Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet150/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Polivinilxlorid (PVX) vinilxloridni polimerizatsiyalab olinadi. Monomer (CH2=CH cl) normal sharoitda efir hidli rangsiz gaz. PVX fizik-mexanik xossalari yuqori, suvga va agressiv muhitlarga chidamli.
PVX dan bir va ko'p qatlamli, asosli hamda asossiz (matoli va issiqlik izolatsiyasi) linoleumlar tayyorlanadi. U asosida gidroizo­latsiya va bezak buyumlar olinadi. PVX kislotalar, ishqorlar, benzin, spirt, moylarga bardoshli bo'lgani uchun turli diametrdagi suvsozlik, kanalizatsiya va texnologik quvurlar hamda asosida plintus, tutqich, sanitariya-texnika va issiqlik izolatsiya buyumlari tayyorlanadi.
Yuqori harorat ta'sirida mustahkamligining keskin pasayishi, uzoq muddat kuch ta'sirida deformatsiyalanishi va xlor birikmalari ajrab chiqishi polivinilxloridning kamchiligi hisoblanadi. Tarkibidan xlor birikmalari ajralib chiqishini bartaraf etish maqsadida polivinilxloridga ularni boglaydigan stabilizatorlar qo'shiladi.
Polipropilen. Propilen gazidan polimerizatsiyalash yo`li bilan olinadi − Н2С=СН-СН3. U polietilenga nisbatan yanada yengilroq, zichligi 900 kg/m3, issiqqa chidamliroq (170°C gacha), yog` va moylarga ham chidamli. Cho`zilishga mustahkamlik chegarasi 30-40 MPa. Dielektrik xossalari polietilenga o`xshash.
Polipropilendan polietilen kabi quvur, list va plyonka, elektr sim, mashina detallari va turli uskunalarni izolyatsiyalashda qo`llanadi. U nihoyatda istiqbolli plastik hisoblanadi, biroq polietilenga nisbatan narxi balandroq.
Polistirol stirol monomerini (C5H5∙CH=CH2) polimerizatsiyalab olinadi. U hidsiz, fiziologik ziyonsiz, oddiy haroratda qattiq, shaffof material bo'ltb, 90% nurni o'tkazadi. Polistirol granula (6-10 mm), mayda va yirik kukun, biser (0,2% namlikda) holda ishlab chiqariladi. Polistirolning cho'zilishdagi mustahkamligi 35-60 MPa, siqilishdagi mustahkamligi 80-110 MPa. U suv muhitiga, konsentrlangan kislotalarga (azot va sirka kislotasidan tashqari), ishqor eritmalariga (40% konsentratsiyagacha) bardoshli, issiqqa bardoshli emas, mo'rt va yonuvchan. U asosida qoplama plitalar, qorish- malar, mastikalar, issiqlik izolatsiyasi materiallari olinadi, beton va boshqa g'ovak buyumlarni modifikatsiyalashda (shimdirishda) ishlatiladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish