Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Neft (sun’iy) bitumlari
-neft xom ashyosini organik sintez jarayonidan hosil bo‘ladigan 
mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab bitumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
neftdan (gudrondan) benzin, kerosin va moylar haydash Yo‘li bilan olingan qoldiq bitumlar; 
gudronga maxsus apparatlarda havo puflab (oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va neft 
moylarini yuqori haroratda krekinglanishi (parchalanishi) natijasida hosil bo‘lgan kreking bitumlar.
Gudron
-neftdan olingan mazut tarkibidan moyli fraksiyalarni haydash nitijasida hosil 
bo‘lgan qoldiq mahsulot. Gudron bitum olishda asosiy xom ashyo vazifasini o‘taydi Yoki mustaqil 
ravishda Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qorishma va betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida 
qo‘llaniladi.
Qatron materiallarga toshko‘mir, Yog‘och, torf, Yonuvchi slanets kabilarni havosiz muhitda 
quruq haydash natijasida hosil bo‘lgan qatronlar va peklar kiradi.
Bitum va qatronlar asosidagi gidroizolyasiya va kompozitsion materiallar turarjoy, sanoat, 
gidrotexnik inshootlar, avtomobil va aerodromlar qurilishida keng miqYosda ishlatiladi.
Bitum va qatronlar polimerlar bilan aralash bog‘lovchilar va ular asosida kompozitsion 
materiallar tayyorlashda ishlatib kelinmoqda.
Ular tarkibiga rezina, dispers armaturalovchilar va boshqa modifikatorlar kiritib xossalarini 
yaxshilash mumkin.
Bitumli bog‘lovchi moddalar 
1 Bitumlar tarkibi va tuzilishi 
 
Bitumning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 70-80%, vodorod 1015%, oltingugurt 2-9%, 
kislorod 1-5%, azot 0-2%. Bitum tarkibida bu elementlar uglevodorod radikallari va ularni 
oltingugurt, kislorod va azotli birikmalari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bitum tarkibi asfaltenlardan (qattiq jinslar), smolalar va moylardan iborat bo‘lib, bitumning barcha 
xossa va xususiyatlarini belgilaydi.
Asfaltenlar
yuqori
molekulali
uglevodorodlar
va
ularning


- 61 - 
hosilalaridan iborat bo‘lgan, molekulyar massasi 1000-5000, zichligi 1 g/sm
3
yuqori moddalardir. 
Asfaltenlar tarkibida karbenlar va moylarda va organik erituvchilarda erimaydigan karboidlar 
bo‘ladi. Bitumning qattiq qismini uglevodorodlar-parafinlar ham tashkil etishi mumkin.
Smolalar molekulyar massasi 500-1000, zichligi 1 g/sm
3
atrofida bo‘lgan to‘q jigar rangli amorf 
moddalardir.
Moylar molekulyar massasi 100-500, zichligi 1 g/sm
3
gacha bo‘lgan uglevodorodlardan 
iborat moddalardir.
Bitum tarkibi jixatidan kolloid sistema bo‘lib, asfaltenlar, smolalar va moylarda dispersiya holatida 
bo‘ladi. Bitum tarkibida asfaltenlar (18-20 mkm) yadrolar hosil qiladi, atrofida esa smolalar va 
moylardan qobiqlar joylashgan.
Bitum tarkibida asfaltenlar ko‘p qismni tashkil etsa, uning qattiqligi, yumshash harorati va 
mo‘rtligi yuqori bo‘ladi.
Bitum tarkibida moylar va smolalar ko‘p qismni tashkil qilsa, aksincha bitum yumshoq va 
tez eruvchan bo‘ladi. Moylar va smolalarning molekulyar massasi past bo‘lsa, bitumning plastikligi 
yuqori bo‘ladi.
Bitum tarkibida parafin miqdorining 5% ortishi past haroratlarda mo‘rtligini ko‘paytiradi.
Bitumdan qurilish materiallari olishda quyidagi usullar bilan ishlov beriladi: 140-170
0
S qizdirilib 
smolalar yumshatiladi va moylarda yaxshi erishi ta’minlanadi; bitumlar yashil neft moyi, lakoyl, 
texnik kerosin va boshqa organik erituvchilarda eritiladi va sovuq holdagi mahsulotlar tayyorlash 
imkoniyati yaratiladi; bitum maxsus emulgatorlar vositasida bitum emulsiyalari va pastalariga 
aylantiriladi va kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish