’liklikda loyihalash ko’pincha
an‘anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jaxon pedagogika fani ilmiy
– texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar
nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi
davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson
imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda.
Pedagogik texnologiya usullari dastlab o’qitishning harakatini namunaviy
vaziyatdagi belgilangan qoida bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan mahsuldor
darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy
tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani
doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ milliy ta‘lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini
belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr
boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan
biri bu ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon
andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar
tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng
qo‘llash oliy ta‘lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda
aniq 27 vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini
yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini
amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan
o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir. Masofaviy ta‘limni tashkil etish natijasida
ta‘lim olish jarayonini qulaylashtirish imkoni tug‘iladi. Kurs ishidan ko‘zlangan
maqsad ta‘lim jarayonini tashkil etishda foydalaniluvchi vositalar haqida malumot
berish edi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma‘naviyatli, bilimli, malakali
kadr etib tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasidir va bu ishlarni biz ham
munosib ravishda amalga oshirilishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz.
ADABIYOTLAR
1.
Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997.
2.
B.E.Muhamedov Metrologiya. Texnologik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari va
asboblari Toshkent, - O’qituvchi. 1991.
3.
Г.М.Иванов, Н.Д.Кузнецов, В.С.Чистяков. Теплотехнические измерения и
приборы. М: Энергоатомиздат. 1984.
4.
В.С.Чистяков. краткий справочник по теплотехническим измерениям. –М:
Энергоатомиздат. 1990.
5.
Н.Д.Кузнецов В.С.Чистяков. Сборник задач и вопросов по
теплотехническим измерениям и приборам. . –М: Энергоатомиздат.
1986.
6.
Гольцман В.А. Приборы контроля и средств автоматизации тепловых
процессов. М.: Высшая школа. 1980.
7.
SHoyunusov Sh.SH. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan ma‘ruza matnlari.
ToshDTU. 2000.
8.
SHoyunusov Sh.SH., Raximdjanov R.T. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan
tajriba ishlari uchun-uslubiy qo’llanma. ToshDTU. 1999.
9.
Рахимджанов Р.Т., Шоюнусов Ш.Ш., Алимов Х.А. Теплотехнические
измерения. Учебное пособие для бакалавров обучаюшихся по направлению
«Теплоэнергетика» ТашГТУ 2002.
Internet saytlari
1.www. ziyonet.uz
2.www.tdpu.uz
3.www.google.ru
1.
http://ziyonet.uz/files/znuz_000026622_20121213093227.rar
2.
www.prometeus.nsc.ru/contents/books/slasten
3.
http://www.referat.arxiv.uz/files
4.
http://www.natlib.uz/uz/article/626
5.
http://ziyonet.uz/files/znuz
http://webcache.googleusercontent.com/
Do'stlaringiz bilan baham: |