Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet73/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6.2-rasm. Shag'al donador tarkibi grafigi.

Uning tarkibida yumshoq va yemirilgan donalar 10% ko'p bo'lmasligi kerak; sovuqqa chidamlil'igi F15, F25. F50, FI00, F150, F200 va F300. Suvning qisman to'ldiruvchilar uchun sarf bo'lishi beton tayyorlash texnologiyasida hisobga olinishi shart.



6.3-rasm. Beton uchun fraksiyalangan qum, chaqiqtosh va shag`al.




To'ldirgichlarni tayyorlash, tashish va saqlash. To'ldirgichlar qazib olingach, yirik, mayda va o'ta mayda (gil) fraksiyalarga ajratiladi. Zarurat bo'lsa, turli aralashmalardan maxsus usullarda tozalanadi. Daryo shag'al-qum aralashmasi ekskavatorlar yordamida qazib olinadi, sortirovka apparatlarida suvda yuviladi va fraksiyalarga ajratiladi. Shag'al yirik fraksiyalari maydalanib, chaqiqtosh tayyorlanadi. Chaqiqtosh g'alvir mashinalarda fraksiyalarga ajratiladi. To'ldirgichlar iste'molchilarga temir yo'l, avto va suv transportida tashiladi. To'ldirgichlar ochiq maydonlarda, estakadalar va yerosti galereyalari bilan jihozlangan omborxonalarda fraksiyalarga ajratilgan holda alohida shtabellarda saqlanadi.
Suv. Beton qorishmasi tayyorlashda ichimlik suvi yoki tarkibi zararli aralashmalardan tozalangan, betonning normal quyuqlanishi va keyinchalik qotishiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan tabiiy suv ishlatiladi. Suvning vodorod ko'rsatkichi 4 dan kam bolmasligi
, tarkibida mineral tuzlar 5000 mg/1, shu jumladan sulfat tuzlari 2700 mg/1 dan (SO3 ga hisoblanganda) ko'p bo'lmasligi kerak. Sanoat, maishiy chiqindi, botqoq va sizot suvlar tozalanmasdan beton tayyorlash uchun ishlatilmaydi. Suvning beton tayyorlash uchun yaroqliligi kimyoviy analiz usulida aniqlanadi.


6.3. Beton qorishmasining xossalari
Beton qorishmasining reologik xossalari. Ratsional tanlangan tarkibdagi va me'yoriga yetkazib aralashtirilgan, qotmagan holdagi kompozitsion aralashmaga beton qorishmasi deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga ega bo'lishi zarur. Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer qo'shimchalar mikrostrukturani, mayda va yirik to'ldirgichlar makrostruktura asosini hosil qiluvchi komponentlar hisoblanadi. Beton qorishmasining yaxlitligini komponentlar o'rtasida hosil bo'ladigan ichki kuchlar ta'minlaydi. Strukturani hosil qiluvchi asosiy komponent sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi jarayonida qattiq fazaning dispersligi oshishi hisobiga sement xamirining adgezion xususiyatlari ortib boradi. Beton qorishmasi tarkibi hajmi bo'ylab bir xil bo'lishi va qulay joylanuvchanligi uni tashish va qoliplashda muhim ahamiyatga ega.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta'sir etganda boshlang'ich davrda elastik deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida qorishmaning strukturaviy mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil bo'lganda, u suyuqlanib oqa boshlaydi. Ushbu jarayonni izohlab beton qorishmasini elastik-plastik-oquvchan jism deb qarash va qattiq jism fizikasi hamda haqiqiy suyuqlik nuqtayi nazaridan o'rganish zarur. Beton qorishmasini mexanik ta'sirlar natijasida suyulib, ta'sirlar olingach yana o'z holiga qaytishi tiksotropiya deyiladi.
Beton qorishmasining oquvchanlik xossalarini mexanik ta'sirlar yoki maxsus suyultiruvchi sirtaktiv moddalar qo'shib o'zgartirish mumkin. Beton qorishmasining bu xususiyati undan beton buyumlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish