Quritish protsessining kinetikasi.Materiallarni quritish protsessida namlikni yo’qotish murakkab protsesslardan hisoblanadi. Avval namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so’ngra namlik material yuzasidan bug’lanib qurituvchi agent (havo) tarkibiga o’tadi va quritkichdan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug’lanib chiqish intensivligi m material yuzasi birligi F dan vaqt birligi ichida bug’langan namlikning miqdori bilan o’lchanadi:
; (24.1)
bu yerda W-quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; τ- quritishning umumiy vaqti.
Namlikning bug’lanish intensivligi nam material va atrof-muhit o’rtasidagi issiqlik va modda almashinish mexanizmiga bog’liq. Bu mexanizm juda murakkab bo’lib, ikki bosqichdan iborat; a) namlikning material ichida siljishi; b) material yuzasidan namlikning bug’lanishi.
Namlikning material yuzasidan bug’lanishi. Bu protsess asosan bug’ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali diffuziya yo’li bilan o’tishidan iborat. Materialning yuzasidan namlikning bug’lanish yo’li bilan havo oqimiga o’tishi tashqi diffuziya deb ataladi. Tashqi diffuziya yordamida namlikning taxminan 90 protsenti tarqaladi. Material yuzasidan atrof-muhitga namlik bug’ holatida o’tadi. Tashqi diffuziyaning harakatlantiruvchi kuchi material yuzasidagi va atrof-muhitdagi kontsentratsiyalar yoki partsial bosimlar ayirmasi Rm-Rh bilan ifodalanadi.
Diffuziya oqimidan tashqari namlik termodiffuziya yo’li bilan ham tarqaladi. Termodiffuziya hodisasi chegara qatlamda temperaturalar ayirmasining ta’siri natijasida yuz beradi. Konvektiv quritish protsessi nisbatan past temperaturalarda olib borilsa, termodiffuziya orqali tarqalgan namlikning miqdori juda kichik bo’ladi.
Quritish tezligi o’zgarmas bo’lgan birinchi davrda materialning namligi gigroskopik namlikdan katta bo’ladi, material yuzasidagi bug’ esa to’yingan bo’ladi (Rm=RT). Bu davrda namlik materialning yuzasiga uning ichki kismlaridan katta tezlik bilan siljiydi. Material yuzasidan namlikning berilishi quyidagi tenglama orqali topiladi:
; (24. 2)
bu yerda: β-modda berish (yoki namlik berish) koeffitsienti; RT-material yuzasidagi to’yingan bug’ning partsial bosimi; Rh-bug’ning havodagi partsial bosimi; V- barometrik bosim.
(24.2) tenglamadagi RT, Rh va V kattaliklar Pa (paskalь) yoki mm simob ustuni hisobida o’lchanadi.
Namlik berish koeffitsienti β ning qiymati havoning tezligiga, qurituvchi agentning material yuzasini aylanib o’tish sharoitiga, materialning shakli va uning o’lchamiga, quritish temperaturasiga va boshqa parametrlarga bog’liq. Bu koeffitsient tegishli kriterial tenglamalar yordamida topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |