3-Mavzu: SUYuQLIKLARNING ASOSIY XOSSALARI.
Reja:
1.Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari.
2. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi
Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari zichlik, solishtirma og’irlik va qovushoqlik bilan xarakterlanadi.
Zichlik. Hajm birligidagi bir jinsli jismning (suyuqlikning) massasi zichlik deb ataladi va ρ bilan belgilanadi:
; (1.1)
bu yerda m –suyuqlik massasi; V-suyuqlikning hajmi. Halqaro birliklar sistemasida zichlik kg/m3 da o’lchanadi.
Solishtirma og’irlik. Hajm birligidagi suyuqlikning og’irligi solishtirma og’irlik deb ataladi va γ bilan belgilanadi:
; (1.2)
bu yerda G-suyuqlikning og’irligi. SI ga binoan solishtirma og’irlik N/m3 da o’lchanadi. Massa bilan og’irlik o’zaro quyidagicha bog’langan:
;
bu yerda g-erkin tushish tezlanishi, m/s2.
Massaning miqdorini (1.1) tenglikka qo’ysak, zichlik bilan solishtirma og’irlikning o’zaro bog’lanish nisbati kelib chiqadi:
(1.3)
Tomchili suyuqliklarning zichligi va solishtirma og’irligi elastik suyuqliklarnikidan bir necha marta katta bo’lib, bosim va temperatura ta’sirida juda kam o’zgaradi.
Gazlarning zichligi ideal gazlarning holat tenglamasidan aniqlanadi.
; (1.4)
bu yerda p-gaz bosimi, N/m2; T-gazning absolyut temperaturasi (T=273+t); M-1molь gazningi massasi, kg/molь; R-universal gaz konstantasi, R=8,314 J/(molь·°S).
(1.4) tenglamadan zichlik quyidagi ifodaga teng bo’ladi:
; (1.5)
Zichlik kattaligiga teskari bo’lgan kattalik solishtirma hajm deb ataladi va υ ifodalanadi:
. (1.6)
Qovushoqlik. Haqiqiy (real) suyuqliklar truba ichida harakatlanganda, uning ichida ichki ishqalanish kuchlari hosil bo’lib, siljishiga to’sqinlik qiladi. Suyuqlikning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga siljishi uchun sarf bo’lgan kuch qovushoqlik (yoki ichki ishqalanish koeffitsienti) deyiladi. Nьyuton qonuniga binoan, suyuqlikning siljishi uchun zarur bo’lgan kuch shu qatlamning yuzasiga, surilish tezligi gradientiga va shu suyuqlikning qovushoqlik koeffitsientiga to’g’ri proportsional bog’langan:
; (1.7)
bu yerda T- ta’sir etayotgan kuch; F- yuza; - tezlik gradienti; μ- qovushoqlik koeffitsienti.
Tenglamadagi qovushoqlik koeffitsienti μ dinamik qovushoqlik koeffitsienti yoki qovushoqlik deyiladi. Qovushoqlik suyuqliklarning fizik xususiyatlariga va temperaturasiga bog’liq bo’lib, keng intervalda o’zgaradi. Masalan, glitserinning qovushoqligi suvnikiga nisbatan bir necha marta kattadir.
Qovushoqlik SI ga binoan quyidagi birlikda o’lchanadi:
.
Dinamik qovushoqlik koeffitsientining shu suyuqlik zichligiga nisbati kinematik qovushoqlik deyiladi va ν bilan belgilanadi:
. (1.8)
SI da kinematik qovushoqlik m2/s birligida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |