Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
O‘rta harakatlanuvchi tegirmonlar qanday mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangan?
O‘rta harakatlanuvchi tegirmonlarda havo oqimini tezligi qaysi oraliqda bo‘ladi?
7. MA’RUZA:
Mavzu: O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar.
Reja:
O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar turlari
Valli tegirmonlar
Bolg‘alovchi tegirmonlar
Tebratguvchi va oqimli tegirmonlar
O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar
O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar o‘rtacha mustahkamlikdagi materiallarni kukunlash uchun mo‘ljallangandir (quruq tuproq, talka, ohak va boshqalar). O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlarda materiallarni maydalash, ezish hamda ishqalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar konstruktiv jihatdan sharli, valli va rolik-mayatnikli bo‘ladi. Sharli tegirmonlar bir yoki ikki qator sharlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bir qatorli sharli tegirmon quyidagi qismlardan tashkil topgan: 4-qobiq, 10-yuqoridagi va 1-pastdagi xalqalar, 8-oziqlantirgich, 7-separator. Xalqa yuqori mustahkamlikdagi aylangichli yo‘lakchalarga ega, diametri 190 mm dan 275 mm gacha bo‘lgan 2-sharlar o‘rnatilgan. Pastdagi xalqa elektrodvigateldan 12-reduktor orqali aylanadi. Yuqoridagi xalqa og‘irlik kuchi va 3-prujinaning ta'sirida sharlarga siqiladi. Separator tegirmonning ustiga o‘rnatilgan. Ish vaqtida maydalanadigan material, 8-oziqlantirgich orqali 9-tegirmonga tushadi. Maydalangan material markazdan qochuvchi kuchlar ta'sirida qobiqning ichki devorlariga otiladi, 11-patrubok orqali esa havo beriladi. Havo oqimining tezligi 25-30 m/s. Maydalangan material havo oqimi orqali separatorga yo‘naladi va ikkita fraksiyaga bo‘linadi: kichik (mayda fraksiya) material havo bilan patrubok orqali 6-chang bostirgichga yuboriladi, yirik (yirik fraksiya) material separatorning quyi qismiga tushadi va 5-truba orqali tegirmonning kukunlagichiga qayta yunaltiriladi.
Valli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:
9-qobiqdan, 1-tarelkadan va 3-ikkita valdan. Vallar 7-uklarga joylashtirilgan, ular 8-podshipniklarga o‘rnatilgan va 4-6-richaglarga mustahkamlangan. 5-prujina bosimi va ularning og‘irlik kuchi ta'sirida vallar tarelkaga siqiladi. Tegirmon ustiga esa separator o‘rnatilgan. Tarelka elektrodvigatel va 10-reduktor orqali aylanadi. Tegirmonga berilayotgan material tarelkani aylanishi mobaynida, tarelka va vallar orasida maydalanadi. 2-xalqa kanali orqali berilgan havo maydalangan materialni tegirmondan separatorga chiqarib beradi. Qolgan mayda fraksiyalar chang bostirgich qurilmasiga yuboriladi, yirigi - separatordan tegirmonning kukunlagichiga qaytariladi.
Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: 9-qobiqdan, 2-vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan 3-traversadan. To‘rtta o‘q-4, roliklar-8 bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va 11-konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida 6-xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich - 1 mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, 10 - val, 5-val va xrapli mexanizm orqali aylanadi.
Vertikal valning aylanishi mobaynida markazdan qochuvchi kuchlar ta'sirida roliklar 7-xalqaga siqilishadi. Roliklar orasidan o‘tayotgan material maydalanadi va havo bilan chiqariladi (yoki issiq gaz bilan) va xalqasimon kojux orqali separatorga uzatiladi. Separatordan mayda fraksiya chang bostirgich qurilmasiga yuboradi, yirik fraksiya tegirmonni kukunlagichiga qaytariladi. Issiq gazlarni berish bilan birga tegirmonda materiallarni bir vaqtning o‘zida maydalash va qurilish konstruksiyalarini ham qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |