Armatura turlari, yassi va fazoviy karkaslar, o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun to‘rlardan, tekis va fazoviy karkaslar hamda o‘rnatilgan detallardan foydalaniladi.
To‘rlar – ma'lum o‘lchovdagi elementlar, bir xil diametrdagi simdan tayyorlangan, ular montaj armaturasi sifatida qo‘llaniladi. To‘rlarni har xil uzunlikda va kenglikda ma'lum diametrli armatura va novda qadami bilan ishlab chiqariladi; ular bo‘ylama ishchi armatura va ko‘ndalang taqsimlovchi novdalar yoki ikki yo‘nalishdagi ishchi armatura, shuningdek hisob qilinmasdan konstruksiyaga kiritiluvchi to‘rlar bo‘ladi. To‘rlar plita va panel konstruksiyalarda qo‘llaniladi.
Karkasning pastki joyiga joylashtiriladigan yassi karkaslar ikki va undan ko‘proq bo‘ylama ishchi va taqsimlovchi sterjenlardan tayyorlanadi. Ular vertikal holatdagi tusinli va qovurg‘ali plita konstruksiyalarini to‘liq armaturalash sistemasini ta'minlaydi. To‘sinlarning tayanch joylarida sindiruvchi kuchlanishni qabul qiluvchi yassi karkasni pastki va yuqorigi sterjenlariga berilgan oraliqda kalta simlar payvandlangan. O‘zaro, masalan devor panellari bilan ora yopma plitalarni biriktirish uchun o‘rnatiladigan detallar, armatura qirqindisi, po‘lat plastinka yoki profilli prokatdan tayyorlanadi va ular asosiy armaturaga proektda belgilangan joyga payvandlanadi.
Fazoviy karkaslar konstruksiyani to‘liq armaturalanishni ta'minlaydigan ishchi, tahsimlovchi va montaj armaturalardan tayyorlanadi. Ko‘pchilik konstruksiyalar uchun ularni oldindan tayyorlangan to‘r va yassi karkaslarni egib yoki egmasdan tayyor yassi elementlarni payvandlash yo‘li bilan olinadi. Fazoviy karkaslar buyum turiga ko‘ra to‘g‘ri to‘rt burchak, kvadrat, tavr va doira kesimida bo‘lishi mumkin (kolonna, to‘sin, truba, tayanchlar, progonlar). Armatura karkaslari va to‘rlarini sterjen uzunligi, ularning diametri, soni, ko‘ndalang va bo‘ylama qadamining oralig‘i, o‘rnatiladigan detallarning va montaj ilgaklarining joyi ko‘rsatilgan ishchi chizma asosida tayyorlanadi.
To‘r va karkaslarni ishlab chiqarishda asosan kontakt va nuqtali payvandlash qo‘llaniladi katta diametrli sterjenlar uchun esa elektrodyoy payvandlash qo‘laniladi. To‘r, yassi va fazoviy karkaslarni ishlab chiqarishda, bir-biri bilan kesishadigan sterjenlar 30-900 burchak xosil qilib joylashganda kontaktli nuqtaviy payvandlash ishlatiladi. Payvandlash muddatiga, payvandlash tokining quvvati va zichligiga qarab yumshoq va qat'iy payvandlash tartibiga ajratiladi. Yumshoq tartibdagi payvandlashda tokni uzoq vaqtda o‘tkaziladi (0,5 dan to bir necha sekundgacha) tok kuchi (4-8) 103 A va tok zichligi (8-12)10-5 A/m2. Qat'iy tartib, qisqa mudatli payvandlash 0,01 -0,5 sek, tok kuchi (8-20) 103 A va tok zichligi (12 -30)10-5 A/m2 bilan xarakterlanadi.
Kam uglerodli po‘lat mahsulotlarni yumshoq va qat'iy tartibda payvandlanadi; pastlegirlangan po‘lat armaturani payvandlash faqat yumshoq payvandlash tartibida bo‘lishi tavsiya etiladi, sovuqtortilgan armaturalarni faqat qat'iy tartibda payvandlash kerak.
Payvandlash sifatiga sterjenlarni payvvandlash mashinasining elektrodlar bilan bosib turish kuchi, armatura diametri va turi ta'sir qiladi.
To‘rlar va yassi karkaslar bir, ikki va ko‘p elektrodli mashinalarda tayyorlash mumkin. Kengligi 70-900 mm ikki sterjenli karkaslarni payvandlash uchun (I-2AM-1, I-2AK-1, I-19RS-1, I-1AM-4) avtomatlashtirilgan tizimlar ishlatiladi. Unda bo‘ylama va ko‘ndalang sterjenlar oldin buxtadan to‘g‘rilash qurilmaga keyin elektrod mashinaga uzatiladi. Bunday tizimning ishlab chiqarish quvvati 24 – 360 m/s. Kengligi 600-3800 mm li yassi to‘r va karkaslar mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlarda tayyorlanadi. Fazoviy karkaslarni ishlab chiqarish nuqtali kontakt payvandlashni maksimal darajada qo‘llash uchun seriyali asbob-uskunalardan foydalanishga, karkas elementlarni egish uchun eguvchi mashinalar va maxsus konduktor-manipulyatorlarni qo‘llashga asoslangan.
Kvadrat yoki doira kesimidagi karkaslar uchun o‘raydigan mashinalar (SMJ -31, SMJ-165 va boshqalar)ishlab chiqarilgan, bunda spiral yoki xomut ko‘rinishidagi po‘lat buxtadan avtomatik kelib tushadi, bo‘ylama ishchi armaturani to‘g‘rilovchi-kesuvchi avtomatda tayyorlanadi va alohida uzatiladi (2.34-rasm). 3x7,2m o‘lchamli fazoviy karkaslar vertikal konduktor- monipulyator SMJ -56 A va shunday juftlangan moslama SMJ- 55 va SMJ- 286 bilan yig‘iladi. Kesishishmani osma payvandlash qisqichi bilan payvandlanadi (2.35-rasm).
O‘rgatiladigan detallarni katta bo‘lmagan hajmda ishlab chiqariladi, shuning uchun ularni maxsuslashtirilgan korxonalarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. O‘rnatiladigan detallar konstruksiyalarni montaj qilishda biriktirish uchun mo‘ljallangan . 1m3 yig‘ma konstruksiyaga o‘rtacha 8kg o‘rnatiladigan detallar sarflanadi. O‘rnatiladigan detallar profilli prokat va ankerli sterjenlardan tashkil topgan. Yassi elementlar uchun yaxshi payvandlanadigan listli, tasmasimon, burchakli va fasonli gruppasi B yoki V St3 markali po‘lat ishlatiladi; po‘lat list va profillarni qalinligi 6 mm dan kam bo‘lmagan va anker sterjenlari uchun diametri 8 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat qo‘llaniladi. O‘rnatiladigan detal elementlarni tayyorlash anker sterjenlar va listli metallarni tozalash, kesish va bukishdan iborat. Profilli prokat va fasonli po‘latni gilotin qaychisi bilan, anker sterjenlarini kesuvchi uzatmali stanokda kesiladi; yassi detallar chetlarini qat'iy to‘g‘ri burchak ostida va ularni flyusli payvandlash yo‘li bilan biriktirishda 200 qiyalikda kesiladi. Tayyorlangan detallar zangdan tozalaniladi. A-I, A-II, A-III klass po‘latli anker sterjenlarini yassi elementlar bilan tavrli biriktirish uchun flyus ostida payvantlash qo‘llaniladi, bunda sterjenlarga teng mustahkam payvandlanishni taminlaydi. Plastinkalarni 8-20 mm diametrli ankerlar bilan birlashtirish relf kontaktli payvandlash bilan amalga oshiriladi. O‘rnatilgan detallarni tayyorlashning yakuniy jarayoni ularni korroziyaga qarshi chidamligini ortirish. Zavod sharoitida metallizatsiyadan foydalaniladi, yani himoya qilinadigan yuzaga yupqa qatlamli sink, alyumin yoki boshqa metall surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |