Kukun bo'yoqlar qattiq polimerlar, kukun to'ldirgich, pigmentlar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalardan iborat dispers quruq qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m2/kg, o'ta sochiluvchan xususiyatga ega. Kukun bo'yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar yordamida o'tkaziladi.
Kukun bo'yoqlar yuzalarga surtilganda polimerizatsiyalanadi, ya'ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog'lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, poli- vinilxlorid. poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo'yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi. Quruq bo'yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida qizdirilgan holda qoplanadi.
Ular yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga chidamliligi bilan oddiy bo'yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo'yoq tarkiblarini ishlatish keng tarqalgan. Ularni tashish, saqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir.
Keramik mikrosferali bo'yoqlar. Choksiz issiqlik izolatsiyasi materiallari (ChllM) mikrodarajada havo to'ldirilgan o'ta yupqa devorli keramik mikrosferalar asosida olingan yangi materialdir. ChIIM lar oq va rangli, cho'ziluvchan, polimer bog'lovchilarga keramik mikrosferalar qo'shib tayyorlanadi. Uning 20°C haroratdagi issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti - 0,001 W/(m∙°C). Bo'yoq qurigach yengil, cho'ziluvchan issiqlik izolatsiyasi qoplama materialga aylanadi. ChIIM lar yuzalariga -10°C dan +200°C gacha haroratda surtiladi, -60°C dan +250°C gacha haroratda 15 yilgacha ishlatilishi mumkin. Antikorroziya qoplamasi bug'ni o'tkazadi, yuzaga katta kuch bilan yopishadi. ChIIM lar binolar, fasadlar, ichki devorlar, tomlar, beton pollar, issiq va sovuq suv truboprovodlari, paroprovodlar, sovitish tizimlari, havo o'tkazgichlar issiqlik izolatsiyasi va bezash uchun ishlatiladi (12.4-rasm).
12.4-rasm. Keramik mikrosferali bo'yoq.
Keramik mikrosferali bo'yoqlar quyidagi avzalliklarga ega: metall, beton, g'isht, cherepitsa, keramika, fasad, plastik, shisha va boshqa yuzalarga yuqori adgeziyasi; neft mahsulotlari, tuzli eritmalarga, ishqorlarga, ultrabinafsha nurlarga, atmosfera muhitiga, harorat o'zgarishiga bardoshli; issiqlik saqlashda samarador. Issiqlik nurlarini 85% qaytaradi; metall konstruksiyalarning deformatsiyalanishining oldini oladi; qoplamali purkash jarayonining mehnat talabligi kam; +260°C da kirishadi, +800°C da parchalanadi va uglerod oksidi hamda azot oksidi ajratadi, olovni tarqalishini sekinlashtiradi; ekologik xavfsiz. pH -8,5 - 9,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |