Qurilish materiallari
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI
Yog'ochning namligi mustahkamligini kamaytiradi. Yog'ochda uchraydigan ko'zlar, qiyshiq qatlam, buralish, cherish kabi nuqsonlar uning mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Ignabargli daraxtlar yog'ochlari bargli daraxtlar yog'ochlariga nisbatan agressiv muhitlarga chidamli bo'ladi. Yog'ochning buzilish tezligi agressiv muhitning konsentratsiyasiga bog'liq. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda yog'och materiallar uzoq muddat xizmat qiladi. 13.4. Yog'ochning nuqsonlari Yog'ochning nuqsonlariga daraxt tanasining shakli o'zgarishi, tuzilishining normal holatdan farqlanishi, biologic omillar ta'sirida buzilishi kiradi. Yog'ochning nuqsonlari uning sifatini pasaytiradi va ishlatish sohasini chegaralaydi. Nuqsonlar quyidagicha: ko'zlar, yoriqlar, yog'och tanasi normal shakli va tuzilishining buzilishi, rangining o'zgarishi, chirishi, qurtlashivashu kabilar. Ko'zlar daraxt tanasidagi kesilgan shoxdan qolgan asos. Daraxt qancha sershox bo'lsa, undan tayyorlangan yog'och ham shunchalik ko'zli bo'ladi. Ko'zlar yog'ochni qayta ishlashni qiyinlashtiradi va mexanik xossalarini (cho'zilish) yomonlashtiradi. Ko'zlar qirqimi doira, oval, cho'zinchoq shaklda bo'ladi (13.4-rasm). 13.4-rasm. Yog'ochko'zlariningturlari: a- sog'lomko'z; b- shoxsimon ko'z; d- tushib ketadigan ko'z. Yoriqlar ichki (mag'ziqurishi) va tashqi omillar (shamol, sovuq) ta’sirida yog’ochning tolalari bo'ylab yorilishi natijasidir. Ularning chatnoq, ajroq, sovuqdan yorilish va qurib yorilish xillari bo'ladi 13.5-rasm). 13.5-rasm. Yog'och yoriqlari turlari: a- xochsimon chatnoq; b- halqasimon ajroq; d - sovuqdan yorilish; e - yoriqlar. Chatnoq radial yo'nalishda bo'lib, yog'och tanasining o'zagi orqali o'tadi. Oddiy chatnoq ko'ndalang kesimdagi 1-2 yoriqlardan iborat, bitta diametr bo'ylab yo'nalgan. Murakkab chatnoq ko'ndalang kesimdagi 2 va bir necha yoriqlardan iborat, bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashadi. Ajroq yog'ochning yillik halqa bo'ylab yorilishi tolalarini buzadi, mahsulot sifatini pasaytiradi. Daraxt qattiq sovuq ta'sirida ochiq yoki yopiq shaklda bo'ylama yoriladi: yog'och tabiiy yoki sun'iy quritilganda, yorilishi radial yo'nalishda bo'ladi. Yoriqlar yog'och buyum sifatini buzadi. Yog'och tanasi normal shaklining va yog'och tuzilishining buzilishi daraxtning normal bolmagan sharoitda o'sishi va atrof- muhitning ta'siri natijasida hosil bo'ladi hamda yog'och sifatini buzadi. Egri-bugrilik bir tomonga, ikki tomonga qiyshayganligi bilan xarakterli. Baqaloqlik deganda, daraxt tanasining pastki qismi yuqori qismiga nisbatan keskin yo'g'onlashishi tushuniladi. Ingichkalanish yog'och tanasining ikki uchi diametrining o'lchamlari orasidagi farqining kattaligi bilan xarakterlidir. Bu uning mustahkamligini pasaytiradi va yog'och isrof bo'ladi. Burama yog'och tolalarining daraxt tanasi o'qiga nisbatan qiyalab joylanishi (tabiiy va sun'iy) dir. Sun'iy burama yog'och tolalarining yillik qavatlarda juda qiya joylashishi natijasidir. Burama yog'och mustahkamligini kamaytiradi va tob tashlashiga olib keladi. Bilong'i yog'och tolalarining to'lqinsimon joylashishi va chalkashishi natijasidir. Bilong'i yog'ochning egilishdagi mustahkamligini kamaytiradi. Fatila - yog'och tanasida ko'zlar hosil bo'lishi sababli yillik qavatlarning qiyshayishi, u bir yoki ikki tomonlama bo'ladi. Chirish. Yog'och zamburug'laming ko'payishi natijasida chiriydi. Zamburug'lar yog'ochning asosini tashkil etuvchi sellulozani glukozaga aylantiradigan fermentlar ishlab chiqaradi. Hosil bo'lgan glukoza zambuaig'larga yemish bo'lgani uchun ular yana ko'payib boradi, natijada yog'ochning sifati keskin pasayadi. Bunda yog'och massasi kamayadi, tanasi bo'yiga va ko'ndalangiga darz ketadi, yog'och yaroqsiz holga keladi. Zamburugiar yog'och nam bo'lganda (20% dan ko'p), muayyan haroratda va kislorodli muhitda ko'payadi. Zamburug'lar suvli, harorat 0°C past bo'lgan sharoitda ko'paymaydi. Ularning ko'payishi yog'och rangini o'zgartiradi. Zamburug'lar tushgan yog'ochdan konstruksiyalar tayyorlash xavfli, chunki yog'ochning mustahkamligi keskin kamaygan bo'ladi. Zamburug'laming birja, mog'or, rang o'zgartiruvchi, ko'klik kasailigi turlari mavjud. Yog'och bino va inshootlarda ishlatilganda, unda uy zamburug'i ko'payishi mumkin. Oq uy zamburug'i va pardasimon uy zamburug'i yog'och konstruksiyalar uchun juda xavfli bo'lib, uni bir necha oydayoq butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Qurtlash. Qurt va hasharotlar, qo'ng'izlar yog'och materiali bilan oziqlanib, uning strukturasini zaiflashtiradi. Qurt va hasharotlar yurgan joyda ko'plab teshiklar hosil bo'ladi va ular o'zi bilan birga zamburug'larni olib kirib yog'ochning buzilishini tezlashtiradi. Hol va ildizi qurigan zaif yog'ochlarni qurt va hashoratlar tez shikastlaydi. Download 11,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |