Marketing tadqiqotlarini amalga oshirishning asosiy mohiyati quyidagilardan iboratdir:
kompaniya raqobatbardoshlikka erishishi uchun muntazam ishlab chiqarishni yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirishga yo‘naltiradi;
tijorat faoliyatini yangi savdo usullari asosida kuchaytiradi;
bozorlarni tahlil qilish, yangi bozorlarga kirib borishni ta’minlaydi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni rag‘batlantirishga va reklama faoliyatini kuchaytirishga yo‘naltiradi.
Har qanday faoliyatning afzalliklari bo‘lishi bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Marketing tadqiqotlarining kamchiligi ortiqcha sarf-xarajatlar va qo‘shimcha kadrlarni jalb etishdan iboratdir. Shuning uchun marketing byudjetini shakllantirishda marketing tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlar miqdorini sotishdan tushadigan foyda miqdori nisbatiga ko‘ra o‘lchab ko‘rish kerak. Kuchli raqobat sharoitida marketing tadqiqotlarsiz faoliyat yuritib bo‘lmaydi, shuning uchun tadqiqotni juda ham samarali va kam xarajatli usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
2.2. Qurilishda marketing tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Qurilish sohasida marketing tadqiqotlari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoniga aloqador barcha masalalarni hal qilish bo‘yicha tadbirlar majmuidir. Marketing tadqiqotlari asosida qurilish sohasidagi ishlab chiqarish, qurish, xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarishdagi mavjud muammolarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qurilishda marketing tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi chizma orqali yoritish maqsadga muvofiqdir.
Qurilish sohasida marketing tadqiqotlari quyidagi marketing vazifalarini bajaradi, ya’ni qurilish kompaniyasining istiqbolli faoliyati uchun:
1. Zaruriy axborotlarni yig‘ish.
2. Qurilish mahsulot assortimentini yoki xizmat turlarini rejalashtirish.
3. Qurilish mahsulot yoki xizmatlarni taqsimlash hamda sotishni amalga oshirish.
4. Reklama faoliyati va talabni rag‘batlantirish.
Qurilish marketing tadqiqotining asosiy bosqichlari quyidagilarni tashkil etadi:
muammoning mohiyatini va tadqiqot maqsadlarini aniqlash;
tadqiqot ob'yektlarini aniqlash;
batafsil rejani ishlab chiqish;
barcha kerakli ma'lumotlarni to'plash;
olingan ma'lumotlarni tahlil qilish;
mijozga natijalar va hisobotlarni taqdim etish.
Qurilish sohasida marketing tadqiqotlari orqali quyidagilarga erishilishi nazarda tutiladi:
potentsial bozorga ega bo‘lish;
tovarlarni sotish hajmini oshirish;
sotish hajmini oshirish maqsadida iste'molchilarning talabiga ko‘ra sotish shartlarini va imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish;
raqobatchilarning xatti-harakatlarini, ularning harakatlarini, imkoniyatlarini va narxlarni shakllantirish strategiyasini o'rganish orqali raqobatbardoshlikka erishish;
sotishning progressiv o'sishi uchun eng yaxshi savdo hududida ham faoliyatni yuritishni yo‘lga qo‘yish;
Do'stlaringiz bilan baham: |