Raqobatbardoshlik Raqobatbardoshlik tushunchasini yanada keng ma’noda ko‘rib chiqib dunyo hamjamiyati uchun bu tushunchaning naqadar ahamiyatli ekanini hisobga olsak, raqobatbardoshlik quyidagi xususiyatlarga ega:
Raqobatbardoshlik- aholining turmush darajasini doimiy o‘sishini ta’minlagan holda iqtisodiyotning xalqaro talablarga javob beruvchi tovar va xizmatlar ishlab chiqara olish imkoniyatidir.
Raqobatbardoshlik - bu fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashini va takomillashuvini ta’minlaydigan ishlab chiqarish darajasining o‘sishidir.
Raqobatbardoshlik - xaridorlar talabiga javob beradigan hamda zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatini taklif etgan holda firmalarning foyda bilan faoliyat yuritish qobiliyatidir.
Raqobatbardoshlikni bugungi natijaning kechagidan yaxshiroq bo‘lishi ta’minlovchi bir martalik amaliyot emas, balki jarayon sifatida tushunish zarur.
Bozor sharoitida raqobatbardoshlik mavjudligidan xo‘jalik sub’yektlari doimo izlanishda bo‘lishlarini, ijod qilishlarini odatiy holga aylantiruvchi o‘ziga hos tadbirkorlik falsafasi deyish mumkin.
Raqobatbardoshlik darajasini aniqlash ma’lum bir korxonalar faoliyati natijalarini doimiy taqqoslashni talab etadi. Bu korxona unga raqobatbardosh hisoblangan korxonalarni doimiy ravishda o‘rganipщ va bu korxonalardan yaxshiroq faoliyat ko‘rsatishga intilishi orqaligina raqobatbardosh bo‘la olishini bildiradi. Raqobatning natijasi o‘laroq ba’zi korxonalar inqirozga uchraydi va bozordan chiqib ketadi, boshqalari esa gullab yashnaydi. Shunday qilib sof raqobat muhiti shakllantirilib, korxonalarni takomillashtirishga undaydi yoki ular o‘rniga bozorga yangilari kelishiga imkoniyat yaratadi.
Korxonalar o‘rtasidagi raqobat tadbirkorlarni ishlab chiqarishning arzonroq usullarini qo‘llash va mahsulot sifatini doimiy oshirishga yo‘l qidirish va chora ko‘rishga majbur qiladi. Texnologik modernizatsiya, yangi uskunalardan foydalanish korxonani raqobatda g‘olib chiqishga imkoniyat beradigan vositalar bilan ta’minlaydi. Raqobat jarayonida korxonalar unumdorlikni oshirishga va yuqori samaradorlikka erishishga harakat qiladilar. Mehnat unumdorligining oshishi raqobatbardoshlikning birinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Mehnat unumdorligining oshishiga faoliyat samaradorligini oshirish va texnik taraqqiyot hisobiga erishish mumkin. Bu o‘rinda texnik taraqqiyot yangi kapital qo‘yilmalar va investitsiyalar, yangi ish usullarining yaratilishi, tadbirkorlik va texnologik imkoniyatlardan to‘laroq va samaraliroq foydalanishning natijasi ekanini ta’kidlash o‘rinlidir.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi - bu iqtisodiyotning muhim ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu tufayli milliy iqtisodiyotning raqobardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi.31Raqobatbardoshlik quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Texnologik raqobatbardoshlik:
- ilmiy tadqiqotlarning saviyasi;
- ishlab chiqarish jarayonlarda innovatsiyalarga qodirlik;
- maxsulotda innovatsiyalarga qodirlik;
- mazkur texnologiyada ekspertlarning ro’li.
2. Ishlab chiqarish raqobatbardoshligi:
- kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash, to‘plangan tajriba samarasi);
- ishlab chiqarish sifati;
- yuqori fond qaytimi;
- ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo‘lishi, kafolatlanadigan xolda joylashtirilishi;
- tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash,
- yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko‘p mehnat talab qiladigan soxalarda);
- arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot;
- ishlab chiqarishning model va o‘lchamlarning o‘zgarishiga moslashuvchanligi.
Raqobatbardoshlikka erishish uchun kompaniya raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalarini tahlil qilishi, muammolarni aniqlashi va uni bartaraf etishi zarur bo‘ladi.
Raqobatbardoshlik namoyon bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- tovarning raqobatbardoshligi;
- xodimning raqobatbardoshligi;
- tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi;
- tarmoqning raqobatbardoshligi;
- mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).