Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet228/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Nometall qoplamalar. Metallni maxsus qorishmalar bilan sirlash, shisha, sement-kazein kompozitsiyalari, list plastinkalar va plitkalar bilan qoplash, polimer nometall qoplamalar usulida metallni korroziyadan saqlashga kiradi. Bu usulning kafolati qoplama materialning korroziya muhitiga chidamliligi, zichligi, metallga adgeziyasi va shu kabi omillar bilan belgilanadi. Nometall qoplamalar bilan bino va inshootlarning yerosti va usti metall konstruksiyalari himoyalanadi.
Metall qoplamalar metallarga galvanik, kimyoviy, qizdirib metallizatsiyalash va boshqa usullarda qoplanadi. Galvanik usulda himoyalashda metall yuzasiga tuzlar eritmasidan metallarni elektrolitik cho'ktirish vositasida birorta himoyalovchi metallning yupqa himoya qatlami hosil qilinadi.
Qizdirib qoplash usulida metall buyumlar suyultirilgan himoyalovchi metall to'ldirilgan vannaga (rux, qalay, qo'rg'oshin) botirib olinadi. Metallizatsiyalash usulida metall buyum yuzasiga siqilgan havo vositasida suyuqlantirilgan metall purkab, yupqa qoplama qatlam hosil qilinadi.
Legirlash usulida himoyalashda metall tarkibiga oz miqdorda legirlovchi elementlar qo'shiladi. Hosil bo'lgan qotishmalar korroziya muhitiga chidamli bo'ladi. Qurilishda eng ko'p ishlatiladigan po'latni korroziyaga bardoshliligini oshirish maqsadida tarkibiga mis, xrom, nikel, fosfor va .shu kabilar qo'shiladi. Legirlangan po'latlar asosida ochiq havoda va yerostida ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlanadi.


15.8.3. Metallni olovdan himoyalash


Metall buyum va konstruksiyalarning fizik-mexanik, deformativ xususiyatlari olov va yuqori harorat ta'sirida o'zgaradi hamda noxush oqibatlar kelib chiqadi. Metallarni olovdan asrashning oddiy usullariga ularni issiqlik izolatsiyalovchi xususiyatga ega bo'lgan olovbardosh keramik g'isht va bloklar, dinas va xromli g'ishtlar, gips plitalari, termozit qorishmalari va shu kabilar bilan himoyalash kiradi.
Metall konstruksiyalarning olovbardoshligini oshirish uchun asbestosement, asbest-perlit, asbest-vermikulit va shu kabilar asosidagi kompozitsiyalar pnevmatik usulda purkaladi. Metall konstruk­siyalarni olovdan vaqtinchalik himoyalashning istiqbolli usullariga ularni antipirenlar kiritilgan maxsus polimer kompozitsiyalar bilan qoplashdir. Ular olov ta'sirida darhol kokslanib, ko'pikli qavaruvchi qoplama hosil qiladi va vaqtincha metall konstruksiyalarni yuqori haroratdan deformatsiyalanishiga to'sqinlik qiladi. Olovdan himoyalashning samarali usullaridan biri metallarni 20-30 mm qalinlikda fosfat va uning tuzlari bilan qoplashdir. Bunday qoplama yuqori haroratda (1000°C) chidamli monolit massa hosil qilib, metall konstruksiyani vaqtinchalik olov ta'siridan saqlaydi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish