Boshqaruv marketinggiga marketing jarayonini boshqarishga oid tadqiqotlar kiradi.
Strategik marketingga firma, kompaniyalarning marketingga oid strategiyalarini ishlab chiqish kiradi. Strategik marketing bu ishlab chiqarish tijorat faoliyatini bozor vaziyati va korxona imkoniyatlari bilan to‘liq muvofiq shakilda amalda oshirish uchun ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchining har bir alohida bozor (bozor segmenti) hamda har bir tovar bo‘yicha ma’lus davrda (uzoq muddatli, o‘rta muddatli) maqsadlarga erishish vazifalarini hal qilishni shakilllantirishdir. Marketing strategiyasi tovar bozorining kon’yunkturasini tadqiq va taxmin qilish, tovarni, haridorlarni, rahbarlarni hamda bozorning barcha elementlarini o‘rganish asosida ishlab chiqariladi.
Mahsulot(xizmat)larga iste’molchilar tomonidan shakllanadigan talablarga ko‘ra marketing turlari mavjuddir.
Konversion marketing - salbiy talab davrida qo‘llaniladi, ya’ni yo‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g‘risidagi yolgon ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi.
Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otishga yo‘ialtirilgan hatti-xarakatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shu orqali talabni yaratishdan iboratdir.
Potensial talabni real talabga aylantirish uchun rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak bo‘ladi.
Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisadir. Bu holatda dan foydalaniladi.
Talab o‘zgarib turadigan hollarda talabni barqarorlashtirish zaruriyati tug‘iladi va bunda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirish va uni tartibga solishga yordam beradi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat.
Talab haddan tashqari yuqori bo‘lib, uning darajasni pasaytirish lozim bo‘lganda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqginchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |