Polimer to`ldirgichli betonlar (fibrobeton) betonga muayyan uzunlikdagi (1000 mm gacha) polimer tolalar (polipropilen, poliizobutilen va shu kabi) kiritib xossalari yaxshilanadi. Bunda betonning egilishdagi, cho'zilishdagi mustahkamligi ortadi, deformativligi kamayadi, dinamik kuchlanishlarga va yoriqlar hosil bo'lishga bardoshliligi ortadi. Polimer tolasimon to'ldirgichlar sement toshi bilan adgeziyasi yaxshi bo'lmagani sababli strukturada mexanik bog'langan bo'ladi. Bunday betonlar svay poydevorlari konstruksiyalari, yo'l qoplamalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yog'ochni modifikatsiyalash. Yumshoq yog'ochlarni (qarag'ay, oqqayin, terak, va boshq.) polimerlarda shimdirib fizik- mexanik va ekspluatatsiya xossalarini keskin yaxshilash nuimkin. Yog'ochni shimdirish uchun fenol-formaldegid, karbamid- formaldegid, furan, poliefir, kremniyorganik va shu kabi polimerlar va metilmetakrilat, stirol kabi monomerlar, polimer emulsiyalar va latekslar ishlatiladi. Yog'ochni shimdirish ikkita asosiy jarayondan iborat: yog'ochni polimerda (oligomerda, monomerda) shimdirish va ularni qotirish. Buning uchun yog'och avval tozalangan, quritilgan bo'lishi kerak.
Yog'och metilmetakrilat (stirol) monomerida shimdirilsa, tolalari bo'ylab siqilishidagi mustahkamligi 2-3 marta, tolalariga ko'ndalang yo'nalishda 4-6 marta ortadi. Bunda yediriluvchanligi 2 marta kamayadi. Yog'och furan polimerlari bilan shimdirilganda, mustahkamligi 1,5-2 qattiqligi 2 marta ortadi, agressiv muhitlarga bardoshli bo'ladi. Polimerlarda shimdirilgan yog'och biologik muhitlarga chidamli va qiyin yonadigan bo'ladi. Yumshoq yog'ochlarni polimerlarda shimdirib, qattiq yog'ochlardan tayyorlanadigan parket (eman, yasen. buk va shu kabi), plintus, gallel, eshik va rom qismlari olinadi. Modifikatsiyalangan yog'och asosida nam va agressiv muhitlarda ishlaydigan yig'ma yog'och konstruksiyalar, buyumlar va qismlar tayyorlanadi.
Bitumlarni modifikatsiyalash. Bitum asosidagi kompozitsion qurilish materiallarining xossalarini yaxshilash uchun ular polimerlar bilan modifikatsiyalanadi. Bunda bitum matritsa, polimer esa dispers faza vazifasini o'taydi. Polimer bitum tarkibiga oz miqdorda (2-4%, hajm bo'yicha) kiritilsa, dispers mustahkamlangan kompozitsiya, ko'p miqdorda qo'shilsa, kompozitsiya- ning tolali va smolasimon tizimi hosil bo'ladi.
Modifikatsiyalangan bitum kompozitsiyalari yuqori mustahkamlik, elastiklik, yoriqlar hosil bo'lishiga bardoshlilik, kimyoviy muhitlarga chidamlilik xossalariga ega bo'ladi. Bitumlar butilkauchuk, polietilen, polipropilen, termoreaktiv polimer va shu kabilar bilan modifikatsiyalanadi.
Ular mastikalar, germetiklar, tombop va gidroizolatsiya asosli va asossiz o'rama materiallari, asfaltpolimerli betonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |