Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
Bolg‘alovchi tegirmonlar qanday mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangan?
O‘rta harakatlanuvchi tegirmonlarda havo oqimini tezligi qaysi oraliqda bo‘ladi?
O‘rta harakatlanuvchi tegirmonlar qanday mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangan?
Urib ta'sir qiladigan maydalagichlarga misol keltiring.
8- MA’RUZA:
Mavzu: Sharli tegirmonlar xarakteristikasi.
Reja:
Sharli tegirmonlarning konstruksiyasi.
Sharli tegirmonlarning ishlash prinsipi.
Tegirmonlarning to‘lalik koefitsientini aniqlash.
Tayanch iboralar: baraban, tegirmon,maydalash, sindirish, kukunlovchi mashinalar ,o‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar, sharli, valli va rolikli mayatniklar , shaxtali, aerobilli va savatlilar
Sharli tegirmonlar
1. Sharli tegirmonlarning konstruksiyalari.
Qurilish materiallari sanoatida sharli tegirmonlar keng tarqalgan. Sharli tegirmonlarda qurilish materiallarini maydalash asosan ishqalanish sindirish va urish (mushtlash) orqali erkin tushayotgan kukunlovchi jismlar yoki baraban ichida maydalanayotgan materiallarning yirik bo‘laklari yordamida kukunning jarayoni amalga oshadi.
Sharli tegirmonlarning baraban uzunligi, uning diametrida 3 va undan ortiq bo‘lsa ularning trubali deb yuritiladi.
Rasm. Sharli tegirmonlar sxemasi
Sharli tegirmonlar quyidagi xususiyatlari bilan klassifikatsiyalanadi:
a) kukunlash usuli bo‘yicha: quruq va ho‘l holda kukunlash;
b) ishlash usuli bo‘yicha: ochiq va yopiq usulida ishlovchi kukunlovchilar;
v) yuklash va yuk tushirish konstruksiyasi bo‘yicha:
yuklash va yuk tushirish yuk orqali bo‘lgan kukunlovchilar;
yuklash va yuk tushirish yon tomonidagi ochiq devorlar orqali;
yuklash yon tomonidagi ochiq devordan, yuk tushirish esa diafragma orqali.
Rasm. Ko‘p kamerali sharli tegirmon: 1 – torsovoy chuquri; 2 - podshipnik; 3 - yuklash voronkasi; 4 - bo‘shliqli sapfa; 5 – kameralararo to‘siqlar; 6 - korpus; 7 - qapqoq; 8 – diafragmali to‘siq; 9 - konus; 10 – torsovoy chuquri; 11 - lopastlar; 12 – yukni tushirish konusi; 13 - kojux; 14 - elak;
15 – yukni tushirish patrubkasi; 16 – yukni tshirish teshigi
2. Sharli tegirmonlarning asosiy hisoblari.
Sharli tegirmonlarning asosiy ko‘rsatkichlari: barabanni maydalovchi jism bilan to‘lganlik koeffitsienti; barabanning burgan tezligi; kukunlagichning ish unumdorligi; uzatma quvvati kukunlagich.
V1
1) Barabanning to‘lalik koeffitsenti – φ = ----- (14)
V2
Bu yerda, V1 - maydalovchi jismlar hajmi, m
V2 - barabanning ichki hajmi, m
2) Maydalovchi jismlar hajmi quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.
M
V1 = -----, m (15)
r
Bu yerda, M - barabandagi maydalovchi jismlar massasi, kg
r - maydalovchi jismlar hajmiy massasi, kg/m
3) Barabanning ichki hajmi quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.
PD2
V2 = ------- L (16)
4
Bu yerda, D - barabanning ichki diametri, m
L - barabanning ishchi uzunligi, m
(15) va (16) tengliklarni (14) ga qo‘ysak
4M M
φ =--------------=1.27------------ (17)
π r D2 L r D2 L
Bu yerda, M - maydalovchi jismlar massasi, kg
4) Maydalovchi jismlar massasi quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
M = φ η p1 π R2 L (18)
Bu yerda, M - maydalovchi jismlar g‘ovaklik koeffitsenti.
p - maydalovchi jismlar hajmiy og‘irligi, kg/m3. Po‘lat uchun p1=7850 kg/m3
Sharsimon maydalovchi jismlar uchun g‘ovaklik koeffitsienti agarda shar diametri 30-125 mm gacha bo‘lsa, M=0.452-0.485.25 dan 100 mm gacha μ= 0.65-0.7 bo‘ladi. Amaliyotda sharlar uchun μ = 0.46 va silindirsimonlar uchun μ = 0.66 qabul qilingan.
Barabanni kukunlagichlar foydalilik darajasi undagi maydalovchi jismlarning ishlash rejimiga bog‘liqdir. Barabanning aylanishi natijasida maydalovchi jismlar markazdan qochma kuch va ishqalanish kuchi tasirida ma'lum bir yuqorilikka ko‘tarilib so‘ng pastga qurilish materiallarini maydalagan holda tushadilar. Barabanning burchak tezligiga qarab maydalovchi jismlar kaskadli, sharshara va keskin rejimlarda ishlaydilar.
Barabanli kukunlagichning kritik burchak tezligi
Bu yerda, n - barabanning aylanish tezligi, ayl/sek
Ho‘l holda kukunlash vaqtida barabanning tezligi va aylanishi sonini 10 % ga ko‘tarish kerak, unda
Barabanning ichki yuzasini burtik va poshnalar bilan qoplansa, burchak tezlik va aylanish sonini 10 % - 12 % ga kamaytirish lozim va quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
Barabanli kukunlagichning ish unumdorligi quyidagi tenglik bilan aniqlash tavsiya etiladi (t/g)
Bu yerda, D - barabanni ichki diametri, m
m - maydalovchi jismlar massasi, t
V - baranni kukunlagichining ishchi hajmi, m
q - maydalanish darajasini ko‘rsatuvchi koeffitsient
K - nisbiy ish unumdorlik,t/kVt, soat:
sement uchun K=0.035-0.4
ohak uchun K=0.05
Elektrodvigatel quvvati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi.
A n K
N=-------------
η
Bu yerda, A - bir siklda bajarilgan umumiy ish, Dj
n - barabanning aylanish soni, ayl/s - uzatilganning F. I. K.
K - bir aylanishdagi sikllar soni, k = 1.65
2.84 G R n
N = -------------------
η
(22) tenglikka aylanishlar soni "n" qiymatini qo‘ysak:
Natijada, quvvat Vt
Yuqoridagi tenglik kukunlagich elektrodvigatelning quvvatini aniqlash formulasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |