Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Joriy nazorat uchun nazorat savollar



Download 7,74 Mb.
bet20/27
Sana13.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#664110
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun UQ

Joriy nazorat uchun nazorat savollar:



  1. Tabiiy asos nima??

  2. Suniy asos nima?

  3. Suniy asoslarni xosil qilishning qanday usullari mavjud?



Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya turi:
- Aqliy hujum
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:

  • Ko’rgazmali qurol

  • Proektor

  • Slayd

  • Tarqatma material

9-mavzu (2 soat).
POYDEVORLARNING KONSTRUKSIYALARI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR.


Reja:

  1. Poydevor konstrukiyalari va ularning turlari.

  2. Poydevorlarga qo’yiladigan talablar.



Tayanch so’zlar: poydevor, tasmali poydevorlar, ustunli poydevorlar, yaxlit poydevorlar, qoziqli poydevorlar, ko’milish chuqurligi, muzlash chuqurligi.


Poydevorlar –bu tuproq yuzasining pastki qismida joylashgan va binoning alohida bo’lagi bo’lgan konstruksiyadir. Ularining vazifasi binodan beriladigan barcha yuklarni asos (zamin)ga uzatishdan iboratdir. Poydevorlarga kuch bilan tasir etuvchi faktorlar doimiy va vaqtinchalik kuchlar, tuproq hajmini oshiruvchi kuchlar (sila pucheniya), seysmik tasirlar, vibratsiya va x.k. lar doimo tasir etib turadi va ular tasirida poydevorlarda turli xil siquvchi, siljituvchi, eguvchi momentlar paydo bo’lib ruxsat etilmaydigan deformatsiyalar va buzilishlar sodir bo’lishi mumkin.
Poydevorlarga kuch bilan tasir etmovchi faktorlar, ortiqcha namlanish, tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar, bakteriyalar, zararkunandalar va boshqalarning tasiri ham poydevrlarda zo’riqishlar va buzilishlarga hamda binoni ekspluatatsiya qilish rejimining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Poydevorlarni loyihalashda bino quriladigan joy tuproq qatlamining muzlash chuqurligi (glubina promerzaniya) va ko’milish chuqurligi (glubina zalojeniya) albatta hisobga olinmog’i lozim.
Tuproq qatlamining muzlash chuqurligi (glubina promerzaniya) bino quriladigan joy uchun belgilangan QMvaQ asosida aniqlanadi. Poydevorlarning ko’milish chuqurligini aniqlash binoning mo’ljallanishi, uning hajmiy rejali va konstruktiv yechimlari, yuklarning miqdori va tasiri, asosning sifati, relef xarakteristikasi, poydevorning qabul qilingan konstruksiyasi, ishlab chiqarish usullaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Konstruktiv sxemalariga qarab poydevorlar quyidagi turlarga bo’linadi: tasmali (lentochnie), yaxlit (sploshnie), alohida turuvchi (otdelno stoyashey) va qoziqli (svaynie). Yaratilishi bo’yicha poydevorlar yig’ma va yaxlit (monolit) tarzda , ishlash xarakteriga qarab esa qattiq (jestkie) va yumshoq (gibkie) tarzda loyihalanadi. Qattiq tarzda loyihalangan poydevorlar faqat siqilishga ishlaydi, yumshoq tarzda loyihalangan poydevorlarda esa cho’zuvchi kuchlar ham hisobga olinadi.



Tasmali (lentochnie) poydevorlar asosiy hollarda uzluksiz holatda loyihalangan devorlar ostida o’rnatiladi, bazi hollarda esa ustunlar ostida ham o’rnatilishi mumkin. Tasmali poydevorlarni 12 qavatgacha bo’lgan turar joy binolari qurilishida qo’llash mumkindir.
Yaxlit poydevorlar yaxlit plita (monolitnaya plita) tarzida loyihalanadi va asosan katta yuklarga ega bo’lgan ko’p qavatli binolar ostida hamda bir xillikka ega bo’lmagan va mustahkamligi bo’sh bo’lgan asos(zamin)larda qo’llaniladi.
Alohida turuvchi poydevorlarni karkassiz konstruksiyaga ega bo’lgan uzluksiz devorlar ostida ham, karkasli konstruksiyaga ega bo’lgan binolar uchun xos bo’lgan ustunlar ostida ham qo’llash mumkin.
Qoziqli poydevorlarni har qanday konstruktiv sistemalar va qavatlarga ega bo’lgan binolar ostida qo’llash mumkin. Ularni asosiy hollarda bino ostida asos sifatda qaraladigan gruntlar bo’sh va deformatsiyalanuvchi bo’lib texnik va iqtisodiy talablarga javob bermay, mustahkam asoslar pastki qatlamlarda joylashganda va binolar katta yuklarga ega bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Qoziqli poydevorlar loyihalanishiga qarab yog’och, beton, temirbeton va metall mahsulotlardan tayyorlanib, asosan quyidagi uch qismdan tashkil topadi: qoziq (svay stoyka), qoziqning yuqorigi qismi (ogolovnik) va qoziqlarni birlashtirib yuklarni qoziqlarga uzatuvchi qism (rostverk).
Barcha turdagi svay qoziqlar loyihalanishiga qarab yumaloq, to’rtburchak, prizma shakllarida tayyorlanishi mumkin.
Qoziqli poydevorlar yuklarni qabul qilish hisobidan kelib chiqib rejada quyidagi hollarda: yolg’iz (odinochniy svay) -alohida tanchlar ostida, tasmali (lent svay) uzluksiz devorlar ostida bir, ikki, uch va ko’p qatorda, g’ujum (kustov) og’ir yuklangan tayanchlar ostida va yaxlit qoziqlar maydonida (sploshnogo svaynogo polya) teng taqsimlangan yuklarga ega bo’lgan binolar ostida, loyihalanishi mumkin.



Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish