Asosan, qurilish sohasidagi marketing muhitinini tashkil etuvchi omillar shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Marketing muhitining shakllanishi manbasiga ko‘ra tashqi va ichki omillarga ajratiladi. Tashqi muhit omillari boshqa sub’ektlarning korxonaga tegishli faoliyatidagi shartlarning ta’sirlari aks ettadi. Aslida kompaniya marketologlari tashqi va ichki omillarning ham ijobiy ham salbiy ta’sirlaridan mahoratli foydalana olsa kompaniyanning biznesini rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini yarata oladilar. Ichki omillar esa qurilish sohasidagi biznes sub’ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, kadrlar, boshqaruv usullari kiradi. Marketing muhitidagi ichki va tashqi omillarni tadqiq etish orqali korxonaning daromadiga ta’siri o‘rganiladi, daromadning pasayishi kuzatilsa omillarni bartaraf etish, daromadni oshirsa omillarni kuchaytirish kerak.
2. Marketing muhitidagi omillarning ta'sir yo'nalishi bo'yicha ijobiy yoki salbiy omillarga ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, devor qog‘ozlarining yangi mo‘jizaviy tasvirlari yoki innovatsion turlarini ishlab chiqarish hamda shunday mahsulotlar orqali iste’molchilarni ko‘plab jalb eta olish ijobiy omillarga, aksincha, iste’molchilarni jalb eta olmaslik esa salbiy omillar hisoblanadi. Shuning uchun marketologlar kompaniyani yangilik yaratishidan oldin iste’molchilarning didlarini, hohish-istaklarini tadqiq etishlari lozim. Tadqiq etilgan natijalar asosida kompaniyaning innovatsion mahsulotni ishlab chiqarishni yoki innovatsion xizmat turini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
3. Marketing muhitidagi omillar ta'sirining tabiatiga ko‘ra to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita ta'sir omillarga ajratiladi. Bunday omillar iste’molchilarga qulay va mobil mahsulotlarni taklif etish orqali shakllanadi. Aksincha, kompaniya bilvosita ta’sirlarni esa reklama vositalaridan foydalangan holda shakllantiriladi. Bu ikkala omil ham ijobiy natijalarga olib keladi. Shuning uchun mazkur omillardan foydalanish kompaniyani istiqbolli rivojlanishiga xizmat qiladi.
4. Kompaniya tomonidan nazorat qilish tizimiga ko‘ra marketing muhitining nazorat qilinadigan omillar va nazorat qilinmaydigan omillarga ajratiladi. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozorda faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli turdagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban qurilish kompaniyalari ham tegishli axborotlar va mablag‘larni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. Qurilish kompaniyalari maqsadlariga erishish uchun tashqi muhit bilan zarur bo‘lgan aloqalarni nazoratga olishga harakat qiladi. Bunda korxona ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi sub’ektlar bilan aloqalarning uzviyligini ta’minlashga harakat qiladi. Korxona barcha jarayonlarga yuqori malakali kadrlarni jalb etishga, mablag‘lar va resurslarni tejovchi chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Demak, marketing muhitida qurilish kompaniyalarining nazorat qila oladigan omillariga korxonaning ichki jarayoniga tegishli faoliyat turlari kiradi. Nazorat qila olmaydigan omillarga esa tashqi marketing muhitidagi jarayonlar kiradi. Jumladan, kompaniya bozordagi raqobatchilarning faoliyati, iste’molchilarning hohish-istaklari, davlat siyosati, tashqi savdo siyosati kabi omillarni nazorat qila olmaydi. Shuning uchun qurilish kompaniyalari marketing faoliyatidan to‘liq foydalanishi, ayniqsa, marketing muhiti marketing tadqiqotlari asosida o‘rganishi, tadqiq etishi, muammolarni aniqlashi va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqib amaliyotga joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |