Beton qorishmasida chayqalishlarning tarqalganligi. Beton qorishmasi ichki ishkalanishning katta koeffitsientiga ega bo‘lgan qayishqoqplastik-yopishqoq (uprugoplastichnovyazkiy) muhatda, bo‘ladi. Unda mexanik chayqalishlar doim so‘nuvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Chayqalishni sunish koeffitsienti muhitning yopishqoqligi va chayqalish chastotasiga bog‘liq. Qorishma bikirligi va titrash chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, so‘nish shuncha jadal bo‘ladi. Chayqalishlarning so‘nishi – ularning manbadan yiroqlashgan sari amplitudaning kamayishidir. Ichki titrash manbaasidan r sm masofasida chayqalishlar apltitudasi A ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin
,
bu yerda A0 – manbaada beton qorishmasida chayqalish amplitudasi;r0– titratish markazidan vibroimpulslarni beton qorishmasiga qo‘yish joyidagi masofa, sm; - beton qorishmasida chayqalishlarning sunish koeffitsienti, sm -1
Aylanma to‘lqinlar uchun f150-200 Gs da =0,02-0,08 sm -1; tekis to‘lqinlar uchun ,
bu yerda h - zichlanuvchi beton qorishmasi qatlamining qalinligi, sm; tekis to‘lqinlar uchun f50-100 Gs da α=0,07-0,1 sm -1 ni tashkil etadi.
Chayqalish manbaasidan eng ko‘p yiroqlashgan zonada beton qorishmasiga kerakli minimal ishlov A o‘lchovi bilan yuqorida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha kerakli A0 chayqalish amplitudasini hisoblash mumkin.
2. Presslash. Presslaganda beton qorishmasining qattiq bo‘lakcha-larining curilishi va o‘zaro yaqinlashuvi ro‘y beradi. Juda bikir, oz suv tarkibli qariyb bog‘lanmagan qorishmalarni presslaganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Har bir beton qorishmasi o‘ziga xos optimal presslash bosimiga ega. Bu bosim bo‘lakchlar o‘rtasidagi ishkalanish va tishlashishdagi kuchlarni bartaraf etishga sarflanadi. Qoliplashda bosim barcha qalinlikka birdaniga berilmaydi, lekin, yuqori qatlamlarning zichlanishi bilan u sekin kechadi. Presslash bosimining ortishi bilan tizimni deformatsiyalashtirishga qarshilik kuchi ortadi, shuning uchun bikir qorishmalarni qatlamlab presslash ma'qul.
Beton qorishmalari bo‘lakchlarining o‘zaro yaqinlashuviga donalar o‘rtasidagi maydonda qariyib siqilmaydigan suvning mavjudligi sabab bo‘ladi, uni yo‘q qilish zarur. Natijada ichki va tashqi kuchlar o‘rtasidagi mutanosiblik vujudga keladi. Bunda qorishma bo‘lakchlari qoliplanadigan beton hajmida zich va kompakt joylashmasada ancha ustun mavqyega ega. Natijada zichlanish tamomlanmaydi. Shunday qilib, presslash uslubi bikir mayda donali qorishmalarni zichlashda va uncha qalin bo‘lmagan mahsulotlar uchun juda samarali hisoblanadi. Ancha qalin mahsulotlarni tayyorlaganda qatlamli qoliplashtirishni qo‘llash kerak.
Presslash bosimi qorishmaning bikirligi va tarkibiga, zichlanuvchi uchastkaning o‘lchamlari va hajmiga bog‘liq va 0,2dan 15 MPa gacha o‘zgaradi. Yuqori bosim maydonini uncha katta bo‘lmagan mahsulotlarni qoliplashtirishda vujudga keltirish mumkin. Presslashning bunday usuli ancha samarali va texnik jihatdan juda yengil bajariladi. Ammo sof ko‘rinishda, titratish bilan uyg‘unlashmagan presslashni samarali deb bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |