Plastmassalarning asosiy xossalari. Plastmassalar qator fizik-mexanik
xossalarga ega bo‘lib, ular eng ko‘p tarqalgan qurilish materiallariga nisbatan ancha
katta afzalliklar beradi.
Plastmassalarning haqiqiy zichligi ko‘pincha 0,8-1,8 kg/m
3
chegaralarda
o‘zgaradi, ya’ni ular alyuminiydan 2 marta va po‘latdan esa 5-6 marta yengil.
Plastmassalarning o‘rtacha zichligi keng chegaralarda o‘zgaradi va g‘ovak
plastmassalarning zichligi 15-30 va zich plastmassalarniki 1800-2200 kg/m
3
ni
tashkil qiladi.
Plastmassalarning mustahkamligi turlicha bo‘ladi. Kukunsimon to‘ldirgichli
plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 100-150 MPa ni tashkil qiladi, shisha
tolali plastmassalarniki esa 400 MPa ga yetadi. Plastmassalarning issiqlik
o‘tkazuvchanligi ularning g‘ovakliligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich plastmassalarning
189
issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,2-0,7 Vt/ (m·
0
S)ga, g‘ovaklilarniki, masalan, ko‘pikplast
va poroplastlarniki 0,03-0,04 Vt/(m·
0
S)ga teng. Plastmassalar suvga, kislotalarga
tuzlarning eritmalariga, organik eritmalarga (benzin, benzol va boshqalar) nisbatan
yuqori kimyoviy chidamlilikka ega.
Plastmassalar o‘z massasida istalgan rangga yaxshi bo‘yaladi. Ba’zi
to‘ldirgichlarsiz tayyorlangan plastmassalar shaffof bo‘ladi va yuqori optik
xossalarga ega.
Plastmassalar oson ishlanadi, ya’ni uni oson arralash, randalash va parmalash
mumkin. Plastmassalarning ijobiy xossalaridan biri ularni texnologik qayta ishlash-
ularni turli-tuman shaklga keltirishning osonligidir. Plastmassalar tayyor buyumlarga
turli usullarda: bosim ostida quyib (polistirol plitkalar), uzluksiz profillab siqib
chiqarish-ekstruziyalab (quvurlar va uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar, tutqichlar va
plintuslar), valeslarda, keyinchalik zichlovchi g‘o‘lachalar orasidan o‘tkazib (o‘rama
materiallar, masalan, linoleum), zichlovchi-qoliplarda bosim ostida qoliplab (eshik
UzRSTalari va boshqalar), issiqlayin presslab (qog‘oz qatlamli plastiklar) qayta
ishlanadi.
Lekin afzalliklari bilan bir qatorda plastmassalarga ularning ishlatilish sohasini
cheklaydigan ba’zi bir kamchiliklar ham xosdir. Ko‘pchilik plastmassalarning asosiy
kamchiligi issiqqa chidamliligining pastligidir (70-200
0
S). Shisha, karamika va
metalga nisbatan plastmassalarning sirtiy qattiqligi kichik bo‘ladi. Plastmassalarning
vaqt o‘tishi bilan plastik deformatsiyasini ortishi ham yuqori bo‘ladi: vaqt o‘tishi
bilan ularda hatto uncha katta bo‘lmagan yuk ta’sirida ham plastik oquvchanligi
betonlar va metallarga nisbatan sezilarli darajada rivojlanishi mumkin. Ba’zi
plastmassalarning muhim kamchiligi erta eskirishi hisoblanadi. Eskirish - buyum
yuzasining qorayishi va o‘z-o‘zidan yemirilishi bilan ifodalanadi.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |