11-MA’RUZA:
Mavzu: Yassi va barabanli sim g‘alvirlar.
Yoysimon elaklar:Yoysimon elaklar egri chiziqli yuzaga egadir. Ular material zarralarini o‘lchamlari 0,15 - 2,5 mm bo‘lgan ho‘l materiallarni elashga moslashtirilgan. Yoysimon elaklar shartli ravishda bosimli va bosimsizlarga bo‘linadi. Elaklarning markaziy burchagidagi ishchi yuzasi 90 gradusdan kichik bo‘lsa, u bosimsizga, 90 gradusdan katta bo‘lsa bosimliga kiradi. Yoysimon elakning asosiy ishlash sharoitlari o‘rganilganda, kichik burchakli elaklarda elanish materialni xohlagan kichik tezligida sodir bo‘ladi, 160 – 180 gradus burchak ostidagi elaklar chegaraviy tezlikni kamayishi bilan elanish sodir bo‘lmaydi. Bu elaklarning qurilishi bo‘yicha soddadir va katta ishlab chiqarish unumdorligiga egadir.
Barabanli elaklar:Tuzilishiga ko‘ra barabanli elaklar silindrsimon, konussimon va ko‘p qirrali (prizmatik) bo‘ladi. Prizmatik elaklarni “buratalar” deb ataladi. Elaklar barabani markaziy valga mahkamlanadi yoki bandajlar yordamida rolikli tayanchlarga mahkamlanadi. Elak 1 – harakatga keltiruvchi valdan va 2- krestovinadan tashkil topgan. 3 – krestovinaga bir necha ishchi yuzasini bir necha qator qilib bitta nuqtaga mahkamlangan (panjara yoki tur). Ko‘rilayotgan elakda saralash sxema bo‘yicha yirigidan maydasiga bo‘layapti. Elakning ingichkalashgan qismiga boshlang‘ich mahsulot yuklanadi, kengaytirilganiga esa yuk tushiriladi. Baraban 4-7 gradus qiyalikda gorizontal tekislikga nisbatan o‘rnatiladi. Elak bir xilda ishlaydi, shuning uchun dinamik og‘irliklar ishtirok etmaydi.
Barabanli elaklarning kamchiligi: ishchi yuzalarni kamroq ishlatilishi (20%) va elashni foydaliligini pastligi.
Tekis elaklarning asosiy hisobi
Elaklar elanishni foydaliligi, ish unumdorligi va mahsulotni toza ishlab ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. Elashning foydaliligi deb, past sinfdagi donlarning elakning ishchi yuzasidan o‘tib ketganlarini boshlang‘ich materialni o‘zida tashkil etilgan past sinfli massaga nisbatiga aytiladi. Uni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
v v
η = -------- yoki η = ------------ 100 %
a a
Bu yerda, η - elashning foydaliligi;
a - boshlang‘ich mahsulot tarkibidagi past sinfli donlarning massasi, kg
v - natijaviy mahsulotni tarkibidagi past sinfli donlarning massasi, kg.
Elanish foydaliligi turning uzunliligiga, xom ashyoni uning ustida turish vaqtiga, turning burchak qiyaliligiga va xom ashyoning granulametrik tarkibiga bog‘liq.
Elanishga berilayotgan xom ashyo tozaligi, boshlang‘ich mahsulotdagi qo‘shimchalar massasini natijaviy mahsulot massasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Elanish vaqtida material zarralari ishchi yuzada harakatlanishlari zarur. Bo‘laklarni ishchi yuzasining tekisligida harakatlanishi uchun ularning ishqalanish kuchidan yuqori bo‘lgan inersiya kuchini berish uchun zarur tezlanishni berish kerak.
Markazi siljigan valni burchak tezligini aniqlashda shuni hisobga olish kerakki material bo‘laklari uloqtiriladi va ishchi yuza tozalanadi.
Pu > G1 da
Tenglamalarni o‘rniga quyishda material bo‘laklari uloqtirilgan vaqtdagi markazi siljigan valning burchak tezligini hosil qilamiz.
yoki
Tekis elakli elektrodvigatelning quvvati (Vt) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
An
N=---------------
η
Bu yerda, n - markazi siljigan valning burchak tezligi (ayl/s),
η = F.I.K.,
A - material massalariga sarflanayotgan va harakatlanuvchi elak qismlariga sarf qilinayotgan kinetik energiya (Dj), ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |