Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet186/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

13.3-rasm. Qarag‘ay
yog‘ochi mikrostrukturasi:
1 – traxeidlar; 2 – yillik qatlam;
3 – vertikal smola yo‘li;
Yog'och o'zak nurlaridan mexanik ta'sirlar ostida tez sinadi. Yog'och mikrostrukturasi mikroskopda ko'rilsa, uning strukturasi o'lik hujayralardan iboratligi ma'lum bo'ladi. Tirik hujayra po'st, uning ichidagi protoplazma, hujayra shirasi va protoplastdan (mag'iz) iborat. Hujayraning po'sti, asosan, yuqori molekular selluloza (klelchatka), (C6H10O5)n dan iborat. Hujayralar o'tkazuvchi, mexanik va to'plovchi turlari farqlanadi. O'tkazuvchi hujayralar namlik va ozuqani yuqoriga ko'taradi. Ular naycha va traxeidlarga bo'linadi. Ignabargli daraxtning tanasida naychalar bo'lmaydi; u asosan, uzunchoq hujayra - traxeidlardan tuzilgan. Traxeidlar orasida smola bilan to'lgan yollar bo'ladi. Mexanik hujayralar devorlarining qalinligi bilan xarakterlidir. Tuzilishi va xossalari jihatidan yog'och tabiiy kompozitsion materialdir.


13.3. Yog'ochning asosiy xossalari

Fizik xossalar. Yog'och tarkibi, asosan, sellulozadan iborat, zichligi o'zgarmas 1,54 g/ sm3 bo'ladi. Yog'ochning o'rtacha zichligi esa uning turiga nisbatan o'zgaruvchan bo'ladi. Hatto bir turdagi yog'ochning o'rtacha zichligi daraxtning o'sgan joyi, ob-havosi, tuprog'i tarkibiga qarab o'zgaruvchan bo'ladi. Yog'och namligining oshishining o'rtacha zichligini oshiradi. Shuring uchun yog'ochning standart o'rtacha zichligi nisbiy namligi 12% bo`lganda aniqlanadi.


Yog'ochda gigroskopik va kapillyar namlik bo'ladi. Gigroskopik namlik to'qima devorlarida shimilgan, kapillyar namlik to'qima va to'qimalar aro bo'shliqlarda bo'ladi. Gigroskopik namlik chegarasi 30%, to'liq namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30% ortiq, yangi kesilgan yog'och 40-120% bo'ladi. Yog'och suvda uzoq muddat saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 % gacha ortadi.
Yog'ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namligiga bog'liq bo'ladi. Xonada saqlangan yog'ochning namligi 8-12%, quruq havoda saqlangan yog'ochning namligi 15-18%.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muhit harorati hamda namligiga bog'liq, yog'och buyumning shakli va o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi. Yog'ochning namligi gigroskopiklik chegarasidan kamayganda to'qimalari bo'shliqlaridagi namlikdan tashqari to'qimalar devorlaridagi namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa yog'ochning qoq qurishiga, xossalarning o'zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi. Yog'och tolasimon tuzilishda bo`lgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish turlicha bo'ladi: tolalari bo'ylab 0,1% (1 mga 1 mm), radial yo'nalish bo'yicha 3-6% (1 m ga 3-6 sm) va tangensial yo'nalish bo'yicha 6-12%(1 m ga 6-12 sm).
Hajmiy kichrayish tolalari bo'ylab kichrayishni hisobga olmagan holda, 0,1% aniqlikda quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

bunda a va b - namunaning ko'ndalang kesim yuzasi o'lchamlari; a0va b0- shu kabi absolut quruq holatda.


Tekstura - yog'ochning yillik halqalari, nurlari, yog'ochligidan iborat tabiiy chizgilardir. Eman, buk, yasen, chinor, nok, yong'oq daraxtlari teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik yog'ochlar: ebek - qora, bakut - qo'ng'irrang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega bo'ladi. Zich yog'ochlar qayta ishlanganda yaltiraydi, namlik ta'sirida chirish bu xususiyatni kamaytiradi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish