Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Qurilishda marketing tadqiqotlari tushunchasi va mohiyati



Download 140,09 Kb.
bet7/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

Qurilishda marketing tadqiqotlari tushunchasi va mohiyati
Qurilishda marketing tadqiqoti - bu qurilish mahsulot va xizmatlar bozorida axborot to‘plash, uni tahlil qilish, bozordagi kompaniya ulushini prognozlash, marketing xizmatlarini sifatli yo‘lga qo‘yish, iste’molchilarni mijozga, vositachilarni doimiy biznes hamkorga yo‘naltiruvchi faoliyatdir. Marketing tadqiqoti yoki marketing axborot-tahliliy ta’minoti marketing faoliyatining ajralmas bir qismi va amaliy vositasidir. Marketing bozor manfaatlariga yo‘naltiriladi, u iste’molchilarning xohish-istaklari ustuvorligidan kelib chiqadi. Bunda xaridorlar talabi va motivatsiyasi xaqida, tovar bozorining salohiyati xaqida tasavvurga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan faoliyat amalga oshiriladi. Raqobat sharoitida qurilish sohasidagi kompaniya bozorda yuzaga kelgan vaziyatni baholashga, bozorda iste’molchilarning ehtiyoj va talablarini, raqobatchilarning harakat usullari va imkoniyatlarini bilishiga ehtiyoji kattadir. Jumladan, bozor mexanizmining faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari va tendensiyalarini aniqlamasdan turib, bozor jarayonlarida faol ishtirok etish va bozor mexanizmi harakatlariga moslashish juda qiyin. Shuning uchun qurilish soha kompaniyalari maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazmasdan tijorat risk darajasini pasaytira olmaydi.
Marketing tadqiqotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorni segmentlash, marketing rejalarini tuzish, marketingni tashkil etish, maqbul narxni shakllantirish, mahsulotni joylashtirish, yangi mahsulot ishlab chiqish (innovatsiya), mahsulotni iste’molchiga etkazib berish kabi yo‘nalishlar amalga oshiriladi.
Marketing tadqiqoti marketingning axborot ehtiyojlarini qondirishi ko‘zda tutilgan tadqiqotchilik faoliyati turini ifodalaydi. Marketingning asosiy talablaridan biri bozor «shaffofligi» va uning rivojlanishini «oldindan aytib berish mumkinligi»ni ta’minlash hisoblanadi. Shunday qilib, marketing tizimida marketing tadqiqoti o‘ziga xos bog‘lovchi bo‘g‘in rolida ishtirok etadi.
Marketing tadqiqotlarining maqsadlarini bilish katta ahamiyatga ega. Chunki maqsadni ko‘zda tutib vazifalar belgilanadi. Undan tashqari maqsad marketing sohasidagi ishlarning yo‘nalishi, ularning mazmunini ham aniqlash imkonini beradi. Marketing tadqiqotlarining maqsadi uning qaysi miqyosda ish olib borilishga qarab belgilanadi.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish