2-TAJRIBA ISHI. GIPS HAMIRINING NORMAL QUYUQLIGINI ANIQLASH
2-rasm.Suttard viskozimetri.
а-yig`ilgan holdagi ko`rinishi; б-gips xamiridan yasalgan kulchaning yoyilishi; 1-temir silindr; 2-konsentrik aylanalar chizilgan shisha plastinka; 3-me`yoriy quyuqlikdagi gips xamiridan yasalgan kulcha
Gips hamirining quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo‘lgan, latun silindri ko‘targanda ichidagi gips hamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni ko‘rsatganligiga aytiladi.
Asbob va uskunalar. Suttard viskozimetri, tarozi, suv, qorishtirgich, oyna, chizg‘ich.
Ishlash tartibi. Gips hamirining normal quyuqligi Suttard viskozimetri (1-rasmda) yordamida aniqlanadi. Bu asbob balandligi 100 mm va ichki diametri 50 mm bo‘lgan mis yoki jez silindrdan iborat. Silindrning ichki yuzasi va shisha plastinka tegib turaditan cheti puxta silliqlangan bo‘lishi shart. Tajriba vaqtida silindr shisha plastinkaga o‘sha tomoni bilan o‘rnatiladi. Diametri 240 mm dan kattaroq bo‘lgan shisha plastinkaning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan qog‘ozga diametri 150-220 mmgacha bo‘lgan bir necha konsentrik aylana chiziladi. Diametri 170-190 mm bo‘lgan aylanalar orasidagi masofa 5 mm, boshqa aylanalar orasidagi masofa esa 10 mm bo‘lishi lozim. Tajriba o‘tkazish oldidan silindr va shisha plastinkani xo‘l latta bilan artish kerak. SHisha plastinka aniq yotiq holda joylanadi, silindr esa konsentrik aylanalar markaziga o‘rnatiladi. Gips hamirining normal quyuqligini aniqlash uchun tarozida 300 g gips tortib olinib, 150-220 mm suv quyilgan mahsus kosaga solinadi va sim xalqalardan iborat dastaki chilcho‘p bilan 30 sekund davomida uzluksiz ravishda aralashtirib turiladi. Hisoblash vaqti kosadagi suvga gips kukuni solingan paytdan boshlanadi. 30 daqiqadan keyin shisha plastinkadagi aylanalar markaziga o‘rnatilgan silindrga gips hamiri to‘ldiriladi, silindrdan ortib chiqib turgan hamir chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. Kosadagi hamirni qorishtirish to‘xtatilganidan 15 sekund o‘tgach, plastinka ustidagi silindrni ko‘tarib chetga olib qo‘yish kerak. SHunda shisha plastinka ustidagi gips hamiri kulchadek yoyiladi. Gips hamirining yoyilish (kulcha) diametri konsentrik aylanalar bo‘yicha aniqlanadi yoki bir-biriga nisbatan tik joylashgan ikki yo‘nalishda o‘lchanadi (yo‘l qo‘yilgan xatolik 5mm dan ziyod bo‘lmasin) va o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblab chiqariladi. YOyilgan hamirning o‘rtacha diametri gips hamirining quyuqligi, ya’ni konsistensiyasini ifodalaydi. YOyilgan gips hamiri diametrining 180±5 mm ga tengligi hamirning quyuqligi normal ekanligi (standart konsistensiya)dan darak beradi. Kulcha diametri bundan katta yoki kichik bo‘lsa, tajriba takrorlanadi, lekin bu gal suv miqdori 1-2% o‘zgartiriladi. Gips hamirining normal quyuqligi 100 g gipsga to‘g‘ri keladigan suvning millilitrlardagi massasi bilan ifodalanadi.
Texnikaviy tarozida 300gr aniqligi 1gacha bo‘lgan gips tortib olinadi va toza idishga oldindan o‘lchab qo‘yilgan suvga gipsni sepib qo‘shgandan boshlab 30sek. aralashtiriladi. Aralashtirish tugagach oynani o‘rtasiga o‘rnatilgan silindrni gips hamiri bilan to‘ldiriladi, oshig‘ini esa pichoq bilan qirqib tekislanadi. 15sek. davomida aralashtirish tugagandan keyin, tezda latun silindr ko‘tariladi. Gips hamiri yoyilmasini 3 joyidan diametri o‘lchanadi va ularning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Agar yoyilmagan diametri 180±5mm dan farq qilsa suv miqdorini o‘zgartirib ish yana qaytadan bajariladi.
|
|
3-rasm. Gips va sement xamiri qoriladigan kosa
|
4-rasm. Xamir qorish paytida gipsni aralashtirish uchun xizmat qiladigan halqasimon dastaki aralashtirgich
|
Do'stlaringiz bilan baham: |