Chiziqli polimerlar makromolekulalaming uzun ipsimon kuchsiz bog'lanishi shaklida bo'ladi. Polimer tarkibida atomlar polar guruhlarining bo'lishi zanjirlar orasidagi bog'lanishni kuchaytiradi.
Havoyi polimerlarda zanjirlar orasidagi mustahkamlik kimyoviy bog'lanish yaxlit havoyi karkas hosil qiladi. Mukammal bog'lanish yuz berganda polimer qattiq elastik jism holatiga o'tadi.
Chiziqli polimerlar qizdirilganda yumshaydi va qovushqoq-elastik holatda bo'ladi. Bunda molekulalararo kuchlar va zanjirlar o'rtasidagi harorat ta'sirida kuchsizlanadi.
Termoplastik polimerlar asosiy xossalarini saqlab qolgan holda qizdirilganda yumshaydi va sovutilganda qattiq (qovushqoq-elastik) holatga o'tadi. Termoreaktiv polimerlar (reaktoplastlar) qotirilgach, qizdirilganda qaytadan plastik holatga o'tmaydi. Harorat oshirilsa, termoreaktiv polimerlar strukturasi buziladi va yonib ketadi.
11.3.2. Polimerizatsion polimerlar
Polietilen Polietilen olish uchun neftni qayta ishiashda olinadigan etilen gazi homashyo bo`lib hizmat qiladi. Polietilen etilen gazini Н2С=СН2 polimerizatsiyalash usuli bilan olinadi va uglerod hamda vodoroddan tashkil topadi. Material och-sariq alanga bilan, qurumsiz yonadi. Yonayotgan vaqtida erib, ingichka ip ko`rinishigacha oson cho`ziladi. Polietilen oq rangli qattiq shoxsimon mahsulot bo`lib, o'lchami 3-5 mm li granula ko'rinishida yoki kukun holida ishlab chiqariladi. U qalin qatlamda oq, yupqa qatlamda esa rangsiz bo`lib, qattiq materialdir. Olish usuli bo`yicha, turli fizik-mexanik xossali yuqori (ВД) va past (НД) bosimli polietilenga bo`linadi.
Polietilen radiatsiyaga chidamli, nam va bug`ni deyarli o`tkazmaydi (suv shimuvchanligi 0,025% ga teng). U yaxshi izolyatsiyalovchi material bo`lib, suv va yer ostida qo`llanilishi o`rinli. Polietilen − yuqori kimyoviy turg`un material. Sovuqqa chidamliligi 70°C gacha. U yaxshi dielektrik xossalarga ega; ishlov berish (parmalash, arralash, randalash va payvandlash) oson.
Quvurlar va ularga armaturalar tayyorlashda qo`llaniladi. Elastikligi tufayli quvurlarda muzlab qolgan suvdan yorilmaydi. Polietilendan tayyorlangan quvurlar, po`lat quvurlarga nisbatan 6 marta yengil. O`zbekistonda polietilendan tayyorlangan quvurlar irrigatsiya qurilishida keng qo`llaniladi, ayniqsa drenaj o`rnatishda.
Hozirgi kunda turar-joy binolarida polietilen suv quvurlari ishlatilmoqda. Kanalizatsiya uchun ham polietilen quvurlari keng qo`llanmoqda. Past bosimli asbest-polietilen va shishapolietilendan issiq suv ta`minlovchi tizimlar ham sinab ko`rilgan. Chet elda (AQSH) past bosimli polietilen quvurlardan panel bo`ylab isitish amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yo`lovchi vagonlarda suv ta`minlovchi va kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Past bosimli polietilendan yana elektroizolyatsiyalovchi rels osti prokladkalari va izolyatsiyalovchi rels stiklari uchun prokladkalar tayyorlanmoqda.
Polietilenning xossalari molekular massasiga zanjirning tarmoqlanishiga va kristallanish darajasiga bog'liq. Uning zichligi 0,92-0,97 g/sm3 cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi 12-32 MPa, suv shimuvchanligi 0.03-0,04%. Polietilen turli agressiv muhitlarga va sovuqqa chidamli. Uning elastiklik moduli 150-800 MPa, issiqqa bardoshliligi 108-130cC, issiqdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti yuqori, qattiqligi esa kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |