Qurilish materiallari va buyumlari


-rasm. Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

23.1-rasm. Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash
Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya’ni qo‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab Yopishtiriladi. 
Pergamin
-texnik kartonni yumshash harorati 40
0
S gacha bo‘lgan bitum eritmasiga 
shimdirib olinadi. Pergamin tom Yopishda ruberoidning quyi qatlamlariga qo‘yiladi va 
gidroizolyasiya uchun ishlatiladi.
SHisha ruberoid
-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum rezinali 
Yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va 
ishlatilish sohasiga ko‘ra shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: S-RK (yirik donali 
sepma), S-RCH (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli sepma). SHisharuberoid tom Yopmasida 
yuqori va pastki qatlamlarda va konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. SHisha tolali 
asoslarni kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama 
materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi.
Gidroizol
-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. Gidroizol er osti 
konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli 
qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi.
Folgaizol
-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi 
qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10
m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni 
berkitishda ishlatiladi.
Metallizol
-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab tayyorlanadi. 
Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U yuqori uzilishdagi 
mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli materialdir. Metallizol er osti va 
gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Brizol
-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi massasini 
prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 


- 64 - 
60
0
S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U erosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun 
ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika Yordamida elimlanadi.
Izol
-bitum, devulkanizatsiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va plastifikator 
aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o‘rama gidroizolyasiya va tombop 
material.
Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish muddati ikki 
marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, umumiy polotno yuzasi 10-15 m
2
holatda 
tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni, rezervuarlarni, basseynlarni, erto‘lalarni, truboprovodlarni, 
qiyali va yassi tomlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli 
mastikalar Yordamida elimlanadi.
Tol
-texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum Yoki mineral 
kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis tomlar gidroizolyasiya 
qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va inshootlar poydevori va boshqa qismlari, 
vaqtincha inshootlarning tomi gidroizolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Tol
-charm va gidroizolyasion tol texnik kartonni qatronlarda shimdirib, qatron va mineral 
kukun sepmasisiz olinadi. U ko‘pqatlamli gidroizolyasiya qoplamasining pastki qavatlarida va bug‘ 
izolyasiyasida ishlatiladi.
Qatronbitumli o‘rama material texnik kartonni qatronga shimdirib, ikki tomondan bitum va 
mineral kukun sepib tayyorlanadi. Ular ko‘pqatlamli tom gidroizolyasiya qoplamasi barpo qilishda 
ishlatiladi.
Tombop va gidroizolyasiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, 
issiqqa bardoshlilik va mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga mos kelishi kerak. Masalan, 
shisharuberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 min davomida 
namuna yuzasida suv tomchilari paydo bo‘lmasligi kerak.
Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog‘lovchisi asosidagi o‘rama materiallarning issiqqa 
bardoshliligi 80
0
S, tolniki esa 45
0
S. Eni 50 mm qilib o‘rama materialdan kesib olingan namunaning 
cho‘zilishdagi mustahkamligi ruberoid uchun 320-340 N, shisharuberoid uchun 300 N dan kam 
bo‘lmasligi talab etiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish