-
118 -
Ta’rif.
Narmal quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo‘lgan, latun silindri
ko‘targanda ichidagi gips hamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni ko‘rsatganligiga aytiladi.
Asbob va uskunalar.
Suttard viskozimetri, tarozi, suv, qorishtirgich, oyna, chizg‘ich.
Ishlash tartibi.
Gips hamirining normal quyuqligi Suttard viskozimetri (rasmda) yordamida
aniqlanadi. Bu asbob balandligi 100 mm va ichki diametri 50 mm bo‘lgan mis yoki jez silindrdan iborat.
Silindrning ichki yuzasi va shisha plastinka tegib turaditan cheti puxta silliqlangan bo‘lishi shart. Tajriba
vaqtida silindr shisha plastinkaga o‘sha tomoni bilan o‘rnatiladi. Diametri 240 mm dan kattaroq bo‘lgan
shisha plastinkaning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan qog‘ozga diametri 150-220 mm bo‘lgan bir necha
konsentrik aylana chiziladi. Diametri 170-190 mm bo‘lgan aylanalar orasidagi masofa 5 mm, boshqa
aylanalar orasidagi masofa esa 10 mm bo‘lishi lozim. Tajriba o‘tkazish oldidan silindr va shisha
plastinkani xo‘l latta bilan artish kerak. SHisha plastinka aniq yotiq holda joylanadi, silindr esa konsentrik
aylanalar markaziga o‘rnatiladi. Gips hamirining normal quyuqligini aniqlash uchun tarozida 300 g gips
tortib olinib, 150-220 mm suv quyilgan mahsus kosaga solinadi va sim xalqalardan iborat dastaki chilcho‘p
bilan 30 sekund davomida uzluksiz ravishda aralashtirib turiladi. Hisoblash vaqti kosadagi suvga gips
kukuni solingan paytdan boshlanadi. 30 daqiqadan keyin shisha plastinkadagi aylanalar markaziga
o‘rnatilgan silindrga gips hamiri to‘ldiriladi, silindrdan ortib chiqib turgan hamir chizg‘ich bilan sidirib
tashlanadi. Kosadagi hamirni qorishtirish to‘xtatilganidan 15 sekund o‘tgach, plastinka ustidagi silindrni
ko‘tarib chetga olib qo‘yish kerak. SHunda shisha plastinka ustidagi gips hamiri kulchadek yoyiladi. Gips
hamirining yoyilish (kulcha) diametri konsentrik aylanalar bo‘yicha aniqlanadi yoki bir-biriga nisbatan tik
joylashgan ikki yo‘nalishda o‘lchanadi (yo‘l qo‘yilgan xatolik 5mm dan ziyod bo‘lmasin) va o‘rtacha
arifmetik qiymat hisoblab chiqariladi. YOyilgan hamirning o‘rtacha diametri gips hamirining quyuqligi,
ya’ni konsistensiyasini ifodalaydi. YOyilgan gips hamiri diametrining 180±5 mm ga tengligi hamirning
quyuqligi normal ekanligi (standart konsistensiya)dan darak beradi. Kulcha diametri bundan katta yoki
kichik bo‘lsa, tajriba takrorlanadi, lekin bu gal suv miqdori 1-2% o‘zgartiriladi. Gips hamirining normal
quyuqligi 100 g gipsga to‘g‘ri keladigan suvning millilitrlardagi massasi bilan ifodalanadi.
Tajriba ko‘rsatmalari
1
2
3
4
5
Olingan gips massasi, g
Olingan suv massasi, g (ml)
Gips massasiga nisbatan suvni hajmi, %
YOyilgan kulchaning diametri, sm
Normal suyuqlik - …………%
1 – rasm. Viskozimetr sxemasi va u bilan ishlash uslubi.
Do'stlaringiz bilan baham: