Qurilish materiallari va konstruksiyalari



Download 7,74 Mb.
bet19/27
Sana13.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#664110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun UQ

8-mavzu (2 soat).
Tabiiy va suniy zaminlar. Suniy asoslarni loyihalash.


Reja:

  1. Tabiiy asoslar va ularga qo’yiladigan talablar.

  2. Suniy asoslar va ularga qo’yiladigan talablar.



Tayanch so’zlar: grunt (tuproq), g’ovakli massa, asos, tabiiy asos, suniy asos, zo’riqish holati, toshli (skalnie) va toshsiz (neskalnie) gruntlar, Katta bo’lakli gruntlar, qumli gruntlar, loyli gruntlar, mustahkamlash, kuchlantirish, almashtirish, yuzaki (poverxnostnie), chuqurlashgan (glubinnie), ko’milish chuqurligi, muzlash chuqurligi.


Asos -bu poydevorlar ostida joylashib bino va inshootlardan beriladigan yuklarni qabul qiluvchi grunt (tuproq) massasidir. Asoslarning ikki xil turi mavjuddir: tabiiy va suniy.
Tabiiy asos –bu, bino va inshootlarning poydevorlari ostida joylashgan va ulardan beriladigan yuklarni o’zining tabiiy xususiyatlari asosida qabul qila olishi mumkin bo’lgan grunt (tuproq)dir.
Suniy asos –bu, bino va inshootlarning poydevorlari ostida joylashgan va ulardan beriladigan yuklarni o’zining tabiiy xususiyatlari asosida qabul qila olishi mumkin bo’lmagan va suniy tartibda kuchlantirilgan yoki mustahkamlangan grunt (tuproq) qatlamidir.

Poydevorlardan beriladigan yuklar asos (zamin)da yani, grunt qatlamlarida zo’riqish holatini hosil qiladi va uni deformatsiyalantiradi.
Tabiiy asoslar.
Tarkibi, strukturasi va joylashish o’rniga qarab gruntlar qurilish ishlarida quyidagicha klassifikatsiyalanadi: - toshli (skalnie) va toshsiz (neskalnie).
Toshli gruntlar yer ustida tekis to’liq yoki yorilgan massiv holatlarida metamorfik, cho’kindi va otqindi (izverjennie) tarzlarda namoyon bo’lib uning bo’lakchalari bir-biri bilan juda mustahkam bog’langan bo’ladi. Toshli gruntlar deyarli siqilmaydigandir va bino inshootlar uchun ishonchli tabiiy asoslar bo’la oladi. Toshli gruntlar yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha chegaraviy holatning faqat birinchi guruhi bo’yicha hisoblanadi.
Toshsiz gruntlar o’z navbatida katta bo’lakli (krupnooblomochnie), qumli (peschanie) va loyli (glinistie) turlarga bo’linadi.
Katta bo’lakli gruntlar -bu o’z tarkibining 50% dan ko’p qismida o’lchami 2 mm.dan dan ziyod bo’lgan krisstal va cho’kindi bo’laklariga ega bo’lgan massadir.
Qumli gruntlar –bu bu o’z tarkibining 50% dan kam bo’lgan qismida o’lchami 2 mm.dan dan ziyod bo’lgan krisstal va cho’kindi bo’laklariga ega bo’lgan nam yoki quruq mayda massadir.
Loyli gruntlar – bu o’z tarkibida 0,005 mm.dan kam mayda o’lchamli bo’lakchalariga ega bo’lgan yopishqoq massadir. Loyli gruntlar yopishqoqlik xususiyatiga qarab supes, suglinka va loyli turlarga bo’linadi.
Barcha turdagi tabiiy asoslarga ega bo’lgan zaminlarda poydevorlarni loyihalash maxsus QMvaQ larining normalari asosida olib boriladi.
Suniy asoslar.
Agar grunt poydevor ko’milgan chuqurlikda, o’zining tabiiy xususiyatlari bilan yuqoridan berilgan yuklarni qabul qilish xususiyatiga ega bo’lmasa va yuqori darajada siqilishga ega bo’lsa, uni suniy tarzda kuchlantirish zarurati paydo bo’ladi. Suniy asos – bu gruntni mustahkamlash, kuchlantirish yoki almashtirish yordamida yaratilgan yangi asosdir.
Suniy asoslarni mustahkamlash usulida yaratish yuzaki (poverxnostnie) yoki chuqurlashgan (glubinnie) bo’lishi mumkin. Suniy asoslarni yuzaki mahkamlashda katok bilan mustahkamlash, trambovka qilish yoki vibratsiyalash usullaridan foydalaniladi. Suniy asoslarni chuqurlashgan usulda mahkamlashda esa qumli va gruntli svaylar yoki portlatish usullaridan foydalaniladi.
Suniy asoslarni kuchlantirish usulida yaratish mexanik yoki kimyoviy yo’llar bilan silikatlashtirish, smolalashtirish, bitumlashtirish, sementlashtirish ( grunt tarkibiga suyuq shisha, suyuq smola, suyuq bitum yoki suyuq sement suspenziyalarini aralashtirish va kiritish) va bazi hollarda qizdirish, orqali amalga oshiriladi.
Asoslarni mustahkamlash va kuchlantirish usullari yordamida yaratish mumkin bo’lmagan hollarda asoslarni almashtirish usuli bilan amalga oshiriladi, yani yuk qabul qilish xususiyatiga ega bo’lmagan grunt qatlami mustahkamroq grunt bilan almashtiriladi. Almashtirish davrida yangi yotqaziladigan grunt qatlamli ravishda namlash, trambovkalash va vibratsiyalash orqali mustahkamlab boriladi.



Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish