Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Mexanik saralash uchun mashinalar



Download 26,52 Mb.
bet23/114
Sana30.04.2022
Hajmi26,52 Mb.
#595476
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Bog'liq
Sanoat uskuna majmua 2021y

Mexanik saralash uchun mashinalar

Maydalangan materiallarni mexanik usulda sinflarga bo‘linish jarayoni elash deyiladi. Saralash ishlari olib boriladigan mashinalarni esa elovchi mashinalar deyiladi. Elash jarayoni bir yoki bir necha ishchi yuzalarga ega: kolosnikli, reshetli, turli va valikli. Kolosnikli ishchi yuzalar parallel holda joylashgan alohida po‘lat plastinkalardan iborat. Kolosniklar yuzasi har xil formaga ega bo‘ladi.


Reshetlilar esa tekis po‘lat yuzali yoki teshikli shtamplangan trubasimon yacheykali bo‘ladi. Tekis reshetalar tekis yuzali elashda ishlatiladi, trubasimon yacheykalar - barabanli elagichlarda ishlatiladi.
Reshetalar dumaloq, to‘g‘ri burchakli yoki oval teshikli formalarga ega bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri burchakli teshiklar ba'zida reshetaning o‘qiga burchak ostida joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Elagichlarda yig‘ma reshetalarni ham qo‘llash mumkin, qaysiki alohida shtamplangan tekisliklardan tayyorlangan bo‘ladi.
Turlar o‘zaro ayqash, bo‘ylama va ko‘ndalang simlardan tayyorlanadi, qaysiki o‘lchami 100 mm gacha bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri burchakli teshiklar hosil qilgan.



Yirik turlardagi simlarni surilishini oldini olish va teshiklarini o‘lchamini doimiy saqlash uchun egilgan simlar qo‘llaniladi. Alohida sterjendan iborat turlarni payvandlanadi. Elagichning 3 xil ishlash ketma-ketligi bor. Yirigidan maydasiga, maydasidan yirigiga va umumiy holda. Yirigidan maydasiga elash vaqtida yuqorigi ishchi yuza juda katta teshiklarga ega bo‘ladi, pastkisi esa juda kichik.
Elagichlar konstruksiyasi bo‘yicha tekis, barabanli, yoysimon va valiklilarga bo‘linadi. Ishchi yuzalar joylashishiga ko‘ra gorizontal va tekis egilgan elagichlarga ajraladi. Tekis elagichlar qo‘zg‘almaydigan va qo‘zg‘aladigan ishchi yuzalarga egadir. Qo‘zg‘almas tekis elagichlar gorizontal tekisligida burchak ostida o‘rnatiladi, qaysiki ishchi yuzasidagi materialni elashda ishqalanish burchagini oshirish uchun.


Kolosnikli elagichlar

Kolosnikli elagichlar qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almaslarga bo‘linadi. Qo‘zg‘almas “kolosnikli” elaklar, parallel joylashgan “kolosnik”lardan tashkil topgan panjaradir. Qo‘zg‘almas elaklar ko‘proq oziqlantirgich sifatida jag‘li va konusli sindirgichlar uchun va boshlang‘ich materialdan o‘lchamlari natijaviy mahsulot o‘lchamlaridan kichik bo‘lganlarini ajratish uchun ishlatiladi. Qo‘zg‘almas elaklarni ishchi yuzasidagi materialni ishqalanish burchagini oshirish uchun ishchi yuzalari burchak ostida o‘rnatiladi. Amaliyotda bu burchak 45 gradusni tashkil etadi. Qo‘zg‘aluvchan “kolosnikli” elaklar ham boshlang‘ich materialdan mayda bo‘laklar ajratish uchun mo‘ljallangan.


Valikli elaklar

Valikli elaklar sindirgichlarga oziqlantirgich sifatida, boshlang‘ich materialdan mayda bo‘lak ajratishda dastlabki sindirish uchun ishlatiladi. O‘lchami natijaviy mahsulot o‘lchamidan kichik bo‘lgan holda valikli elaklardan, boshlang‘ich materialdan tuproqni va shunga o‘xshash boshqa ifloslantiruvchi qo‘shimchalarni ajratishda ham qo‘llaniladi.



Download 26,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish