Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 
TOMBOP MATERIALLAR. 
1. Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari.
 
1.Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar. 
 
Gidroizolyasiya materiallari mustahkamlik, deformativlik, issiqqa bardoshlilik, biologik va 
kimyoviy muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 45005000 yil avval Misr va 
Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni, kanal va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiya 
qilish uchun ishlatilgan.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari 
Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino va inshootlarning 
eng ma’suliyatli qismiga ishlatiladi. O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha 
qatlamlardan iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari 
qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), 
mayda donali (M) Yoki kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan tosh) sepiladi. Bundan tashqari 
tangasimon sepmali o‘rama materiallar ham ishlab chiqariladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli materiallar 
texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va boshqalarni bitum Yoki qatron 
bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozitsion bo‘lib, bitum Yoki 
qatron bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich (mineral Yoki rezina kukuni) va modifitsirlovchi 
qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator va stabilizatorlar) aralashmasini muayyan qalinlikda 
prokatlab tayyorlanadi.
Ruberoid
-texnik kartonni oson eriydigan bitumlar eritmasida shimdirib, ikki tomonidan 
kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan talk Yoki boshqa minerallar sepib 
tayyorlangan o‘rama materialdir.
Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tom Yopilishida ostki (P) va ustki qatlam (K) uchun, 
qurilish konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash uchun ruberoidlarga bo‘linadi.


- 63 - 
Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, 
RKK-400 V, RKM-350B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP-350 B, RPP-
350 V, RPP-300 A, RKK-300 V. Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1m
2
ruberoidning massasini (g) 
bildiradi.
Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta’sirida chirishini bartaraf etish maqsadida 
antiseptiklar bilan bitumga ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi 
uchun polimerlar bilan modifikatsiyalangan bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu 
markadagi ruberoid –50
0
S haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi, ob-
havoga chidamli bo‘ladi.
Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m
2
holda ishlab 
chiqariladi. Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili ishlab chiqarilmoqda. 
Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida bevosita asosga maxsus bitumli mastikalarsiz 
Yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama Yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki 
tomonidagi qoplama eritilib asosga Yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 
50% ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va qoplamaning sifati oshadi (23.1-rasm).

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish