Nazorat savollari
1. Yog‘ochning makro va mikrostrukturasi klassifikatsiyasi nima?
2. Yog‘ochning fizik va mexanik xossalarini ayting.
3. Yog‘och tayyorlanadigan daraxtlar turlarini ayting.
4. Yog‘och nuqsonlari nima?
5. Yog‘ochni chirish va yonishdan saqlash usullari nima?
6. Yog‘och asosida tayyorlanadigan qurilish materiallari va buyumlarini ayting.
XIV BOB
ISSIQLIK IZOLATSIYASI VA AKUSTIK MATERIALLAR
Tayanch iboralar: issiqlik izolatsiyasi, mineral paxta, shisha paxta, basalt tolasi, ko‘pik shisha, perlit, asbest, yengil beton, yog‘och tolali plita, yog‘och payrahali plita, fibrolit, arbolit, ko‘pikpolistirol, ko‘pikpoliuretan, akmigran, akminit, gazsilikat, gips plitalari, ko‘pikpolietilen.
14.1. Umumiy ma'lumotlar
Issiqlik izolatsiyasi materiallari (IIM) turarjoy va madaniy- maishiy binolarni, quvurlarni, sovitish va isitish xonalarini issiq va sovuq ta'siridan izolatsiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o'tkazuv- chanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m°C) dan yuqori bo'lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari deyiladi.
Bino va konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali issiqlik izolatsiyasi materiallarini ishlatish 200 t gacha shartli yoqilg'ini tejaydi.
Binoning tashqi devorining issiqlik izolatsiyasi uchun 1 m- ga 0,64 m3 pishiq g'isht yoki 0,32 m3 keramzit betoni, 0,14 m3 fibrolit, 0,1 m3 mineral paxta plitalari va 0,04 nr poroplastlar talab etiladi.
Issiqlik va sovuqdan izolatsiyaiash keskin iqlimli O'zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42-48°C, qishda esa 20-30°C haroratgacha sovuq bo'lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli IIM bilan izolatsiyalashni taqozo etadi.
IIM asosiy xomashyoning turi, strukturasi, shakli, bog'lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o'rtacha zichligi bo'yicha klassifikatsiyalanadi. Asosiy xomashyoning turiga nisbatan IIM quyidagicha: mineral xomashyo (tog' jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest va shu kabilar), organik xomashyo (yog'och chiqindilari, lignin, polimerlar va b.) asosidagi buyumlar.
Strukturasi bo'yicha tolali (mineral va yog'och tolali), donador (perlit, vermikulit, shisha va plastmassa sferalari). G'ovak (ko'pikplast, ko'pikshisha, yacheykali betonlar) materiallarga bo'- linadi. Shakli va tashqi korinishiga nisbatan IIM donali qattiq (plita, qobiq, segment, g'isht, silindr) va egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bog'liqlar, polimer tolalar), yumshoq (paxta, jun, qamish momig'i, nitron tolali paxta) va sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga bo'linadi.
O'rtacha zichligi bo'yicha IIМ(kg/ m3): D 15, D25, D35, D50, D100, D125, D150, D175, D200, D250, D300, D400, D500, D600 markalarga bo'linadi. Bikrligiga nisbatan IIM yumshoq (M) (mineral va shishapaxta, bazalt tolali paxta), yarim bikr (P) (shisha tolali plitalar, polimer shtapellar), bikr (J) (mineral paxta plitalari), yuqori bikr (PJ), qattiq (T) materiallar.
Issiqlik o'tkazuvchanlik bo'yicha IIM quyidagicha: A - issiqlik o'tkazuvchanligi past 0,06 W/(m.°C) gacha, В - issiqlik o'tkazuvchanligi o'rtacha 0,06-0,115 W/(m.°C)gacha.
Ishlatish sohasiga nisbatan IIM qurilish konstruksiyalarni (binolar) izolatsiyalash, sanoat asbob-uskunalari va truboprovod larni izolatsiyalash materiallariga bo'linadi. Yonuvchanligiga qarab IIM yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlariga bo'linadi. Qurilish materiallarini hisoblash uchun issiqlik o'tkazuvchanligi «Qurilish issiqlik texnikasi» (QMQ) ilovasi asosida yoki tajribalar natijasiga ko'ra turli asboblar yordamida o'lchab aniqlanadi.
IIM tayyorlashda quyidagi usullarda g'ovaklik hosil qilinadi: gaz ajratilib va ko'pirtirilib; ko'p miqdorda suv kiritilib va bug'latib; yonishi natijasida g'ovak hosil qiluvchi qo'shimchalar kiritib; tolasimon karkas hosil qilish va boshqalar. Material strukturasini tashkil etuvchi devorlar qanchalik yupqa va g'ovaklar mayda bo'lsa, λ o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti shunchalik kichik bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |