Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
 Polimerlar 
Sun’iy  yoki  yuqori  molekulyar  tabiiy  birikmalar-polimerlardan  plastmassalar 
tayyorlanadi.  U  qayta  ishlash  jarayonida  turli  shakl  oladi  va  shu  shaklini  barqaror 
saqlab qolish xususiyatiga ega. 
Plastmassalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng 
rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda polimer qurilish materiallari va buyumlarning yetarli 
darajada keng turlari mavjud, ulardan foydalanish qurilish ishlarining industrialligini 
oshirish,  mehnat  sarflarini  qisqartirish,  qurilish  narxini  kamaytirish,  shuningdek, 
rangli  va  qora  metallar,  yog‘och  va  boshqa  tanqis  materiallarni  ancha  tejashga 
erishish mumkin. 
 
Qurilishbop  plastmassa  materiallar  va  buyumlar  turli  usullarda  tayyorlanadi, 
ularni tanlash polimer materialininng tarkibi, xossalariga va buyum turlariga bog‘liq.  
 
Plastmassalar  tarkibi.  Plastmassalarning  asosiy  qo‘shimchalari  bog‘lovchi 
moddalar  –  polimer,  to‘ldirgichlar,  yumshatkichlar,  qotirgichlar,  bo‘yoqlar  va 
barqarorlashtiruvchilardir. 
 
Polimerlar  yuqori  molekulyar  birikmalar  (smolalar)dan  iborat  bo‘lib, 
molekulalari  ko‘p  marta takrorlanadigan tuzilishli qismlardan iborat. Kelib  chiqishi 
bo‘yicha  polimerlar  tabiiy  va  sun’iy  (sintetik)  polimerlarga  bo‘linadi.  Tabiiy 
polimerlar  –  oqsillar,  nuklein  kislotalar,  tabiiy  kauchuklardan  iborat.  Qurilish 
materiallari  ishlab  chiqarishda  ishlatiladigan  sun’iy  (sintetik)  polimerlar 
xomashyoning  har  xil  turlaridan  (toshko‘mir,  neft  mahsulotlari,  tabiiy  gaz  va 
boshqalar)  ximiya  korxonalarida  polimerizatsiya  (past  mlekulali  organik 
birikmalardan  yuqori  molekulali  organik  birikmalarni  hosil  qilish)  yoki 
polikondensatsiya usuli yordamida uni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi.  


187 
 
 
Olish usuliga qarab polimerlar to‘rtta sinfga bo‘linadi: A- polimerizatsiyali, B-
polikondensatsiyali,  V-tabiiy  polimerlarni  modifi-katsiyalab  olingan,  G-tabiiy 
sharoitlarda  hosil  bo‘lgan  va  organik  moddalarni  haydab  olinadigan.  A  va  B  sinf 
polimerlari plastmassalar ishlab chiqarishda asosiy polimerlar hisoblanadi. 
 
Polimerizatsiya  reaksiyasida  oddiy  birikmalarning  (monomerlarning)  ko‘p 
miqdordagi bir xil molekulalari qo‘shimcha mahsulot chiqarmasdan bitta murakkab 
molekulaga  (polimer)  birikadi.  Polimerizatsiyalab  polietilen,  polipropilen, 
poliizobutilen va boshqa sintetik polimerlar olinadi. 
 
Polikondensatsiya reaksiyasida bir nechta oddiy birikmalardan tarkibi dastlabki 
mahsulotlar tarkibidan farqlanadigan polimer hosil bo‘ladi. Polimer hosil bo‘ladigan 
jarayon qo‘shimcha moddalar (suv, ammiak va boshqalar) chiqishi bilan birga sodir 
bo‘ladi.  Polikondensatsiyalab  fenolformaldegid,  karbamid,  poliamid,  poliefir  va 
boshqa sintetik polimerlar olinadi.  
 
Qizdirganda  va  sovitganda  polimerlar  qanday  bo‘lishiga  qarab  ular 
termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo‘linadi. 
 
Termoplastik polimerlar qizdirganda yumshash va sovitganda qotish hususiyati 
bilan harakterlanadi. Ularning  elektr  qarshiligi katta bo‘ladi, suvni kam  shimadi va 
kimyoviy  jihatdan  yuqori  darajada  turg‘un  bo‘ladi,  lekin  issiqqa  chidamliligi  va 
qattiqligi  past  bo‘ladi,  oson  shishadi  va  organik  eritgichlarda  eriydi.  Bu  guruhga 
polimerizatsion polimerlarning ko‘pchiligi kiradi.  
 
Termoreaktiv  polimerlar  issiqlik  va  bosim  ta’sir  qilganda  qotadi  va  qayta 
qizdirilganda yumshamaydi. Ular termoplastik polimerlardan yuqori mustahkamligi, 
issiqqa  chidamliligi  va  qattiqligi  bilan  farqlanadilar.  Bu  guruhga  fenolformaldegid, 
karbamid, epoksid va ba’zi boshqa polimerlar kiradi. 
  Plastmassalar ishlab chiqarishda kukunsimon (kvars uni, bo‘r, talk, yog‘och uni 
va boshqalar), tolali (asbest, yog‘och va shisha tolalari) va qatlam-qatlam (qog‘oz, ip-
gazlama, shisha mato, yog‘och payraxa va boshqalar) to‘ldirgichlardan foydalaniladi. 
Ular plastmassalarni yuqori darajada mustahkam, issiqqa va kislotaga chidamli, puxta 
qiladi,  zarbiy  qovushoqligini  oshiradi  va  boshqalar.  To‘ldirgichlar  polimerlarga 


188 
 
nisbatan ancha arzon, shu sababli ularni plastmassalar tarkibiga kiritilishi materiallar 
va buyumlarning narxini ancha arzonlashtiradi.  
  Yumshatuvchilar  plastmassalarning  qoliplanish  xossalarini  yaxshilash  uchun 
ishlatiladi.  Yumshatuvchilar  sifatida  dibutilftalat,  kamfora,  olein  kislotasi  va 
boshqalar tavsiya qilinadi. Qotirgichlar plastmassalarning qotish vaqtini qisqartirish 
va buyumlar ishlab chiqarish texnologik jarayonini tezlashtirish uchun kiritiladi. 
  Bo‘yoqlar  plastmassalarga  rang  berish  uchun  xizmat  qiladi.  Nur  ta’siriga 
turg‘un  bo‘lgan  organik  (gigrozin,  xrizoin)  hamda  mineral  (oxra,  surik,  mo‘miyo, 
umbra va boshqalar) kukunlar bo‘yoq sifatida xizmat qiladi.  
  Stabilizatorlar  plastmassa  buyumlarning  ko‘pga  chidamliligini  oshiradi. 
Buyumlarni qoliplash jarayonida ularning qolip devorlariga yopishishini oldini olish 
uchun  plastmassalar  tarkibiga  kiritiladigan  kimyoviy  qo‘shimchalar  (stearin,  olein 
kislotasi, yog‘ kislotasi tuzlar va boshqalar) moylovchi moddalar hisoblanadi. 
  Plastmassalar  tarkibida  ularning  xossalariga  ta’sir  qiladigan  maxsus 
qo‘shimchalar  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  g‘ovak  plastmassalar  olish  uchun 
polimerlarga  poroforlar-plastmassani  ko‘pirtiradigan  qattiq,  suyuq  yoki  gazsimon 
moddalar qo‘shiladi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish