13-MA’RUZA:
Mavzu: Gidrotsiklonlar, gidromexanik klassifikatorlar.
Reja:
Gidrotsiklonlar, gidromexanik klassifikatorlarning konstruksiyalari.
Havoli separatorlarning ishlashi va ularning konstruksiyalari.
Havoni changdan tozalash vaqtidagi siklonning hisobi.
Tozalagichlar, filtrlarning turlari.
Tayanch iboralar: Gidrotsiklon, gidromexanik, klassifikator, separator, changdan tozalash, siklon, tozalagichlar, filtr.
1. Gidravlik saralash uchun mashinalar va apparatlar
Gidravlik saralagichlar zarrachalarni ma'lum o‘lchamini ajratish uchun boshlang‘ich materialni talab qilinayotgan fraksiyalarga bo‘lish va boshlang‘ich mahsulotdan begona qo‘shimchalarni ajratish uchun ishlatiladi. Gidravlik saralanganda natijaviy mahsulot va chiqindilar olinadi. Saralashning foydaliligi, boshlang‘ich materialdan olinadigan natijaviy mahsulotning soni bilan yana tayyor materialning yuqori darajaliligi bilan aniqrog‘i boshlang‘ich materialdan natijaviy mahsulot olingandagi solishtirish bilan xarakterlanadi. Gidravlik saralash vaqtida suyuqlikda harakatlanayotgan material zarrachalari dinamik qarshilikga (iners. kuchlarga) va ishqalanish kuchlari qarshiligiga uchraydi. Kuchlar bir vaqtda ta'sir ko‘rsatadi. Zarralarni uncha katta bo‘lmagan tezlikda harakatlanishida ishqalanish kuchiga, zarralar kattaligiga proporsional ravishda, oqish tezligi va suyuqlik qovushqoqligi ta'siri yuqori bo‘ladi.
Zarralarni katta bo‘lgan tezlikda harakatlanishida qarshilik kuchi asosan suyuqlikning dinamik qarshiligi va o‘rama hosil bo‘lishi uchun ketgan quvvatga bog‘liq bo‘ladi.
Zarralarning cho‘kish tezligi ularning o‘lchamlari va formalariga bog‘liqdir. Gidravlik saralashda material zarrachalari boshlanishiga biroz tezlanish bilan harakatlanadi. Keyin esa vaqt o‘tishi bilan u chegaraviy tezlikka ega bo‘ladi va cho‘kadi.
Gidravlik saralashlar, “saralagich” deb nomlangan mashina va apparatlarda amalga oshiriladi. Saralagichlar ikkita katta gruppaga bo‘linadi. Gravitatsion va markazdan qochuvchilarga. Markazdan qochuvchi separatorlar toza suv oqimi, qo‘shimcha va qo‘shimchasizdan iborat bo‘ladi (har xil siklonlar va sentrafugalar). Gravitatsion saralagichlarda zarralarning bo‘linishi og‘irlik kuchini farqi hisobiga bo‘ladi. Og‘irlik kuchining kattaligi (F) quyidagiga teng.
F=mg
Bu yerda, m - zarralar massasi (og‘irligi), kg
g - og‘irlik kuchini tezlanishi, m/s2
Gravitatsion saralagichlardagi zarralarning fraksiyalari ajratish tezlanishi quyidagi formula bilan ham aniqlanishi mumkin:
Bu yerda, m1, m2 - boshlang‘ich mahsulot zarralarining massasi, kg
“Kr“ ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, suv oqimida ajratib olish shuncha oson bo‘ladi.
Markazdan qochuvchi separatorlarda zarralarning ajralishi markazdan qochuvchi kuchlarning (F) farqi hisobiga, suv oqimida aylanayotgan zarralarga ta'sir etishi bilan sodir bo‘ladi.
Bu yerda, ω - suv oqimidagi zarralar burchak tezligi, rad/s
R – zarra aylanish radiusi, m
Suv oqimidagi aylanish tezligini o‘zgartirish bilan markazdan qochuvchi tezlanishni
ω2 R boshqarish mumkin. Ikkita zarrani markazdan qochuvchi saralagichlarda ajralish tezlanishi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ku = ω2R(m1-m2)
Do'stlaringiz bilan baham: |