Iqtisodiy omillar. Ijtimoiy-iqtisodiy aholi turmush darajasini, aholi va tashkilotlarning ayrim qatlamlarini xarid qilish qobiliyatini, demografik jarayonlarni, moliyaviy tizimning barqarorligini, inflyatsiya jarayonlarini va boshqalarni tavsiflaydi. Aholining yuqori moliyaviy imkoniyatlari qurilish sohasini rivojlantiradi. Moliyaviy-krediti va narx-navo tizimining samarali tashkil etilishi qurilish sohasining taraqqiyotiga erishiladi va aholining uy-joyga, ta’mirlash ishlariga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda ko‘chmas mulkdan foydalanishga bo‘lgan talablari qondiriladi.
Siyosiy-huquqiy omillar. Siyosiy omillar siyosiy vaziyatning barqarorligi, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish, uning turli mulkchilik shakllariga bo'lgan munosabati va boshqalarni tavsiflaydi. Huquqiy-atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha me'yoriy hujjatlar, ishlab chiqarish va iste'mol sohasidagi standartlar, shu jumladan, qonunchilik tizimini tavsiflaydi. Ushbu qonunchilik tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari;
reklama qilish, qadoqlash bo'yicha qonuniy cheklovlar;
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ular ishlab chiqarilgan materiallarning xususiyatlariga ta'sir qiluvchi turli standartlar.
Ushbu omillarning har bir tizimini qurilish sohasida faol o‘z ta’sir kuchlarini ko‘rsatadi. Jumladan, qurilish sohasidagi iste’molchilarning huquqiy himoyalanishi qurilish mahsulot vaxizmatlarning sifatini oshiradi. Reklama esa savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi. Mahsulot va xizmatlar xususiyatlariga qo‘yilgan standartlar esa diversifikatsiyaning kengayishiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarining standartli ko‘rinishda bo‘lishiga bu esa iste’mol qobiliyatini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Ilmiy-texnik omillar. Ilmiy-texnik yutuqlar tashkilotlarga foyda keltiradi. Ayniqsa, qurilish sohasidagi innovatsion o‘zgarishlar, innovatsion mahsulot va xizmatlar iste’molchilarning iste’mol qobiliyatini oshiradi. Masalan, joriy davrdagi isitish tizimlarning innovatsion turlari nafaqat shahar aholisini, balki qishloq joylardagi aholining yashash sharoitini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratilyapti. Shuning uchun barcha sohalar kabi qurilish sohasida ham ilmiy-texnik omillardan samarali foydalanish faoliyat yurituvchi sub’ektlarga foyda olib kelish barobarida turmush darajasi rivojanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |