14.3. Noorganik issiqlik izolatsiyasi materiallari
14.3.1. Mineral paxta asosidagi buyumlar
Mineral paxta chet el davlatlarida (MW) oson eriydigan tog' jinslari (ohaktosh, mergellar, dolomitlar va boshq.), metallurgiya va yoqilg'i shlaklari (loy va silikat g'isht bo'laklari) asosida olingan shishasimon tolali materialdir. Tolaning diametri 5-15 mkm, uzunligi 2-40 mm. Mineral paxta tayyorlash ikki asosiy jarayondan iborat: vagrankalarda (shaxtali eritish xumdoni) xomashyo eritmasini hosil qilish; eritmani tolalarga aylantirish. Vagrankada xomashyo qattiq yoqilg'i (koks) bilan 1300-1400°C suyultiriladi. Xumdonning tag qismidagi maxsus teshikdan eritma to'xtovsiz chiqariladi.
O'rtacha zichligiga qarab mineral paxta markalari (kg/m3): 75, 100, 125 va 150. Olovbardosh, gigroskopligi kichik va suv muhitiga chidamli, (λ= 0,04-0,55 W/(m∙°C) biologik muhitlarga bardoshli. Mineral paxta granulalanadi va o'ralgan holda tashiladi; devorlar bo'shliqligi, qavatlararo plitalar kovaklari, issiq suv magistrallari va boshqa konstruksiyalarda IIM sifatida ishlatiladi. Mineral paxta namat, matlar (to'shak), yarimbikr va bikr plitalar, gofri tuzilishdagi buyumlar, qobiqlar, segment va shu kabi buyumlar tayyorlash uchun yarimtayyor mahsulot hisoblanadi (14.1-rasm).
14.1-rasm. Mineral paxta
Mineral paxta toshlar list yoki o'rama material bo'lib, bitta yoki ikkala matni pishiq iplar bilan tikiladi va bitum shimdirilgan qog'ozga o'raladi. Toshlar uzunligi 3000-5000, eni 500, 1000 va qalinligi 50-100 mm. Tosh o'rtacha zichligi (kg/ m3) bo'yicha 100 markada ishlab chiqariladi. Uning issiqlik o'tkazuvchanligi 0,04 W/(m∙°C). Toshlar binolarning to'siq konstruksiyalari va truboprovodlarning issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi.
Mineral paxta qattiq plitalar yuqori darajada bikr bo'lib, polimer bog'lovchilar asosida tayyorlanadi. Vakuum presslarda 150- 180°C. O'rtacha zichligi 180-200 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanligi 0,047 W/(m.°C) li, qalinligi 30-70 mm qattiq plitalar tayyorlanadi.
Zamonaviy texnologiyada plitalar qattiq tolalari vertikal yo'nalishda bo`lgan holda 10 va 17 etajli presslarda ishlab chiqariladi. Vertikal yo'naltirilgan tolalar ko'p (55-65%)bo'lsa, qattiq plitalarning siqilishdagi mustahkamligi yuqori bo'ladi.
Qattiq plitalar uzunligi 900-1800 mm, eni 500-1000 mm va qalinligi 40-100 mm. O'rtacha zichligi (kg/m3) bo'yicha qattiq plitalar 50, 75, 125, 175, 200 va 300 markalarda bo'ladi.
Qattiq plitalar qurilish konstruksiyalari, texnologik uskunalar va truboprovodlar issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |