Qurilish materiallari


-rasm. Cho`yandan tayyorlangan kanalizasiya va boshqa buyumlar



Download 11,91 Mb.
bet220/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

15.7-rasm. Cho`yandan tayyorlangan kanalizasiya va boshqa buyumlar


Modifikatsiyalangan cho'yan СЧ30-СЧ35 markalarda bo`lib, tarkibiga grafit, ferrosilitsiy, silikokalsiy kabi moddalar 0,3-0,8% miqdorda qo'shiladi. Bunday cho'yanning plastikligi, zarbiy mustahkamligi va chidamliligi yuqori bo'ladi. Kulrang cho'yan tarkibiga 0,03-0,07% magniy kiritilsa, kristallanish jarayonida grafit plastinasimon shakldan sharsimon shaklga o'tadi. Uning mustahkamligi yuqori, quyish xossalari yaxshi, yaxshi ishlanuvchan va yedirilishga bardoshli. Suyuqlangan kulrang cho'yan yaxshi oquvchan, unga mexanik usulda ishlov berish oson.
Kulrang cho'yandan kolonnalar, tayanch yostiqlari, kanalizatsiya quvurlari, qoplama tyubinglar tayyorlanadi. Qurilishda legirlangan va yuqori mustahkamlikdagi modifikatsiyalangan cho'yanlar faqat maxsus joylarda ishlatiladi. Cho'yandan isitish radiaiorlari, vannalar, yuvish qurilmalari, asbob-uskunalar, panjaralar, eshiklar arxitektura-san'at buyumlari va shu kabilar tayyorlanadi.
15.5. Po'lat turlari va xossalari
15.5.1. Po'lat strukturasini va xossalarini modifikatsiyalash


Po'lat va temirbeton konstruksiyalar qurilish tizimida ishlatilganda, ularning ekspluatasiya sharoitini hisobga olish kerak. Harorat namlik muhitning o'zgarishi po'latning xossalariga salbiy ta'sir etadi. Bunday sharoitlarda po'lat zanglashi, eskirishi, plastikligi keskin kamayishi yoki ortib ketishi va charchashi mumkin. Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun po'lat tarkibi va xossalari quyidagi usullarda modifikatsiyalanadi: suyuqlantirilgan po'latga karbidlar, nitridlar, oksidlar (Cr O, FeO, A12Cl va shu kabi) kiritiladi; legirlovchi elementlar kiritiladi; termik va termomexanik usullarda po'latga ishlov beriladi.
Legirlovchi elementlar konstruksion po'lat tarkibiga Cr-0,8-1,1%; Ni-0,5-4,5%; Si-0,5-1,2%; Mn-0,8-1,8% kiritiladi. Po'lat tarkibini legirlash uchun vanadiy, molibden, titan va boshqa elementlar ham juda oz miqdorda qo'shilishi mumkin. Legirlovchi elementlar po'latda mayda donador struktura hosil qiladi va po'lat xossalarini keskin yaxshilaydi. Po'latga termik va termomexanik ishlov berishning samarali usullari: toblash, bo'shatish, yumshatish
va me'yorlash.
Toblash po'latni 800-900°C gacha qizdirish va suv yoki moyda tez sovitishdan iborat. Po'lat toblanganda qattiqligi va mustahkamligi ortadi, lekin zarbiy mustahkamligi kamayadi.
Bo'shatish po'latga termik ishlov berishning oxirgi operatsiyasi bo'lib, uning xususiyatlarini yaxshilaydi. Toblangan po'latni 200-350°C gacha asta-sekin qizdirish, bu haroratda saqlab turish va keyin havoda asta-sekin sovutishga bo'shatish deyiladi. Bo'shatish po'latda hosil bo'lgan ichki zo'riqishni kamaytiradi va buzilishga qarshiligini oshiradi.
Yumshatish po'latni ma'lum haroratgacha qizdirish, bu haro­ratda saqlab turish va pechda asta-sekin sovitishdan iborat. Bu jarayonda po'latning qattiqligi pasayadi va qovushqoqligi ortadi.
Me'yorlash po'latni yumshatishning bir turi bo'lib, u toblanish haroratidan past haroratgacha qizdiriladi, bu haroratda saqlab turiladi va havoda sovitiladi. Me'yorlashtirish jarayoni natijasida po'latning qattiqligi, mustahkamligi va zarbiy mustahkamligi ortadi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish